M u n d a r I j a


purkalish fakeli qiska bo’ladi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə17/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,79 Mb.
#202303
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
M u n d a r I j a

purkalish fakeli qiska bo’ladi.

Qovushqoqlik oshib ketganda ham yonuvchi aralashma hosil bo’lish sifati yomonlashadi, yirik tomchilar hosil bo’lib, yonilg’i bug’lanishiga ko’p vaqt kerak bo’ladi. Yonilg’i to’liq yonmaydi, sarfi ortadi. Yonilg’i porshen tubiga va kamera devorlariga o’tirib qolishi natijasida qurum hosil bo’lishi ko’payadi, ish bajargan gazlar qorayib chiqadi.




purkalish fakeli uzun bo’ladi.
Qovushqoqlik meyorida bo’lganda yonilg’i bir xil tartibli tomchilar tarzida to’zitiladi. Bug’li aralashma yonish protsessi yaxshilanadi. Oquvchanlik yaxshi bo’ladi, trubalardan, mayin tozalash filtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg’i oson o’tadi. Yilning sovuq vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash uchun qishki sort dizel yonilg’isining qovushqoqligi pastroq bo’ladi.

10-rasm. Dizel yonilg’isi qovushqoqligi(n)ning, harorat(t0S)ga bog’liqligi. 1-yozgi: 2-qishki; 3-shimoliy.

Dizellarda yonilg’ining yonishi.


Dizel dvigatellarida yonilg’i aralashmasining hosil bo’lishi va uning yonish intensivligi ko’pgina sabablarga, chunonchi, siqilgan xavo bosimi va harorati, to’zitilishga mayinligiga, havodagi yonilg’i mikdoriga, yonilg’ining bug’lano’vchanligiga bog’liq bo’ladi. Ammo yonilg’ining kimyoviy tarkibi asosiy ahamiyatga èga, u yonilg’ining alanganlanish haroratinigina èmas, balki, alangalanishning kechikish davrini xam (ya’ni yonilg’i berila boshlangandan to o’z-o’zidan alangalana boshlaydigan paytgacha o’tadigan vaqtni) ham belgilaydi.
Qisqa vaqt ichida yonish kamerasida fizik (to’zitilish, havo bilan aralashish, isish, bug’lanish) va murakkab kimyoviy jarayonlar (yonilg’i molekulalari oksidlanishining turli bosqichlari) sodir bo’ladi. Natijada yonilg’ining 10-15% ènergiyasi ajaraladi va issiqlik to’planadi, harorakt ko’tariladi va yonilg’i alangalanadi. Yonilg’ining havo kislorodi bilan aralashmasi yona boshlashi uchun zarur bo’lgan isitish harorati o’z-o’zidan alangalanish harorati deb ataladi.

11-rasm. Dizel yonilg’ilarining yoyilgan indikator diagrammasi.
a-yumshoq ishlash; v-qattiq ishlash.

Yonilg’i tarkibida engil oksidlanadigan normal-parafin uglevodorodlar (UV) ko’p bo’lishi natijasida alangalanishning kechikish davri(t) - qisqa bo’ladi. Natijada dvigatel oson yurgizib yuboriladi. Dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi. t - ko’p bo’lsa (ortganda), ya’ni yonilg’i tarkibida qiyin oksidlanadigan UV - izometr, aromatik UV ko’p bo’lsa, dizel dvigateli taqillab ishlaydi, chunki yonilg’i tarkibidagi UV qiyin oksidalanadi. Yonish kamerasida yonilg’i ko’p to’planadi va katta qismi birdaniga alangalanadi, bosim keskin qo’tariladi va dvigateldan o’ziga xos takillangan ovoz èshitiladi, natijada dvigatel kattiq ishlaydi: podshipnik vkladishlari, porshen xalkalari eyiladi. Yonilg’i sarfi ortadi.


Yonish protsessi 2-nuqtada boshlanadi, bunda bosim jadal ko’tariladi. Tez yonish davri 2-nuqtadan 3-nuqtagacha davom ètadi. Bunda ènergiyaning asosiy qismi (70%) ajrilib chiqadi. Yonish protsessi yaxshi to’g’ri tashkil qilinsa, bosim maksimal qiymatgacha ko’tariladi (bu vaqtda yonilg’i berish davom ètganligidan yonish hali tugamaydi). Uchinchi davr-sekin yonish davri (3dan-4gacha) boshlanadi, bunda issiqlik ènergiyasining (20%) qismi ajralib chiqadi. Bu davrni boshida yonilg’i berish tugaydi. Bu davr oxirida kengayish chizig’ida 4-nuqtadan keyin barcha yonilg’i yonib ulgurishi kerak.
Yonilg’i tarkibida engil oksidlanadigan uglevodorodlar(normal parafin uglevodorodlar) ko’p bo’lsa, alangalanishining kechikish davri juda qisqa bo’ladi. Natijada dvigatel osongina yurgizib yuboriladi, yumshoq va barqaror ishlaydi, yonish protsessi juda yaxshi o’tadi. (11-rasm a.indikator diagrammasi).
Yonilg’ining qovushqoqligi ortishi, fraktsion tarkibi og’irlashishi va smolali-asfalt birikmalar miqdorining ortishi bilan yonilg’ining yonib tugash vaqti uzayadi.
Xozirgi zamon tekshirish usullari dizel dvigatellarida purkaladigan yonilg’i oqimini tashqi kobiqining bir necha joyida bir vaqtning o’zida alanganing hajmiy manbalari hosil bo’lishini aniqlashga imkon berdi. Bu holda alanganing tarqalish tezligi 1000 m/sga etadi. Yuzaga keladigan manbalar miqdori yonishdan oldin bo’ladigan reaktsiyalar(oksidlanish)ning kechish intensivligi va alangalinishning kechikish davriga bog’liq.
Bu èsa yonilg’i tarkibida izomer tuzilishdagi qiyin oksidlanadigan parafin uglevodorodlar va aromatik uglevodorodlar miqdoriga bog’liq. Chunki bu uglevodorodlar dvigatelning taqillab(kattiq) ishlashiga sabab bo’ladi (11-rasm. b). Ŝilindr ichida bosim keskin ko’tariladi, dvigatel quvvati kamayadi, yonilg’i sarf miqdori ortadi, detallar tezda ishdan chiqadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin