M u n d a r I j a kirish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#122296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishim

Ishining maqsadi. Ushbu Kurs ishi qadimgi va ilk o’rta asr manbalarida 
Markaziy Osiyo haqidagi ma’lumotlarni o’rganish asnosida, quyidagi vazifa va 
maqsadlarni amalga oshirishni o’z oldigi maqsad qilib qo’ygan:
Mazkur maqsad o’z navbatida quyidagi vazifalarni keltirib chiqaradi:
– Tadqiqot qamrab olgan davriy chegara doirasida manba va adabiyotlarni tahlil 
etish;
– Markaziy Osiyo tarixiga oid yunon va lotin tillaridagi manbalarni aniqlash va 
o’rganish
– Xitoy va hind tilidagi manbalarda Markaziy Osiyo hududidagi ijtimoiy-siyosiy 
ahvolni aks etishini o’rganish;
– So’g’d tilidagi manbalarni aniqlash;
– Turk hoqonligi davriga oid manbalarni o’rganib tahlil etish;
– Qadimgi turk tilidagi manbalarni aniqlash;
–Qadimgi xalqlar turmush tarsi va ijtimoiy hayotini o`rganish;
– Xitoyda qadimgi va o’rta asrlarda Markaziy Osiyo haqida yaratilgan asarlarni 
o’rganish;
.
Ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan manba va 
adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
 



I BOB. O`LKA TARIXI YORITILGAN QADIMGI DAVR MANBALARI 
1.1 Qadimgi Yunon va Rim manbalarida o`lkamiz etnik tarixi  
Qadimgi Ellada va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea 
bilan, aniqrog’i, Ellada-fors urushlari va Iskandar Makedonskiyning Ahamoniylar 
davlatiga qarshi hujumi bilan bog’liqdir
4
.
O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi 
Ellada va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba 
bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz.
Gerodot (mil. avv. 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim, 
tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaharidan, 455-447 yillari 
Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan
5
. Gerodot Ellada va Sharq 
mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim 
zamonlardan to mil. avv. 479 - yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya 
qiluvchi 9 kitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan3. Bu asar 
umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham 
Gerodot, Sitseronnning (mil. avv. 106-43) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining 
“ota”si hisoblanadi. Gerodot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur 
mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar 
tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.
Gerodotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, 
issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari 
hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uch 
ratamiz.
Vatanimiz tarixini yoritgan ilk tarixiy asar - bu Gerodotning “Tarix” asaridir. 
Bu asar yunon - fors urushlari tarixiga bag’ishlangan. Lekin, muallif mazkur 
urushlargacha bo’lgan davrdagi Ellada, Lidiya, Midiya va Ahamoniylar davlati 
tarixiga oid batafsil ma’lumotlar keltiradi. “Tarix” keng qamrovli, serqirra va ayni 
paytda, yaxlit asar ekanligi tufayli uning muallifi Gerodot haqli ravishda 
“Tarixning otasi” degan faxrli nomga sazovor bo’ldi
6
.
Gerodot o’z asarini yozishda xilma-xil manbalardan foydalanadi, jumladan, 
Eron, Skifiya, Misr va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog’ida yiqqan 
ma’lumotlarini keltiradi. U Markaziy Osiyoda bo’lmagan edi, lekin Kaspiy 
Ortidagi mamlakatlar tarixi bilan qiziqadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Gerodot 
Eronda bo’lgan chog’ida Ahamoniylar davlati zodagonlari bilan suhbatlar qurib, 
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi ma’lumotlarni yozib olgan. Natijada 
uning ajdodlarimiz o’tmishi haqidagi ma’lumotlari to’liq bo’lmay qolgan va ayrim 
4
Manbashunoslik. – Farg‘ona, 2003. – B.39. 
5
Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. – T.: Iqtisod-moliya, 2006. – B. 26-36. 
6
Биография Геродота
. http://www.sochin.ru/biografii/gerodot.html 



hollarda o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Gerodot Eron Shohi Kir II ning 
massagetlar diyoriga qilgan hujumi, massagetlar malikasi To’maris tomonidan tor-
mor etilishi va halok bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, 
baqtriyaliklar, xorazmiylar, issedonlar, saklar haqida, ularning turmushi, urf-
odatlari, harbiy kiyimlari va qurollari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi2. 
Gerodot bu xalqlarning ijtimoiy hayotida ayollarning teng huquqligigi va baland 
maqomi haqida yozadi. Bu ma’lumotlardan kelibchiqib, o’sha davrda Markaziy 
Osiyo xalqlari hayotida matriarxat sarqitlari saqlanib qolganligini taxmin etish 
mumkin. Gerodot bu xalqlarda kannibalizm xollari uchrashi haqida ma’lumot 
beradi, urug’dagi sog’lom va nuroniy qari odamni so’yib, uning go’shtini 
hayvonlar go’shti bilan qo’shib pishirishlari va tanovvul qilishlarini qayd etadi. 
Gerodot qadimgi ajdodlarimiz chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan 
shug’ullanishlarini ta’kidlaydi. Doro I davrida Markaziy Osiyo xalqlari Eronga 
tobe bo’lganliklari va forslarga o’lpon to’lab turganliklarini aytib, Gerodot 
Behustun yozuvidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Gerodot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib 
ko’rsatuvchi yetuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyat bebaho va 
qadrli. Ayniqsa, skiflaming hayoti haqidagi hikoyalari, ularning urf-odatlari va 
udurnlari haqidagi badiiy lavhalar shunday jonli va hayotiy tarzda ifodalanganki, 
ularni o’qigan o’quvchi bevosita hayajonga tushadi. Gerodotning “Skiflar” asari 
jahon adabiyoti xazinasidan munosib o’rin egallagan. Skiflarni birinchi bo’lib 
jahonga tanitgan ham Gerodotdir. XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari 
Gerodotning “Skiflar” asarini juda katta qiziqish bilan o’qiganligi va juda ko’p 
nusxalarda tarjima qilishga buyruq berganligining guvohimiz. Natijada asar bir 
necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi
7
. Skiflar haqida Gerodotdan 
ilgari Ellada adiblari Homer, Esxil ham yozganlar. Lekin skiflarning haqiqiy va 
birinchi targ’ibotchisi Gerodot edi.
Gerodotning “Skiflar” asarining badiiy uslubi, undagi hikoyalarning 
xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu 
ilmiy-tadqiqotlar ichida, ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “Gerodot va uning asari”, 
Vitold Klingerning “Hikoyachilik motivlari” asarlari, shuningdek, “Sharq 
xalqlarining tarixiy hikoyalari” kabi juda katta ahamiyatga ega bo’lgan ijod 
durdonalari yuzaga keldiki, bu asarlar bilanch uqur tanishsak, Gerodotning badiiy 
so’z san'atkori ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Eng xarakterli tomoni shundaki, Gerodot o’z ko’zi bilan ko’rgan va eshitgan 
voqealarini qalamga oladi, yolg’on, soxta ma'lumotlar bilan ish ko’rmaydi. Tarixiy 
7
Qarang: Геродот. Скифия. – С. Петербург. 1883; Геродотова Скифия. – Одесса. 1842, Словар Геродоту Скифия. – Киев. 
1876; Геродот. Восточные народы. – M., 1887. 



haqiqatni aniq va real tasvirlashga harakat qiladi. Shuningdek, Gerodot ijodida 
mifologik xarakteridagi hikoyalar ham berilgan.
Gerodot katta ishga qo’l uradi. Faqat skiflarning emas, Yevropa va 
Osiyodagi hatto Afrikadagi ko’pgina qabilalarning hayotiga oid ma'lumotlarni 
badiiy aks ettiradi. Gerodot ensiklopedist olim ham edi. Uning ijodi tarix, 
etnografiya, geografiya, jamiyatshunoslik va falsafa fanlari uchun ham zarur 
manba bo’lib xizmat qiladi.
Gerodot antik dunyodagi boshqa ijodkorlardan shu bilan farq qiladiki, u 
fidoyi adib edi. O’z hayotini tahlikaga qo’yib bo’lsa-da, ijod dardida uzoq 
diyorlarni kezdi. Jahongashta adib bu safarlarda ne-ne xavf-xatarlarga duch 
kelmadi. U avval o’z ko’zi bilan ko’rib, qulog’i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. 
Har qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va 
elatlarda bo’ladi. Yuzlab daryolarni kechib, baland tog’lardan oshadi. O’sha paytda 
hech bir ijodkorning qadami yetmagan uzoq o’lkalarni kezadi. Hali qo’l urilmagan 
mavzularni birinchi bo’lib yoritadi. Shuning uchun ham, Gerodot nomi tariximizda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon adabiyotida mo’tabar o’rin olgan Gerodot 
nomini biz osiyoliklar ham juda qadrlaymiz. Negaki, bu shaxs tarixchilardan 
birinchi bo’lib bizni bobokalonlarimiz hayoti bilan tanishtiradi.
Gerodot bir qancha Osiyo mamlakatlarida bo’lib, so’ngra muqim istiqomat qilish 
niyatida Afina davlatining qo'l ostidagi Furiya Shahriga keladi. Italiyaning 
janubiga shaharlashgan Furiya shahri o’z go’zalligi jihatidan dunyoda tengsiz edi. 
Gerodot birmuncha muddat Furiya shaharida yashab, eramizdan avvalgi 430- yilda 
o’sha yerda vafot etadi.
“Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 
yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus 
(F. G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda 
asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A. I. Davatur, D. P. 
Kallistov hamda I. A. Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan
8
.
Qadimgi tariximiz haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan tarixchilardan biri 
Ktesiy (mil. avv. V-IV asrlar) hisoblanadi. Ktesiy Eron shahanshohi Artakserks II 
ning shaxsiy tabibi bo’lgan. Afsuski, Ktesiy asarlarining asl nusxasi bizgacha yetib 
kelmagan. Uning asarlaridan olingan ayrim parchlar keyingi avlod tarixchilarining 
kitoblarida saqlanib qolgan. Gerodotdan farqli o’laroq, Ktesiy faqat o’zi ko’rgan 
yoki eshitgan axborotlarnigina emas, balki ba’zi uydirma ma’lumotlarni ham o’z 
asariga kiritgan. Shu sababdan uning asarlaridan foydalanishda o’ta ehtiyotkorlik 
zarurdir. Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninning Markaziy Osiyoga qilgan harbiy 
hujumlari haqidagi ma’lumotlari ishonchli emas. Ktesiy o’z asarlarida birinchi 
8
Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 2001. – B.35. 



marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga oladi. U sehrgar va Baqtriya podshosi 
bo’lganligi ta’kidlanadi. Zardusht podsho bo’lgan emas, albatta. Lekin uning nomi 
tilga olinganligi va bu nom Baqtriya bilan bog’langanligi zardushtiylik dini bu 
mamlakatda, ya’ni Baqtriyada vujudga kelganligi to’g’risidagi taxminlarni 
quvvatlovchi dalillardan biridir. Ktesiy Baqtriyaliklarning Eron shohi qo’shini 
tarkibida Ossuriyani tor-mor etishda qatnashganligini ma’lum qiladi
9
.
Ktesiy ham sak ayollari jasur va harbiy ishlarga moyil ekanliklarini 
ta’kidlaydi. Shu bilan bog’liq holda u saklar malikasi Zarineya haqidagi hikoyani 
keltiradi. Zarineya o’zining birinchi eri va akasi Kidrey halok bo’lganidan so’ng 
Parfiya viloyatining hokimi Mermerga turmushgachiqadi. Forslar bilan jangda 
Zarineya yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi. Striangey nomli fors uni 
ta’qib etadi va qo’lga tushiradi, lekin Zarineyaning iltimosiga ko’ra uni ozod etadi. 
Keyingi jangda esa Zarineyaning eri Mermer Striangeyni asirga oladi va 
Zarineyaning yalinishiga qaramay uni o’ldirmoqchi bo’ladi. Shunda Zarineya 
asirlarni ozod etib, ular bilan birga erini o’ldiradi va Parfiya viloyatini Eron 
shohiga berib, u bilan do’stona munosabat o’rnatadi. Ktesiy keltirgan bu ma’lumot 
naqadar to’g’ri ekanligini bilish qiyin, lekin bu hikoya Gerodotning - saklar 
jamiyatida ayollar roli: yuqori ekanligi hakidagi axborotni tasdiqlaydi.
Ktesiy Eron shohi Kirning halok bo’lishi to’g’risida Gerodotdan ancha farq 
qiladigan ma’lumot keltiradi. Uning yozishicha, Kir derbiklar bilan bo’lgan jangda 
yarador bo’lib, otdan yiqilib tushadi. Uni derbiklar bilan birga jang qilgan 
hindlardan biri yarador qiladi, shundan so’ng Kir vafot etadi. Ktesiyning bu 
ma’lumoti to’g’ri emas, deb aytish mumkin,chunki boshqa manbalarda bunday 
axborot uch ramaydi.
Gerodot va Ktesiydan boshqa Ellada tarixchilari ham o’z asarlarida 
Markaziy Osiyo xalqlari to’g’risida ma’lumotlar beradilar. Ulardan biri Ksenofont 
(mil. avv. 445-355) o’zining tarixiy-siyosiy roman janrida yozilgan “Kiropediya” 
nomli asarida Baqtriyaliklar, saklar va girkaniyaliklarning fors shohi Kir 
tomonidan bo’ysundirilish va uning qo’shini tarkibida Ossuriyani zabt etishda 
qatnashganliklarini ko’rsatib o’tadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, antik mualliflarning Markaziy Osiyoga 
qiziqishlarining ortishiga sabab bo’lgan yana bir muhim tarixiy voqea - Iskandar 
Zulqarnaynning sharqqa hujumlaridir. Ko’p mualliflar Iskandar tarixini yoritish 
jarayonida u bosib olgan mamlakatlar haqida, shu jumladan, Markaziy Osiyo 
to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirganlar
10
. Iskandar hayoti va faoliyati haqidagi 
tarixiy asarlarning eng muhimi - bu Arrianning “Iskandar hujumlari” nomli 
asaridir. Bu asar milodiy II asrda, Iskandar davridan 5 asr o’tgandan keyin 
9
Manbashunoslik. – Farg‘ona, 2003. – B. 40 
10
O‘zbekiston xalqlari tarixi. 1 jild. – T.: Fan, 1992. – B.29. 


10 
yozilgan. “Iskandar hujumlari” buyuk sarkarda shaxsiga maddohlik ruhida taklif 
etilgan asardir.
Arrian Flaviy (95-175) – yirik Ellada yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, 
Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar 
haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning hujumlari” nomli kitoblar 
muallifidir
11
.
O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning 
“Iskandarning hujumlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning 
O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik hujumlari tarixi 
batafsil bayon qilingan.
Arrian o’z asarini yaratishda juda ko’p tarixiy manbalardan foydalangan. 
Jumladan, Iskandarning saroy kundaliklaridan, Iskandar hujumlarining guvohi va 
ishtirokchisi bo’lgan sarkardalar Ptolemey Lag va Aristobulning esdaliklaridan 
keng foydalangan. Asar panegrizm - maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar 
Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’pgina 
qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha 
muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.
Arrian 
mo’tabar 
manbalardan 
foydalanganliga, 
ularga 
tanqidiy 
yondashganligi asarning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi. Arrian foydalangan 
birinchi darajadagi manbalar keyinchalik yo’qolib ketganligi hisobga olsak, uning 
asari g’oyat nodir yodgorlik ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Arrian Flaviyning 
“Iskandarning hujumlari” asari nemis (Myuller, Leypsig, 1886 y.) hamda rus 
(Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M. E. Sergeenko, M.– L., 1962 y.) tillarida nashr 
etilgan.
Kvint Kurtsiy Ruf (mil. avv. I asrning oxiri – milodiy I asrning birinchi 
yarmi) – mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa 
mamlakatlarga qilgan harbiy hujumlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar 
tarixi” nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar 
Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng 
foydalangan. Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Rufning asari lotin tilida yozilgan 
bo’lib, 10 kitobdan iborat, lekin uning dastlabki ikki kitobi bizgacha etib 
kelmagan. 
Mutaxassislar 
Kvint 
Kurtsiy 
Rufning 
manbalarga 
tanqidiy 
yondashmasligini, Iskandar hayoti bilan bog’liq voqealarni badiiylashtirganligani 
ta’kidlaydilar. Kurtsiy ayrim hollarda fantastik syujetlarni to’qibchiqaradi, o’z 
qahramoni Iskandarning ruhiy holatlarini ochib berishga intiladi. Muallif 
tasvirlanayotgan voqealarni aniq sanasini keltirmaydi. Shu bilan birga u 
Iskandarning real siymosini yaratishga harakat qiladi. Kvint Kurtsiy Rufning 
11
Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 2001. – B.28. 


11 
talqinida Iskandar taqdir erkatoyi, o’ziga bino qo’ygan, bosqinchilik qonida 
bo’lgan, Shafqatsiz, qasoskor, mard, tanti va bag’rikeng shaxs sifatida gavdalanadi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklardan qat’iy nazar, Kurtsiyning asari 
Markaziy Osiyo xalqlarining Iskandar Maqduniy davridagi tarixiga oid boy 
ma’lumotlar beradi. Asardagi Baqtriya va So’g’diyonaning tabiati va iqlim 
sharoitlari, Spitamen qo’zg’olonining tafsiloti va boshqa ma’lumotlar diqqatga 
sazovordir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin