M u n d a r I j a


Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə26/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,79 Mb.
#202303
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
M u n d a r I j a

Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori.


Prisadkalar qo’shilmagan moy tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmasligi kerak, prisadkali moylar tarkibida èsa, massasi bo’yicha 0,15% dan oshmasligi lozim. Chunki mexanik aralashmalar ishqalanib ishlovchi qismlar sirtiga abraziv ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Motor moyi tarkibida suv bo’lmasligi zarur. Tarkibida juda oz miqdorda suv bo’lganda ham mayda-mayda ko’pik va èmulsiya paydo bo’ladi va bu qismlar sirtida moy pardasinining mustaxkamligini yomonlashtiradi.
Qo’shilmalar (prisadkalar). Bular moylar sifatini yaxshilash uchun qo’shiladigan maxsus moddalardir. Moyning qandaydir bitta xususiyatini yaxshilaydigan qo’shilmalar bir funktsional, birdaniga bir qancha xususiyatini yaxshilaydiganlari kompleks qo’shilmalar deb ataladi.
Moyning qovushqoqligini oshiradigan qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar qovushqoqligi kam bo’lgan moylarga qo’shiladi. Bunday qo’shilmalar motor moylarining indeksini oshiradi, ya’ni yuqori haroratlarda moyning qovushqoqligini oshiradi va harorat pasayganda qovushqoqligini kamroq oshirish xususiyatini beradi.
Depressor qo’shilmalar. Ular parafin krisatallarining o’sishini to’xtatib turadi, buning natijasida moyning qotish harorati 15-200S ga pasayadi.
Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar ish bajarayotgan qismlarning korroziyalanishga sabab bo’luvchi kislota va kimyoviy birikmalarning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi.
Yuvuvchi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalardan moy ish bajarayotgan paytda uni ifloslantiruvchi muallaq zarrachalarni tutib qolish uchun foydalaniladi. Bunday qo’shilmalar qo’shilganda dvigatel detallarining sirtida va moy o’tkazgichlarda lak hamda cho’kindilar o’tirishi kamayadi.
Korroziyalanishga qarshi qo’shilmalar. Ular detallar sirtida korroziyalanishdan saqlaydigan himoya pardasi hosil qiladi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin