qavat steril salfetka yoki boglama qo‘yilib,
ustidan gigroskopik paxta va bog4 lama bilan
mahkam qilib bog‘lab qo‘yiladi) va badanning
shikastlangan qismini tanaga nisbatan yuqoriroq
turadigan holga keltirib qo‘yish yo'li bilan
vaqtincha to ‘xtatiladi.
19-rasm. Oyoqni bukish
orqali qon ketisbini
to ‘xtatish
12.6. Odam jarohatlanganida qo‘llani!adigan
bog‘lamlar turlari va ularni qo'yish qoidalari
Jarohatlar asoratlarining oldini olish. l
iar qanday jarohat, hatto,
eng kichkinasi ham, shikastlangan odamning hayoti uchun xavf tug‘diradi.
U har xil mikroblar yuqtiradigan manba bo‘lib qolishi mumkin, ba’zi
jarohatlar esa bir talay qon ketib qolishiga sabab bo‘ladi. Birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatish mahalida ana shu asoratlar oldini olishning asosiy yo‘li
jarohatga imkoni boricha ertaroq steril bog‘lam qo‘yib bog‘lash, jarohatga
qo‘l urish, uni ustidagi har qanday narsalar, kiyim-kechak parchalarini
olib tashlash zarur, jarohatni berkitish uchun sterillanmagan materialni
ishlatish mumkin emas.
Jarohatlarga infeksiya yuqishiga qarshi kurashda aseptika va antiseptika
usullari qo‘llanishi maqsadga muvofiq.
Aseptika va antiseptika to‘g‘risida tushuncha. Aseptika
jarohatga
mikroblar tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida k o‘riladigan chora-
tadbirlardir, ya’ni u jarohat infeksiyasining oldini olish, profilaktika
usuli hisoblanadi. Jarohatga uriladigan narsalarning hammasi steril
(mikroblardan xoli) boMishi kerak, degan oddiy qoidani qo‘llash bilari
unga erishiladi. Jarohatga qo‘l urish, undagi narsalar, kiyim-kechak
parchalarini yulib tashlash, jarohatni bekitish uchun unga sterillanmagan
materialni ishlatish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: