4
bo’lsa-da, ular umumlashgan yaxlit tarzda ishlanmagan. Manbalarni keng tarzda
har tomonlama o’rganish olimlar tomonidan XIX – XX asrlarda amalga oshirilgan.
Markaziy Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o’rta asrlar manbalari tarixshunosligiga
oid adabiyotlarni shartli ravishda guruhlarga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga manbalarni o’rgangan xorijlik olimlar: ingliz, frantsuz,
nemis
olimlari M. Sotude, Denison Ross, U. Morley, E. Braun, E. Bloshe, K. Yan, F.
Tauer, Jak Oben, K. M. Maitra, G. R. Ryomer, Mayls, Ch. N. Seddon, B.
Dornlarning manbalarni o’rganish va nashr etishdagi ishlarini kiritish mumkin1.
Ikkinchi guruhga Chor Rossiyasi va sovet davrida nashr etilgan adabiyot, risolalar,
amalga oshirilgan tadqiqotlar va e’lon qilingan maqolalarni kiritish mumkin. Rus
sharqshunos olimlari V. V. Bartol’d2, E. E. Bertel’s3, A. G. Tumanskiy, V. F.
Minorskiy, A. K. Arends4. V. V. Vyatkin, E. Denisov, V. G. Tizengauzen, A., Z.
M. Buniyatov va A. Yu. Yakubovskiylar tomonidan manbalar o’rganilgan va ular
tomonidan ilmiy ishlar nashr etilgan.
O’rganilayotgan davr manbalarini o’rganish
tarixshunosligi adabiyotini
uchinchi guruhiga yurtimiz tarixchilari: B. A. Ahmedov7, T. S. Saidqulov8, O
Bo’riyev, M. Hasaniy, I. Nizomutdinov va T. Fayziyev, Yu. Hakimjonov, G’.
Karimov, N. Norqulovlar, S.
Mirzayev, J. Esonov, A. Muxtorovlar tomonidan
amalga oshirilgan ishlar kiradi.
Sifat jihatidan yangicha kontseptual tusda, umum qabul qilingan ilmiy
printsiplar va milliy istiqlol mafkurasiga tayangan holda ilmiy ishlarni yaratishning
real imkoniyatlari XX asrning 90-yillarda paydo bo’ldi.
Natijada mustaqillik
g’oyasi ruhida yozilgan bir qator ilmiy asarlar, ro’znomalar, risola va maqolalar
chop etildi, ilmiy izlanishlar olib borildi. Bu ishlarda bizni qiziqtirgan
muammolarga tegishli bo’lgan yangicha talqini ko’zga tashlandi.
Manbalarda
yurtimiz tarixini aksh etishi mavzusi qator maqola, nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarida o’z aksini topdi. Umuman olganda, muammoga oid adabiyotlar
tahlili shundan dalolat beradiki, manbalarni o’rganish
muammosining ayrim
jihatlarini tadqiq qilinishiga, to’plangan bilimlar va erishilgan natijalarning
salmoqli ekaniga qaramay, bu davr manbalarini jiddiy
tarzda qayta fikrlashni va
keng miqyosda retrospektiv tahlildan o’tkazishni va tanlab olingan ilmiy tadqiqot
mavzuiga bugungi kun nuqtai - nazaridan har tomolama xolis va yangicha
yondashuvlar lozimligini ko’rsatadi
3
.
Bundan tashqari respublikamizning tarixchi olimlari tomonidan yozilgan tarixiy
adabiyotlarda mavzuga doir ilmiy faktlar keltirilgan. Mavzuni o’rganilmagan,
yozilmagan va tadqiq etilmagan tomonlari bisyor
.
3
Karimov I.A. Yusak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. – B.98