Motor moylari, dvigatellarning belgilangan quvvat va tejamkorligini, sifat ko’rsatkichlarini yo’qotmasdan, ishonchli va uzoq vaqt ishlashini ta’minlashi uchun, ular standartlar va texnik shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Kinematik qovushqoqlik. Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay olish xususiyatini xarakterlovchi muxim sifat bo’lsa, ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi ham shuncha mustahkam bo’lib, ŝilindrlardagi porshen xalqalarining zichligi shuncha yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo’lishi kerak.
Avtomobil dvigatellarining moylash tizimlarida qo’llaniladigan motor moylarining kinematik qovushqoqligi 1000C da 6-14 mm2/c ga teng. Harorat pasayishi bilan, bu ko’rsatkich tez kattalashadi, minus 200Cda1000 mm2/c ga etishi va undan xam oshib ketishi mumkin. Kinematik qovushqoqligi 6-3 mm2/c bo’lgan moy qishda, qovushqoligi 10-14 mm2/c bo’lganlari yozda ishlatiladi.
Qotish harorati. Bu moy oquvchanligini yo’qotadigan haroratdir. Bu ko’rsatkich, ma’lum darajada moyning xaydaluvchanligini va dvigatelni ishga tushirish xossalarini, uning ta’sirini xarakterlaydi. Yozgi moylarda qotish harorati minus 150C dan minus 200C gacha, qishki moylarniki minus 25 dan minus 300C gacha, barcha mavsumda foydalaniladigan moylarning qotish harorati minus 450C gacha etadi.
Korrozionlik. Avtomobil dvigatellarining korroziya ta’siridan eyilishga sabab bo’luvchi moyning potentsial xossasi korrozionlik bilan tariflanadi. KaMAZ va VAZ avtomobillarida ishlatiladigan motor moylarining yuqori sifatli rusmlarida korrozionlik yo’q, boshqa markadagi moylarda 20 g/m2 dan oshmasligi lozim.