Mavzuning о’rganilganlik darajasi: O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 203-qarori, yangi tahrirdagi DTS va o’quv dasturlari ta’lim mazmunini tubdan yangilanishni, o’quvchilarga beriladigan bilimning samaradorligini oshirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.
Bu vazifalar sirasiga o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda yoshlarni bilim va malakaga ega bo’lishlari bilan bir qatorda o’zi tanlagan ma’lum bir kasb-hunar sirlarini mukammal egallashlariga hamda ma’nan yetuk inson bo’lib voyaga yetishlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu mavzuga oid juda ko’p ilmiy ishlar, maqola va uslubiy ko’rsatmalar yaratilgan. Demak, biz bu borada hali ko’plab ishlar amalga oshirimiz, usbu masalaga jiddiy yondoshgan holda ilmiy izlanishlar, uslubiy ko’rsatmalar yaratmog’imiz lozim.
Kurs ishining maqsadi:Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish
Kurs ishining obyekti va predmeti: Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish jarayoni hamda dam olish daqiqalarini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmuni, ta’lim vositalari, usul va metodlari
Ishning ilmiy yangiligi:Boshlang’ich ta’limning savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish usullarining dolzarbligi asoslab berildi. Samarali usullar, ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kurs ishining metodi: Ishni bajarishda kuzatish, savol – javob, pedagogik eksperiment, tavsiflash kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot ishining vazifalari: “Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish” tushunchasi mohiyatini aniqlash orqali kasbiy kompetentlik komponentlari va tuzilishini yoritib berish;
Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish;
Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish modelini ishlab chiqish;
Savod o’rgatish darslarida dam olish daqiqalarini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish.