M u n d a r I j a


-§. Mashhulotlar jarayonida bolalarni yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə4/12
tarix11.05.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#111271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Dam olish

1.2-§. Mashhulotlar jarayonida bolalarni yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri
Asosiy davr (Savodga tayyorlash)
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:

  1. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish

  2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.

  3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish

  4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:

a/ Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
b/ ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
v/ so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
g/ tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
d/ tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limining 2- bosqichi - asosiy davrida (oktyabr- may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish
2.Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi
bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;
4. Bo‘g‘in o‘qish;
5. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.
Tayyorlovguruhlaridayildavomidao‘tkaziladiganmashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma—ketlikda olib borilishi kerak.
Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Har bir mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar berilgan. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о‘zlashtirishining murakkab, kо‘p omilli jarayonidir;
-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о‘ziga xosliklarini kо‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir kо‘rsatishning eng samarali yо‘llarini tanlashi lozim.
.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar etarlicha fikrini aniq va ravon ifodalayolmasliklarining asosiy sababi shundaki:
1) bolalar nutqidagi nuqsonlarni bartara fqilish;
2)tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish;
4) so‘z birikmasi, lug‘at, gap ustida ishlash orqali og‘zaki va yozma nutq o‘stirish;
5)bog‘lanishli nutq ustida ishlashda o‘yin va mashq, mashg‘ulotlaridan foydalanish usullari ishlab chiqilmagan.
Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozimligi jihatdan bir necha mashg’ulotlarni ko’rib chiqishimiz mumkin. Mashg‘ulot

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin