12
1.2 Markaziy Osiyo etnografiyasi haqida Xitoy manbalaridagi ayrim
ma`lumotlar
Ko’hna tarixni o’rganishda Ellada, forsiy, turkiy yozma manbalar bilan bir
qatorda xitoy manbalarining tutgan o’rni ham alohida diqqatga sazovordir.
Garchand, Xitoy manbalari miloddan ilgari yozila boshlagan bo’lsa-da, 5000 yilik
tarixni o’zida mujassamlashtirgan. Bu manbalar yillarning aniq ko’rsatilishi,
voqealarning tadrijiy holda yozilishi bilan boshqa manbalardan ustunlikka ega.
Shuningdek, mazkur manbalarda Xitoy bilan qo’shni mamlakatlar va xalqlar bilan
aloqalar natijasida Turkiston va uning xalqlari tarixiga oid boy ma’lumotlar
yozilgan.
Xitoy manbalarida mil. avv. II asrdan Farg’ona Day Yuan (Davan) deb
nomlanib, Davan davlati, ya’ni Farg’ona mamlakati yohud davlati deb tilga
olinadi.
Farg’ona - Xitoy munosabatlariga oid ma’lumotlar “Tarixiy xotiralar” dagi “Xan
Udi tazkirasi”, “Farg’ona tazkirasi”, “Hunlar tazkirasi” va “Xannonma”da “Xan
Udining tarjimai holi”, “Xan Vendi tazkirasi”, “Jang Chyan, Li Guanli tarjimai
holi”, “G’arbiy Yurt tazkirasi”, “Xunlar haqida qissa”, “Nag’ma nova tazkirasi”,
“Besh unsur tazkirasi” kabi boblarda o’z aksini topgan.
Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar o’zbek adabiyotida asosan rus tilidagi
tarjimalardan olingan. Bu tarjimalarda, xitoy manbalaridagi kishi nomlari va har
xil atamalar rus tili nuqtai nazaridan shartli ravishda qabul qilingan. Bularning
ko’pchiligi o’zbek tilida to’g’ri talaffuz etilmaydi. Ammo, xitoy tiliga o’zbek
tilidagi ayrim ovozlar, tovushlar mos keladi. Shu asosda xitoycha nomlarning
o’zbekcha variantlari vujudga kelgan.
Xitoy tilidagi manbalarni o’rganilishiga oid adabiyotlarni shartli ravishda
ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga oid adabiyot va nashrlarda sovet
davlatining tashqi siyosati yo’nalishlarini ko’rsatish asnosida Xitoy bilan
munosabatlar ham keng tadqiq etilgan. Bunday asarlar sirasiga B. A. Ahmedov,
Ch. A. Abutalipov, G. Inamjanova, K. Karimov, U. A. Rustamov, M.
Boboxo’jayev, H. Ziyayev, I. To’xtaxo’jayev va boshqalar ning tadqiqotlarini
kiritish mumkin
12
.
12
Axmedov B. Sentralnoaziatskix istochnikov izuchenie torgovыx, politicheskix kulturnыx sazey Sredney Azii
Kitayem srednie veka // Novoe izuchenii Kitaya. – M.: Nauka, 1988; Abdutalipov Ch. A. O‘zbekistonning xalqaro
aloqalari. – T.: O‘zdavnashr, 1964; Inamjanova g. Uzbekistan mejdunarodnoy arene. – T.: Uzbekistan, 1974;
Karimov K. Uzbekistan sotsialisticheskom sodrujestve. – T.: Uzbekistan, 1975; Rustamov U. A. Sovetskiy Uzbekistan
na mejdunarodnoy arene. – T.: Uzbekistan, 1979; Babaxodjayev M. Uchastie UzSSR kulturnom sotrudnichestve
SSSR so stranami Blijnego Srednego Vostoka // Obщestvennыe nauki Uzbekistane. – Tashkent, 1981. – № 7. –
S.10-13; Ziyayev H.O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari (1980-1985). – T.: Fan,
1986. – B.56.; To‘xtaxo‘jayev I. Sovet O‘zbekistonining xalqaro aloqalari. – T.: O‘zbekiston, 1985. – B.24.
13
Xitoy manbalari haqida shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, ular ham
xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilgan, boshqa
xalqlarning tarixi ko’p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida
bo’lib o’tgan voqealarning vaqti va o’rni aniq ko’rsatiladi, bir-biriga qarshi turgan
qo’shinlarning umumiy soni aniq ko’rsatiladi.
Qadimiy O’zbekistonning uzoq o’tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini
o’rganishda quyidagi xitoy manbalari muhim ahamiyatga ega. Qadimgi xitoy
manbalarida ham o’lkamizning uzoq o’tmishi haqida uzuq - yuluq ma’lumotlar
mavjud. Ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan bo’lsa-da,
mintaqamizda istiqomat qilgan xalqlarning turmushi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli
xususida e’tiborga loyiq axborotlar beradi.
Xitoy manbalarini asosan ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga
Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan sayyoh va elchilarning safarnomalari kiradi.
Ikkinchi guruh esa xitoylik tarixchilar qalamiga mansub asarlardan iborat. Birinchi
guruhga kiradigan manbalar ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Chunki, sayyoh va
elchilar o’zlari ko’rgan hodisa va voqealarni bayon qiladilar. Xitoy tarixchilari
asarlarida keltirilgan ma’lumotlar ham asosan sayyohlar va elchilarning
axborotlariga tayanadi.
Markaziy Osiyoga kelgan birinchi xitoylik sayyoh Chjan Szyan edi. U Xitoy
hukumatining topshirig’iga muvofiq, Qang’ davlati hukmdorini xunnlarga qarshi
urushga dav’at etish maqsadida mil. avv. II asrda bu yerga tashrif buyurgan edi.
Chjan Szyan’ o’z hukumatiga yozgan xabarnomalarida Kaspiy dengizigacha
cho’zilgan hududlarda istiqomat qilgan xalqlar to’g’risida dastlabki ma’lumotlarni
yetkazadi, jumladan, mil.avv. 127 yilda yuborgan xabarnomasida u Farg’ona
vodiysidagi Davan davlati, uning aholisi, xo’jalik hayoti haqida qiziqarli
ma’lumotlar bergan. Elchining yozishicha, bu yerdagi katta va kichik shaharlarning
soni 70 tani tashkil etadi
13
. Davanliklar o’troq hayot kechirib, sholi va bug’doy
ekkanlar, chorvachilik, jumladan yilqichilik bilan shug’ullanganlar. Huddi shu
davrda istiqomat qilgan tarixchi Szyan’ Xanshu uning bu ma’lumotlarini to’ldirib,
Farg’onada 60 ming xonadon borligini qayd etadi. Sima Syan’ o’zining “Shi szi” –
“Tarixiy esdaliklar” nomli asarida Farg’onadan Parfiyagacha bo’lgan hududda
istiqomat qilgan aholi turli shevalarda gapirsa-da, lekin bir-birini bemalol
tushunadi, deb yozadi. Demak, mil. avv. II asrda Markaziy Osiyoda til jihatidan
bir-biriga yaqin bo’lgan forsiyzabon qabila va elatlar istiqomat qilganlar. Lekin
huddi shu davrda, ayniqsa, yuechjilar istilosidan keyin aholi tarkibida turkiy
qatlam ko’paya boshladi
14
.
13
Asqarov A. O‘zbekiston tarixi. –T.:O‘qituvchi, 1995. – B.173-174
14
Asqarov A. O‘zbekiston tarixi. –T.:O‘qituvchi, 1995. – B.174-175
14
Markaziy Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlar Xitoyda hukmronlik qilgan
sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlarda ko’plab uchraydi. Ularning mualliflari
Markaziy Osiyo tarixini maxsus tadqiq etmagan bo’lsalar-da, lekin o’lkamiz
xususida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Yuqorida nomi tilga Sima Syan’
(uni “Xitoy tarixchilarining otasi” deb atashadi) o’zining “Tarixiy esdaliklar”
nomli asarining 130-bobida Davan davlati va uning xalqi haqida e’tiborga loyiq
ma’lumotlar keltiriladi. Xitoy manbalarida xitoylik hukmdorlarning Davanga
nisbatan bosqshchilik siyosati, o’z ozodligi uchun qahramonona kurashi
tasvirlanadi. Mil. avv. II asrda yuechji qabilalarining Markaziy Osiyoga bostirib
kirishi ham Xitoy manbalarida o’z aksini topgan. Jumladan, elchi Chjan Szyan’
axborotlarida bu borada batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Mil. avv. II asrda
yashagan tarixchi Ban’ Gu “Avvalgi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida, xususan
uning 95-bobida Kangyuy davlati, yuechji va usunlar to’g’risida, Sharqiy
Turkiston o’lkasining o’tmishi, bu yerdagi aholi turmushi haqida ma’lumotlar
beradi
15
.
Xitoy manbalari Markaziy Osiyo ilk feodalizm davri tarixi haqida diqqatga
sazovor ma’lumotlar beradi. V asrda hayot kechirgan tarixchi Fan Xua o’zining
“Keyingi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va
Jung’oriyaning 25-221 yillar orasidagi tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Li Yan’shou (VII asr) “Shimoliy sulolalar tarixi” nomli asar muallifidir. Mazkur
asarda Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Sharqiy Turkiston haqida
ma’lumotlar uchraydi. Li Yan’shou bilan zamondosh bo’lgan Vey Chjen o’zining
kasbdoshlari Yan Shigu va Kxun Indalar bilan hamkorlikda “Suy xonadonining
tarixi” nomli asar yozgan. Asarning 83-bobida Sharqiy Turkiston va Markaziy
Osiyo haqida talay ma’lumotlar bor.
Oldingi zamonlarda bo’lgani kabi ilk o’rta asrlarda ham Xitoy sayyohlari
Markaziy Osiyoga tashrif buyurganlar, ularning safarnoma va esdaliklari muhim
tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, Syuan Szyan va Xoy Chao So’g’d
viloyatining VII – VIII asrlardagi ahvoli xususida muhim ma’lumotlar yozib
qoldirganlar.
Syuan Szyan 629 yilda So’g’dga kelgan edi. Uning yozishicha, So’g’d
viloyatining markazi Samokien, ya’ni Samarqand shahri bo’lgan. Viloyatda ko’p
sonli aholi yashaydi. Yerlari unumdor va serhosildir. Bu yerda turli daraxtlar,
jumladan, mevali daraxtlar va gullar ko’pdir. Iqlimi yumshoq va mo’tadil
so’g’dliklar savdo va hunarmandchilik bobida dong taratganlar So’g’d “varvarlar”
mamlakatining o’rtasida shaharlashgan bo’lib, qo’shni viloyatlarda yashaydigai
elat va qabilalar ahloq-odob bobida so’g’dliklardan o’rnak oladi. Bu yerda
15
Manbashunoslik. – Farg‘ona, 2003. – B.42-44.
15
hukmronlik qilayotgan podshoh mard va jasur kishidir. Qo’shni viloyatlarning
barchasi so’g’d podshosiga bo’sunadi. Podshoh ixtiyorida ko’p sonli lashkar,
jumladan, otliq qo’shin bor. Syuan Szan Samokiendan tashqari, Mimoxe
(Maymurg’), Buxe (Buxoro), Szeshuanna (Kesh) va boshqa mulklar haqida ham
ma’lumotlar beradi, bu yerdagi xalqlarning yashashi va turmushi Samarqand xalqi
bilan deyarli bir xil ekanligini qayd etadi.
Syuan Szan yozuvlaridan biz VIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo,
jumladan So’g’d mamlakati kichik-kichik mulklarga bo’linib ketganligini, lekin
Samarqand hukmdori ustuvor mavqega ega ekanligini anglab olamiz. Boshqa
tarixiy manbalar, masalan, Afrosiyobda topilgan elchilarni qabul qilish marosimini
aks ettirgan devoriy surat hamda uning ostidagi so’g’d yozuvlari mazkur fikrni
to’la tasdiqlaydi
16
.
Arablar davrida so’g’ddagi ahvolni bilish uchun Xoy Chao ma’lumotlari
muhimdir. Uning yozishicha, Ang’ (Buxoro), Kan (Samarqand), Shi (Kesh), Mi
(Maymurg’) viloyatlarida o’z hokimlari bo’lgan, lekin ularning barchasi arablarga
tobe edi. Aholi paxta va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirgan,
chorva mollaridan qo’y, ot va tuyalar boqilgan. So’g’d aholisi paxtadan to’qilgan
oq matodan kiyim-kechak kiyishni yoqtiradi. Xoy Chao so’g’d aholisi, asosan
zardushtiylikka e’tiqod qilishini ta’kidlab, Samarqand shahrida buddaviylik
ibodatxonasi borligini ham qayd etadi.
X – XI asr xitoy tarixchilari Ouyan Syu va Sun Sisin “Tan sulolasining
yangi tarixi” nomli asarlarmi yozib qoldirganlar. Mazkur asarda Samarqand shahri
tarixi, hozirgi Janubiy O’zbekiston, Eron, Afg’oniston va Sharqiy Turkiston
tarixiga oid e’tiborga loyiq ma’lumotlar keltiradi. Shu tariqa, Turkiston tarixiga oid
Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar ko’p hollarda yurtimizga tashrif buyurgan
shaxslarning yodnomalariga asoslanganligi sababli ishonchli manbalardan
hisoblanadi. Bu manbalarda keltirilgan ma’lumotlarning to’g’riligini so’g’d
manbalari, arxeologik va numizmatik manbalar ham tasdiqlaydi1.
“Xan sulolasi tarixi” (“Xan Shu”)ning “Chjang Chyan tazkirasi”da
aytilishicha, mazkur elchi shaxsan o’zi Farg’ona, Dayueji, Baqtriya, Qanghiya kabi
davlatlarga borgan. Ularning atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali
surishtirib bo’lib, ularning hududi, boyligi va iqtisodiy ahvoli to’g’risida o’z
hukmdori U - Diga axborot bergan. Chyanning ma’lumotiga asosan bitilgan
manbalarda quyidagilar qayd etiladi: “U-di Farg’ona, Kan, Arshak (Anshi,
Parfiya)larning katta mamlakat ekanligi, ularda g’aroyib narsalarning ko’pligi,
xalqi o’troqlashgan bo’lib, urf-odatlari xitoyliklar bilan o’xshashligi, lekin harbiy
jihatdan ojizligi, Xan sulolasining mollarini qadrlashi, ularning shimolida
16
Сюань-цзан http://www.oval.ru/enc/70048.html
16
Dayuejilar bilan Kanhiya davlatlari borligi va ularning harbiy qudrati nisbatan
kuchliroq ekanligi, mol-dunyo va boylik berilsa ular foydani ko’zlab, ziyoratga
kelishlari mumkinligini eshitadi. Shundan so’ng U-Di ularni qonun-qoidamizga
bo’ysundirish imkoniyatiga ega bo’lsak zaminimizni cheksiz kengaytirishga
muyassar bo’lamiz. Shu bilan birga qonun-qoidalarimizni o’z tilimizdan ular tiliga
tarjima qilish yo’li bilan ularni uzoq diyorga tarqatib, ushbu diyorlarni qo’lga
kiritishimiz, Xan sulolasining vajohati va mehr-shafqatini butun olamga
tarqatishimiz mumkin, deb o’yladi. U bu haqda o’ylagan sari quvonib, uzoq
diyorga elchilar jo’natish uchun farmon berdi”.
Ikkinchi safar jarayonida Chjang Chyan Markaziy Osiyo mamlakatlarining
aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va urf-odatlari haqida avvalgidan ham ko’proq
ma’lumotlar olib kelgan. Bundan Xitoy hukmdori behad hursand bo’lgan. Shundan
keyin Xitoy hoqonlari mazkur mamlakatlar bilan yaqinroq aloqada bo’lish
maqsadida ko’p marta elchilar yuborgan. Xitoyga ham Markaziy Osiyo
mamlakatlaridan elchilar kelib turdi1. Natijada Markaziy Osiyo va Xitoy
o’rtasidagi savdo aloqalari rivojlanibgina qolmasdan, balki ikki mintaqa
madaniyatlarining o’zaro ta’siri kuchaydi. Markaziy Osiyo san’ati, jumladan
musiqa, cholg’u asboblari, raqs Xitoyga keng tarqaldi. .
“Syan Xan Shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim
Byan Gu (39-92) asaridir. Tarixchi An’lin (Shensi viloyati) Shaharida G’arbiy
Xan’ sulolasi (mil. avv. 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor
va tarixhunos oilasida tug’ilgan, 47-55 yillari Loyandan oliy ta’lim olgan, 58-82
yillari o’z asarini yozgan. “Syan Xan Shu” ning 95 bobida O’zbekiston (ayniqsa,
qangli, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi
va uning hayoti haqida ko’p muhim ma’lumotlarni uchratamiz. “Syan Xan Shu”
1962 - yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha tarjimasi (G. Dubs,
Baltimor, 1938-1944-yy.) ham bor
17
.
Dostları ilə paylaş: |