Dizel yonilg’isining qovushqoqlik xossalari. Yonilg’ining yonuvchi aralashma tarkibida ŝilindrdagi ish sifatiga ta’sir ètuvchi xossalaridan biri- qovushqoqlik xossasidir.
Qovushqoqlik deb, suyuqliklarning ichki ishqalanishiga qarshilik ko’rsatish xossasiga aytiladi. Suyuqliklarning bunday xossasi ularning molekulalarini xarakati orqali hosil bo’ladi. Qovushqoqligi deganda oquvchanlikni ham tushunish mumkin. Masalan jumrakli kanistrdan(bakdan) benzin, moy, dizel yonilg’isini ko’yib vaqtni belgilasak, benzin tezroq to’ladi, dizel yonilg’isi ozgina sekinroq, moy èsa yana ham kechroq oqadi.
Demak, qovushqoqlik deb, tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari haraktlanganda bir-biriga ko’rsatadigan qarshilikka aytiladi. Dizelli dvigatellar uchun yonilg’ining qovushqoqligi katta axmiyatga èga. Suyuqlikning ichki xossalarini belgilaydigan absolyut qovushqoqlik va shartli(mavxum qiymatga èga bo’lgan) qovushqoqlikga bo’ladi. Absolyut qovushqoqlik, o’z navbatida, dinamik qovushqoqlik va kinematik qovushqoqlik bo’linadi. Dinamik qovushqoqlik h-puazda (P, o’lchamligi gsm/s) o’lchanadigan ichki ishqalanish koèffitsientidir.
Puaza-yuzi 1 sm2 bo’lgan bir-biridan 1 sm masofada turuvchi ikkita suyuqlik qatlamining 1 dina(gsm/s2)ga teng tashqi kuch ta’sirida 1 sm/s tez-likda o’zaro harakatlanishiga bo’ladigan qarshilikdir. Xalqaro o’lchov bir-liklari tizimi SIda yuza m2da, kuch-nyutonda, masofa metrda o’lchalanadi. Binobarin, qovushqoqlik o’lchamligini ns/m2 bo’ladi. 1Pq0,1ns/m2.
Neft maxsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik - ichki ishqalanishning solishtirma koèffitsienti n ko’rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik va dinamik qovushqoqlik o’zaro bog’liq n=h/r, ya’ni bir xil haroratdagi dinamik qovushqoqlik(h)ning suyuqlik zichligi (r) nisbatiga teng.
Kinematik qovushqoqlik stoks(St) yoki undan 100 marta kichik bo’lgan birlik-santistoksda(sSt) o’lchanadi. SI sistemasida kinematik qovushqoqlik m2/s da o’lchalanadi, chunki
h=kg/m×s;r=kg/m3; ya’ni n=kg/m×s; kg/m3=kg/m3/m×s×kg=m2/s;
1st=10-4 m2/s; 1sSt=10-6m2/s
Dizel yonilg’isi uchun 200S haroratdagi qovushqoqlik meyorlanadi, turli markadagi yonilg’ilar uchun qovushqoqlik 1,8¸6,0 sSt atrofida bo’lishi kerak. qovushqoqligi o’rtacha bo’lgan (200Sda, 2,5¸4,0 sSt)dizel yonilg’isidan foydalanishi ma’qul. Qovushqoqlik kamayib ketishi yoki oshib ketishi yonilg’i berish apparatlarining ishi hamda aralashma xosil bo’lish va yonilg’ining yonish protsessi buziladi.
Yonilg’i yuqori bosim nasosi plunjer juftidagi zazor orqali o’tadi, shu sababli qovushqoqlik pastligi purkash bosimining kamayishiga olib keladi, bu holda yonilg’i forsunka teshiklari orqali purkalmasda sizib chiqadi natijada yonuvchi aralashma sifatsiz bo’ladi. Yonilg’i nasosining pretsizion juftlari yonilg’i bilan moylanadi, yonilg’i qovushqoqligi pasayishi natijasida moylash xossalari yomonlashadi, bu èsa eyilishning oshishiga yonilg’i sarfini oshishiga, dvigatel quvvatini pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |