2
M U N D A R I J A
KIRISH.............................................................................................................
2
I BOB. O`LKA TARIXI YORITILGAN QADIMGI DAVR MANBALARI
1.1. Qadimgi Yunon va Rim manbalarida o`lkamiz etnik tarixi …....................6
1.2. Markaziy Osiyo etnografiyasi haqida Xitoy manbalaridagi ayrim ma`lumotlar
…..…….…….…..12
II
BOB.
ARABLAR
BOSQINIDAN
KEYINGI
DAVRLARDA
YARATILGAN ETNOLOGIK MANBALAR TAHLILI
2.1.
Mahalliy
mualliflar
manbalarida
etnologik
ma`lumotlar
tahlili
…………………17
2.2.Mahmud Qoshg`ariyning “Devoni lug`atit turk”
asarida etnografik
ma`lumotlar...........................................23
XULOSA…….……………..………………………………….....………... 29
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………..…....…………31
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respubliksining mustaqil davlat
sifatida dunyo mamlakatlari orasida o’zining mustahkam o’rnini egalladi va tashqi
siyosatning xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan va jahon hamjamiyatiga asta-
sekin integratsiyalashuv strategiyasiga mos keladigan
huquqiy tizimni yarata
boshladi. Prezidentimiz I. A. Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek: “Biz
istiqbolimizni taraqqiy topgan davlatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat
boshqaruvini
erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-
barangligini o’z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz.
Biz butun
ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot
kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz”
1
.
O’zbekiston o’zining tashqi siyosatida
Osiyoning taraqqiy topgan
mamlakatlari, xususan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Janubi-Sharqiy va
Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga katta e’tibor bermoqda.
O’zbekiston Respulikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov bu xususda: “Sharqiy
va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari – Yaponiya,
Janubiy Koreya, Xitoy,
V’yetnam, Malayziya, Hindiston, Indoneziya
va boshqa mamlakatlar bilan
aloqalarimiz musthkamlanib borayotganligini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlab
o’tmoqchiman
2
”, – degan fikrni bildirgan edi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgaсh, Vatanimiz tarixini o’rganish ishlariga
alohida e’tibor kuchaydi va
bu borada katta ishlar qilindi, qilinmoqda. Jumladan,
arxeologlar Farg’ona vodiysida olib borgan qazuv ishlari natijasida katta
ahamiyatga molik topilmaga duch keldilar. Qadimshunoslar bu yerda bundan 2
million 200 ming yillar avval istiqomat qilgan ongli
inson suyaklarini topishga
muvaffaq bo’ldilar. Bu esa Farg’ona vodiysi insoniyatning ilk o’choqlaridan biri
ekanligidan dalolat beradi.
Ko’hna madaniyatga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixini yozma manbalar
asosida jiddiy o’rganish ishlariga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada
zardo’shtiylar dinining muqaddas kitobi “Avesto”ning 2700
yillik tarixini
o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’hna tarixni o’rganishda Ellada, xitoy,
forsiy, turkiy yozma manbalarining tutgan o’rni alohida diqqatga sazovordir.