M u n d a r I j a kirish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#122296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishim

 
 
 
17
Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 2001. – B.-51 


17 
II BOB.
2.1. Mahalliy mualliflar manbalarida etnologik malumotlar tahlili 
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimiy ajdodlari va ulaming turar-joylari, 
urf-odat va marosimlari to‘g‘risida noyob ma'lumotlami bizgacha yetib kelgan 
zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham ko‘rish mumkin. 
Miloddan avvalgi VI-I asrlardan arab istilosigacha bo‘lgan davrda Markaziy Osiyo 
xalqlariga tegishli ma'lumotlami qadimgi Eron podsholigiga oid qoyatosh bitiklari, 
parfyoniy, sug‘diy, xorazmiy va baxtariy yozma yodgorliklari, xitoy yilnomalari, 
Xitoyning g‘arbdagi o‘lkalarga yuborgan xufiyalari Chjan Szyan, Syuan Szan va 
Xoy Chao sayohatnomalari, qadimgi yunon va Rim tarixchi hamda geograflaming 
asarlari, sosoniylar Eronining forsiy-pahlaviy va arman tilidagi manbalar hamda 
qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda uchratish mumkin
18
. Arab hukmronligi 
o‘matilgandan keyingi davrlar (IX-XII asrlar)da mashhur tarixchi va geograf Abu 
Ja'far ibn Muhammad ibn Jarir at-Tabariy va sayyohlar - ibn Xurdodbeh, al-Balxiy, 
al-Istaxriy, ibn Havqal, Mas'udiy hamda Yoqut Hamaviylar o‘z asarlarida 
zamondosh elatlar to`g‘risida boy ma'lumotlar yozib qoldirgan. Masalan, 
Xurosonda yashagan atoqli geograf olim Abu Zayd Balxiy 60 ga yaqin asar yozgan 
bo‘lib, uning asarlarida keltirilgan xaritalardan biri Buxorodagi Somoniylar 
kutubxonasida saqlangan. Muallif unda mahalliy elatlar to‘g‘risida muhim 
ma’lumotlar beradi. Eronlik geograf va sayyoh al-Istaxriy Balxiy bilan 
Samarqandda uchrashib, uning asarlarini o‘rganib, yangi ma'lumotlar bilan 
to‘ldirgan. Iroqlik sayyoh ibn Havqal esa 0‘rta yer dengizi bo‘yidagi 
mamlakatlarga doir ma'lumotlami to‘plagan 
Shunday qilib, Abu Zayd Balxiy, al-Istaxriy va ibn Havqallaming asarlanda 
Sharq xalqlari etnografiyasi bo‘yicha qimmatli ma'lumotlar to‘plangan. Ularga 
ilova qilingan dunyo va ayrim viloyatlar hamda elatlaming joylashuv xaritalari esa 
noyob manba hisoblanadi. Ammo, ma'lum bo‘lishicha, mazkur xaritalaming 
ba'zilari Muso al-Xorazmiy, Jayhoniy va boshqalar tomonidan chizilgan 
xaritalarga asoslangan. X asrda Balxiy va uning muxlislari butun Sharq 
kartografiyasining samaralarini jam qilib, yaxlit bir asar shakliga keltirgan. 
Ulaming asarlarida yer yuzi 20 ta “iqlim”ga bo‘lingan. Shartli ravishda “iqlim” deb 
atalgan viloyatlar sharqdan g‘arbga qarab ta'riflangan, har birida shaharlar, yo‘llar, 
yetishtiriladigan mevalar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda boshqa 
ajoyibotlaming ta'rifi berilgan. Atoqli olim Yoqut Hamaviy o‘zining geografik 
lug‘atida Abu Zayd Balxiy ta'rifiga asoslanib, Toshkent to‘g‘risida shunday yozgan 
edi: “Shosh yoz faslida bamisoli jannat, kishini issiq ta'siridan qalqondek 
saqlaydi”. Buxoroni esa Balxiy bunday tasvirlaydi: “Qo‘rg‘ondan tashqarisi 
18
Doniyorov A Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi,-T,2020.-B.-13 


18 
sermanzaralikda Buxorodan chiroyliroq shahami ko`rmadim... Osmon gumbazi 
bilan ko‘klamzorlar oralig‘ida ko‘ringan qasrlar ko‘kdagi yulduzlarga o‘xshaydi, 
ekinzorlar sathi teptekis. Buxoroliklaming ekinzorlari bepoyon va unga teng 
keladigan joy Xurosonda ham, Movarounnahrda ham topilmaydi” 
Movarounnahming buyuk mutafakkirlari, mashhur matematik olim 
Muhammad al-Xorazmiy, faylasuf Abu Nasr Forobiy, ensiklopedist olim Abu 
Rayhon Beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, geograf va astronom Al-
Farg‘oniy, shuningdek, arab muarrixi Abu Sa'd Abdulkarim ibn Muhammad as-
Sam'oniy kabilaming asarlarida o‘zbeklar va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari 
ajdodlari, ulaming maishiy turmush tarzi va ma'naviy madaniyatining ayrim 
jihatlariga ta'rif berilgan. Tarixiy va etnologik jihatdan nihoyatda muhim manbalar 
qatorida “Dada-Qo‘rqut”, “Alpomish”, “Manas” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlari hamda 
boshqa xalq og‘zaki ijodi namunalarining hissasi ham beqiyosdir. IX-XII 
asrlardagi Sharq Renessansining birinchi bosqichida Markaziy Osiyoda fan va 
madaniyat yuksak darajada rivojlandi. Dastlabki ilmiy etnologik ma'lumotlar ham 
aynan uyg‘onish davrida paydo bo‘la boshladi. Arxeolog S. P. Tolstovning 
ta'rificha, “So‘nggi Afrig‘iy”Iar davrida Xorazm Arab xalifaligi tarkibiga 
kirgachxorazmlik olimlar shuhrat qozongan va “arab fani” deb atalgan fanning 
yaratuvchilari orasida eng yuqori o‘rinni egallagan. Bulaming orasida mashhur 
siymo Muhammad Muso al-Xorazmiyning nomi alohida qayd etilganligi 
shubhasiz. Uning nomi bilan hozirgi ilmiytexnik taraqqiyotning negizini tashkil 
qiluvchi matematikaning algoritm va boshqa fan tarmoqlari ham bog'liq. 
Muhammad Muso alXorazmiyning arifmetika va algebrasi ko‘p tillarga taijima 
qilingan bo‘lib, “Aljabr” val muqobala” nomli asaridan “algebra” atamasi kelib 
chiqqan. Al-Xorazmiyning geografiya, tarix va etnografiya sohasidagi xizmatlari 
ham benihoyat katta. U geograf sifatida Bag‘dod xalifasi Xazariyaga yuborgan 
elchilari qatoriga kirgan; degan ma'lumotlar mavjud. Mashhur arxeolog S. P. 
Tolstov yozganidek, “Sharqiy Yevropa geografiyasi va etnografiyasiga doir 
dastlabki ma'lumotlarga ayni Xorazmiyning o‘zi asos solgan. Keyinchalik ushbu 
ma'lumotlar geografik asarlaming biridan-ikkinchisiga o‘tib, eng aniq va 
o‘zgarmas ma'lumot bo`lib qoldi” Xorazmda tug‘ilib, Bag‘dodda ta'lim olgan, 
mashhur Ma'mun akademiyasi “Baytul al-hikma” (“Donishmandlar uyi”)da eng 
yirik namoyondalardan biri sifatida tanilgan va 70 dan ortiq olimga dunyo atlasini 
tuzishda rahbarlik qilgan Muhammad al-Xorazmiy taxminan 840-yilda o‘ziga 
yuklatilgan vazifani to‘liq bajarib, u tomonidan tuzilgan xarita “Jahon xaritalari” 
yoki “Ma’mun dunyo xaritasi” nomi bilan mashhur bo`ldi
19
. Mazkur birinchi jahon 
atlasining tuzilishi munosabati bilan unga izohnoma tarzida al-Xorazmiy o‘zining 
19
Doniyorov A Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi,-T,2020.-B.-16 


19 
“Surat al-arz” (“Yeming surati” yoki “geografiya”) nomli ajoyib asarini yaratgan. 
Unda bir nechta o‘nlab noyob xaritalar va ularga berilgan izohlar keltirilgan. 
Kitobda 537 ta eng muhim joyning nomi, shaharlar, tog‘ va daryolar, dengiz va 
orollar birma-bir yozilgan hamda ulaming koordinatlari izohlangan. Muallif ba'zi 
nomlarga izoh munosabati bilan ularga qo^shni joylaming ham tavsifi va ta'rifini 
berib ketgan. Italiyalik arabshunos K. Nallino 1895-yilda yozgan katta maqolasida 
Al-Xorazmiyning geografik merosiga yuksak baho berib, “Yevropadagi hyech bir 
xalq Xorazmiy erishgan yutuqqa erishish va bunday asar yaratishga qobil emas 
edi”, deb qayd etgan edi. Italiya Fanlar Akademiyasi Al-Xorazmiyning “Surat al-
arz” asarining o‘z davri uchun juda qimmatli qo`llanma bo‘lganligi va geografiya 
fani taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etganini tasdiqlagan. Ushbu kitob bir nechaasr 
davomida qayta-qayta ko‘chirilib, tarjima qilinib, to‘ldirilib, qisman o‘zgartirilib, 
yangicha tahrirda turli sarlavha va hatto imzolar ostida ma'lum bo‘Iib kelgan. 
Masalan, X asming birinchi yarmida iroqlik Suhrob nomli bir shaxs “Surat al-
arz”ni tahrir qilib, “Yetti iqlim kitobi” nomi bilan chop etgan. Aslida, u ushbu 
asarga faqat so‘zboshi qo‘shgan. Al-Xorazmiydan ikki asr keyin yashagan Abu 
Rayhon Beruniy ham uning nomini ehtirom bilan tilga oladi. Dastlabki ilmiy 
etnologik ma'lumotlar, ayniqsa, buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning 
asarlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ayrim tadqiqotchilaming fikricha, 
Markaziy Osiyo va Xuroson geografiya tarixini aslida “Beruniyning geografiya 
maktabi” deb atash mumkin. Etnografiya fani ham geografiya bilan yonma-yon 
shakllanib kelganligini inobatga olsak, Markaziy va Janubiy Osiyo etnografiyasini 
ham Beruniy maktabidan boshlasak xato bo‘Imaydi. Ma'lumki, ushbu ulug‘ 
allomaning asarlari butun jahonga tanilgan bo‘lib, “Beruniyshunoslik” deb atalishi 
ham bejiz emas. Uning deyarli barcha asarlarida Markaziy Osiyo, shu jumladan, 
hozirgi 0 ‘zbekiston hududidagi shaharlar tilga olinib, ushbu shaharlaming tarixi, 
aholining etnik qiyofasi va tabiiy-geografik sharoiti haqida noyob ma'lumotlar 
berilgan. Masalan, Beruniyning “Qonuni Mas'udiy” nomli kitobidagi geografik 
jadvalda ko‘rsatilgan 603 joyning 85 tasi Markaziy Osiyoga tegishli bo‘lib, 
ulaming ko‘pchiligiga qisqacha izohlar berilgan. Muallifhing etnotoponimiyaga 
oid ma'lumotlari ham bebaho. Amudaryo va Qoraqumning qadimgi geografiyasi 
hamda etnotoponimiyasini birinchi bo‘lib tekshirgan va ilmiy jihatdan to‘g‘ri 
izohlab berilgan Beruniyning “Amudaryo tarixi” deb atalgan maqolasida bajanaq 
(rus solnomalarida pecheneg)lar Orol dengizining shimoliy-g‘arbiy tomonida, 
Xorazm shaharlaridan Kat esa Jayhunning sharqiy qirg‘og‘ida joylashganligi 
hamda Xorazmning ikkinchi, eng qadimiy markazlaridan biri ekanligi 
ta'kidlanadi
20
. Mazkur asarda Toshkent shunday ta'rifllangan: “Binkat - Shoshning 
20
Doniyorov A. X. Markaziy Osiyo xalklari etnologiyasi, etnogenezi va etnik tarixi fani buyicha Ukuv-uslubiy 
qo`llanma. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. –B 80 


20 
markazi turkcha Toshkand”. Buxoro yonidagi Paykand shahri Azhayin, 
Qashqadaryodagi Kash forschada tushunarli emas, deb xabar qilinadi. 
Sirdaryoning eng qadimiy nomi “Yaksart” ekanligi to‘g‘risida fikr bildlrib, olim 
unga shunday izoh bergan edi: “Sutkand Shosh viloyati deb mashhur bo‘lgan 
Yaksart daryodir”. Demak, Beruniyning ta'rif berishicha, qadimgi yunon 
manbalarida tilga olingan “Yaksart” atamasi Sirdaryoning grekcha nomi emas, 
balki aslio‘g‘uzlar yashagan yurtdagi daryoning nomi bo‘lgan “Hasrat (yoki 
Kasart)” so‘zining yunoncha buzilgan shaklidir. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy 
merosi Markaziy Osiyo bilan qo‘shni, ayniqsa, Janubiy Osiyoda yashagan elat va 
xalqlar to‘g‘risidagi tarixiy-etnologik ma'lumotlar jahon xalqlarining etnik 
xususiyatlari hamda turmush tarzini o‘rganishda noyob manba hisoblanadi. 
Afsuski, tarixiy etnografiya fanida mazkur ma'lumotlar yetarli darajada 
o‘rganilmagan. Turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbeklar etnografiyasi va etnik 
tarixini o‘rganishda o‘rta asrlar mualliflaridan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu 
lug‘otit turk” asari alohida o‘rinni egallaydi. Ushbu asarda ayrim shahar va 
qishloqlar aholisining lingvistik hamda etnik tarkibi, ijtimoiy tuzumining qisqacha 
ta'rifi, etnotoponimikasi, ayrim qabila va urug‘laming joylashuvi to‘g‘risida noyob 
ma'lumotlar keltirilgan. Eng muhimi, ushbu kitobda o‘zbeklaming qadimiy 
ajdodlari hisoblangan chigil, yag‘mo, qarluq, qipchoq, tuxsi va boshqa 
qabilalaming ijtimoiy hamda oilaviy turmush tarzi, urf-odat va marosimlari, 
qolaversa, diniy e'tiqodlari kabi ayrim etnologik xususiyatlami aniqlashga yordam 
beradigan izohlar mavjud. Mahmud Koshg‘ariy Jayhundan to quyi Chin 
(Xitoy)gacha bo‘lgan qabilalaming hammasini chigil, deb atashning xato ekanligi 
va bu yerda juda ko‘p qabilalar borligini alohida ko‘rsatib bergan. Mahalliy 
aholining ijtimoiy-siyosiy hayoti, emotoponimiyasi, diniy e'tiqodlari va etnik 
qiyofasi hamda ayrim etnoslar (elat va qabilalarjga oid qimmatli etnografik 
materiallar Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida ham mavjud
21
. . 
Shuningdek, o`sha davrda yashagan mualliflardan tarixchi Fazluiloh 
Rashididdin (1247—1318) o‘zining asarida o'zbeklar tarkibiga kirgan ayrim turk 
va mo`g`ul qabilalari to‘g‘risida muhim tarixiy-etnologik ma'lumotlami yozib 
qoldirgan. Uning Markaziy Osiyo, Eron va qo‘shni mamlakatlar tarixi hamda 
etnografiyasi tolg‘risidagi “Jome ut-tavorix” nomli kitobi juda qimmatli manba 
boMganligi tufayli ko‘p olimlar tomonidan sharhlangan, tahrir qilib to‘ldirilgan va 
ortiqcha tafsilotlari qisqartirilgan
22
. Shunday olimlardan biri Ohangaron bo‘yidagi 
Banokat shahridan chiqqan tarixchi va geograf Faxriddin Abu Sulaymon 
Banokatiy bo‘lib, ushbu alloma mazkur asami qayta ishlashga muvaffaq bo‘lgan. 
Qudratli imperiya tashkil qilgan Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan 
21
Saidboboyev Z Tarixiy geografiya. –T.: Noshir , 2010. –B. –25 
22
Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 2001. – B.-63 


21 
davrda Markaziy Osiyo, shu jumladan, 0‘zbekiston yirik madaniyat markaziga 
aylandi hamda boshqa mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar har 
tomonlama kuchaydi. Sohibqiron tomonidan yaratilgan “Temur tuzuklari” ham 
noyob manba hisoblanadi 0‘sha davrda yashagan va saroy tarixchisi bo4lib, 
Temuriylarga xizmat qilgan Hofizi Abro‘ “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar 
qaymog‘i”) nomli yirik tarixiy-geografik asarini yozgan edi
23
. Ushbu asarda 
Movarounnahrga oid ba'zi etnologik ma’lumotlar ham keltirilgan. Muallif mazkur 
o‘lka (Movarounnahr)ning geografik ta'rifmi yozar ekan, ayrim shahar va tumanlar 
to‘g‘risida batafsil hikoya qiladi. Masalan, asarda Samarqandning qisqacha 
tarixidan so`ng shahar va uning atroflari, qal'alar, saroylar, masjidlar, bog‘lar va 
qishloqlar ta'rifi berilganBuxoro haqida gapirilganda, asosan, aholining kundalik 
mashg4uloti va turmush tarzi tasvirlanadi. Muallifning yozishicha, “Buxoro 
mevasi hamma mevalardan yaxshi va shirindir, xususan, Buxoro olxo‘risi butun 
yer yuziga tarqalgan, u yerda qaynatilgan qiyomni asaldan farq qilib bo‘lmaydi. 
Tamomi dashtda mol bisyor, o4tinni aksari bog‘lardan yig‘ishadi, tashqaridan 
keltirishadi. Va yana Buxoroning xosiyatlaridan deydilarki, odamlaridek 
g‘aribdo‘st, kishilar hyech mavzeda yo`qdir”. Olim Kesh (Shahrisabz)ni ham 
ta'riflab, yaqinida tog4, unda harsang tosh bo4lib, tiniq va ba'zan rangdor, undan 
har xil buyumlartaroshlanadi, deb yozgan edi. Kesh - Movarounnahming issiq 
joyidir, gohida ushbu shaharda qurg‘oqchilik va vabo boMadi. Shahar va uning 
atrofida madrasalar, xonaqohlar, rabotlar va hovuzlar qurilgan. Keshga yaqin 
joylashgan Naxshab (Nasaf)da bog‘larga quduqlardan suv olinadi, tegirmonlami 
chorva qo‘shib aylantiradilar, deb ta'riflanadi. Asarda keltirilgan suratlar ichida eng 
muhimi dunyo xaritasidir. Bugungi kunda Hofizi Abro‘ning “Zubdat ut-tavorix” 
(“Tarixlar qaymog‘i”) asarini qoMyozma nusxasining biri Toshkentda, ikkinchisi 
esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ayrim olimlarning fikricha, Hofizi 
Abro‘ning bosh asari hisoblangan dunyo xaritasi butun Sharq olimlari faxrlansa 
arziydigan manba bo‘lib, muallif mashhur Beruniy va Najib Bakron kartografiya 
an'analarini davom ettirib, dunyoga tanitgan. 1419-yilda Xuroson hokimi Xitoyga 
elchilar yuborgan va ulaming orasida geograf olim Hoji G‘iyosiddin Naqqosh ham 
bor edi. Elchilar o‘z yurtlariga Andijon, Samarqand, va Amudaryo orqali jo ‘nab 
ketgan. G‘iyosiddin uch yil davom etgan safari mobaynida yozganlarini Shohruh 
Mirzoga topshirgan. Bulami dastlab Hofizi Abro‘ o‘qib ko‘rib, uning ayrim 
qismlarini o‘z asariga kiritgan. Unda muallif qo‘shni mamlakatlar to‘g‘risida 
ko‘pgina ma'lumotlar berganligi uchun mazkur xotira daftari G‘arbiy Yevropa va 
turk tillariga bir necha bor tarjima qilingan. Mazkur davrga oid ba'zi qiziqarli 
etnologik ma'lumotlami ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning sayohat 
23
Saidboboyev Z Tarixiy geografiya. –T.: Noshir , 2010. –B. –26 


22 
kundaliklari (1404-yil), rus solnomalari va mahalliy mualliflar: Nizomiddin 
Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn Qubraviy, 
Ali Qushchi va boshqalaming asarlarida uchratish mumkin. Masalan, Zahiriddin 
Muhammad Bobuming avtobiografik asari hisoblangan “Bobumoma”da - 
Temuriylar davlatining yemirilishi, Movarounnahr va qo‘shni mamlakatlaming 
siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayoti har tomonlama batafsil tasvirlangani bilan 
alohida diqqatga sazovordir. Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning zamondoshi 
va yirik davlat arbobi Bobur Mirzo ko‘p o‘lkalami egallab, o‘z boshidan kechirgan 
sarguzashtlarini yozib qoldirgan
24
.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin