Engil avtomobillar turbo nadduv-li hamda bevosita purkaluvchi, forkamerali dizellari uchun..
HELEX RLUS
10W-40
105
15
152
0?870
210
-36
10?2
Dizellar va benzinli engil avto-mobillar dvigatellari uchun(shu jumladan turbo nadduvli).
HELEX Ditsel RLUS
10W-40
100
14
150
0,874
210
-36
11,5
Zomonoviy engil avtomobillar va kichik tonnajli yuk avtomobillari dizellari (turbo nadduvli va turbo nadduvsiz)
HELEX Super
10-W-40
105
14,4
152
0,870
206
-36
9,7
Engil avtomobillar dizellari va benzinli dvigatellari uchun(turbo nadduvli va turbo nadduvli).
HELEX
10W-40
107,8
14,9
144
0,873
218
-36
5,1
Engil avtomobillarning benzinli dvigatellari uchun(turbo nadduvli va turbo nadduvli).
Avtomobillarning ekspluatatsion ko’rsatgichlari va boshqa texnika vositalarida ARJ sifat kategoriyasi, hamda SAE qovushqoqlik sinflari bo’yicha qo’llanishi ko’rsatiladi.
APJ bo’yicha karbyuratorli dvigatellarning ishlash kategoriya shartlari:
-SC - 1964-67 yillarda ishlab chiqarilgan karbyuratorli engil avtomobillar va bir necha yuk avtomobillari uchundir;
-SD - 1968-70 yillarda ishlab chiqarilgan benzin dvigatelli engil avtomobillar va bir necha yuk avtomobillari uchun bo’lib, ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan kafolat davrigacha ishlatish mumkin; -SD kategoriyali moylar yuqori va past haroratlarda to’planishdan, eyilishdan, zanglashdan va korroziyadan juda yaxshi himoya qiladi. (1968 yilda bekor qilingan);
-SE - 1970-79 yillarda ishlab chiqarilgan benzin dvigatelli engil avtomobillar va bir necha yuk avtomobillari uchun bo’lib, ishlab chiqarilgan zavod tomonidan berilgan kafolat davrigachadir;
-SE kategoriyali moylar xususiyatlari, yuqori haroratlarda oqib ketishdan yaxshi himoyalanish, eyilishdan, zanglish va benzin dvigatellarida korroziyadan saqlash xususiyatlarini mujassamlashtirgan(1972 yilda bekor -ilingan);
-SF - 1980-88 yillarda ishlab chiqarilgan benzin dvigatelli avtomobillar uchundir. SF kategoriyali moylar oksidlanishga qarshiligi va SE kategoriyali moylarga nisbatan eyilishga qarshiligi yaxshiroqdir. Ular bundan tashqari oqib ketishdan, zanglashdan va korroziyadan saqlashni ta’minlaydi (1980 yilda bekor qilingan);
-SG - benzin dvigatelli engil va engil yuk avtomobillar uchun bo’lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat davrigachadir. Bu kategoriyali moylar SS kategoriyali dizel moylari xosslarini o’zida mujassamlashtirgan.
-SG moyi oqishdan yaxshi saqlashni ta’minlaydi, oksidlanishdan va eyilishdan yuqorida ko’rib o’tilgan moylardan yaxshiroq saqlaydi. Bundan tashqari zanglashdan va korroziyadan saqlashni juda yaxshi ta’minlaydi;
-SH - kategoriyali moylar 1992 yilda motor moylari ta’siri uchun qabul qilingan. 1993 yilda chika boshladi. Bu moylar zamonaviy benzin dvigatellari va oldin chiqarilgan engil avtomobillar, mikroavtobuslar va engil yuk avtomobillari uchun ishlab chiqaruvchi zavod orqali ekspluatatsiyaga chiqarilgan. Bu kategoriyali moylar zanglash, eyilish, oksidlanish natijasida hosil bo’lgan moylarni almashtirishda ishltiladi;
-PS kategoriyali moylar 1994 yil qabul qilingan. Bu turdagi moylar benzin dvigatelli va dizelli engil avtomobillar, engil yuk avtomobillari va mikroavtobuslari uchundir;
-SJ - kategoriyali motor moylari 1996 yil oxirida qabul qilingan. Kelajakda SG-kategoriyali motor moylarining o’rinini bosadi;
-APJ bo’yicha dizel avtomobillarini ishlatish kategoriya shartlari;
-CA - yuqori sifatli yonilg’ining engil yoki o’rtacha sharoitda ishlaydigan dizel dvigatellari ekspluatatsiyasini anglatib, porshen barmoqlarining eyilishini va podshipniklarni korroziyadan saqlashni ta’minlaydi. Ular 1940 va 1950 yillarda keng qo’llanilgan, lekin xozirgi zamonaviy dvigatellarga ishlatish mumkin emas;
-SV - past sifatli yonilg’ilarning engil va o’rtacha sharoitda ishlaydigan dizel dvigatellari ekspluatatsiyasini anglatib, eyilishdan va tirnatilishdan yaxshi himoyalanishni ta’minlaydi. Bu turdagi moylar ekspluatatsiyada 1949 yildan boshlab paydo bo’ldi (bekor qilingan);
-SS - o’rtacha va og’ir sharoitda ishlaydigan nadduvsiz va trubonadduvli dizellar uchundir. Bu turdagi moylar yuqori haroratda kuyishdan, podshipniklar korroziyasidan va zanglashdan himoyalashni ta’minlaydi. Bu moy turi 1961 yilda paydo bo’lgan (bekor qilingan);
-CD - eyilishdan va kuyishdan o’ta samarador himoyalanishi talab qiluvchi yoki sifati bo’yicha oson farq qiladigan hamda qovushqoqligi past yonilg’i ishlatiladigan trubonadduvli va nadduvsiz dizellar yuqori haroratda kuyish va podshipnikni korroziyalanishdan saqlaydi;
-SE - 1983 yilda chiqa boshlagan va past tezliklarda va yuqori kuchlanishda hamda yuqori tezlikda va yuqori kuchlanishda ishlovchi forsunkalar trubonadduvli dizellarda qo’llaniladi;
-SF-4 to’rt taktli tez harakatlanadigan dizellarda foydalaniladigan moylarni ta’sirlaydi. SF-4 moyi xam porshenda kam kuyishni va moy xarajatlarni kamayishini ta’minlagan holda SE kategoriyasiga talabni oshiradi. Trassalarda ishlaydigan o’ta yuklangan va yuk avtomobillarida ishlatiladi;
-SF-2 - eyilishdan va kuyishdan effektiv himoyalanishni talab qiluvchi og’ir sharoitda ishlaydigan ikki taktli dizellar ekspluatatsiyasida qo’llaniladi. Bu ekspluatatsiya sharoiti uchun bu moy SD moyiga nisbatan yaxshi ta’sirga ega. 1996 yildan chiqa boshlagan;
-RS - kategoriyasidagi moy eyilishiga va kuyishiga qarshi xususiyati bo’yicha talablarni qoniqarli ravishda qondirish uchun yo’naltirilgan. Dvigatel konstruktsiyasi va yonilg’i spektsifikatsiyasidagi o’zgarishlar ERA ga bog’liq talablarga asoslangan. Bu moylar asosan trassalarda ishlaydigan yuklangan holatdagi yuk avtomobillariga mos keladi.
Har xil rangli idishlardagi SAE 15W-40 nimani anglatadi. Ma’lumki, motor moylari katta guruxlarga bo’linadi (sun’iy, polusintetik, mineral) va SAE qovushqoqlik sinfi yoki ARJ bo’yicha klassifikatsiyalanadi.
Evropa, AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda SAE(avtomobil muxandislari jamiyati) klassifikatsiyasidagi yozgi, qishki va hamma mavsumda ishlaydigan moylar mavjuddir. Qishki moy W xarfi bilan ifodalanadi. Qovushqoqlik harorati bo’yicha SAE klassifikatsiyasidagi 10 tur moyi mavjud.
Qishki moylar quyidagicha belgilanadi: OW,5W,10W,15W,20W,.
Yozgilari esa: 20, 30, 40, 50.
Qishki moyning sinfini ko’rsatadigan son qanchalik kichik bo’lsa, shunchalik harora kichik bo’ladi. Ya’ni, moy o’zining ishlash qobiliyatini shu haroratda saqlaydi.
Yozgi moyning sinfini ko’rsatadigan son qanchalik katta bo’lsa, moy yuqori haroratda o’zining qovushqoqligini shunchalik yaxshi saqlaydi va ishqalanib ishlaydigan qismlar orasida mustaxkam moy pardasini taminlaydi. Hamma mavsumli moy sinfini qovushqoqligi tire orqali belgilanadi. Masalan, 10W-40. Bunda sonlar orasidagi farq qanchalik kattalik bo’lsa, moy shunchalik katta harorat diapazonida ishlay oladi. Bundan tashqari ko’pgina mamlakatlarda APJ(Amerika neft instituti) klassifikatsiyasidagi moylar xam mavjud. Ular dvigatelning ishlash sharoitini moyning ekspluatatsion xususiyatiga bog’laydi. Moyning ishlash sharti ikkita harf bilan belgilanadi. Birinchisi dvigatelning tipini aniqlaydi(S-benzinli, S-dizelli). Ikkinchisi motor moylarini ekspluatatsion xususiyati darajasini belgilaydi. (A, V, S, D, E, G, N). SA va SA sinfidagi moylar 70nchi yilgacha ishlab chiqarilgan engil yuklanishda forsunkasiz dvigatellar uchun belgilangan. SH va CD sinfidagilar esa (1989 yilda ishlab chiqarilgan) yuqori yuklanishda va og’ir ekspluatatsion sharoitda ishlaydigan yuqori forsunkalangan, nadduvli dvigatellar uchun belgilangan.
Odatda, moylar markalanishida ikkala tizim belgilari ham ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, oxirgi qator moylari ko’pgina afzalliklarga ega. Ular engil uchuvchi bo’lib, ishqalanishda quvvatning kam yo’qotilishini ta’minlaydi va yonilg’i sarfini kamaytiradi. Eng past -300C haroratda ham dvigatelni ishlashini ta’minlaydi. Mineral moylar arzon bo’lib, o’rtacha yuklanishdagi dvigatellarda ishlatiladi. VAZ, Moskvich, Volga markali avtomobillari uchun eng yuqori, optimal minerallar ishlatilgan. Shuni aytish kerakki, yarim sun’iy (polusintetik) moylar bahosi bo’yicha yaxshi raqobatda va ekspluatatsiyada yaxshi ko’rsatgichlari bilan ajralib turadi.
Yarim sun’iy moylar mineral va sun’iy moylar kabi engil aralashadi.
Motor moylari ifloslangan yonilgidan foydalanilganda, shuningdek yonilgi yonishi uchun havo so’rilganda u bilan birga kiradigan changlar hisobiga xam ifloslanadi. Traktor er xaydaganda, ekin ekkanda, avtomobillar grunt yo’llar va dalalardan yurganda motor moyidan juda ko’p abraziv aralashmalar to’planadi.
Dvigatel ishlanganda moyning sifati asta-sekin yomonlashib boradi, shuning uchun ma’lum vaqtdan so’ng uni yangisi bilan almashtirish zarur. Qishloq xo’jaligida mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishning belgilangan sistemasi qabul qilingan. Motor moylari ma’lum vaqt o’tgandan so’ng shu sistemaga muvofiq almashtiriladi. Yuk mashinalari va engil mashinalar uchun bu muddat bosib o’tilgan yo’lning uzunligi (texnik xizmat ko’rsatishning davriyligi) bilan, traktorlar, kurilish va melioratsiya mashinalari uchun esa ishlangan motosoatlar soni bilan belgilanadi. Bu sistema turli-tuman texnikasi ko’p bo’lgan ho’jaliklar uchun texnika qulaydir. Haqiqatan ham moyni o’z vaqtida almashtirish uchun texnika ishlangan vaqtni (kilometrda bosib o’tilgan yo’l, motosoatlar, sarflangan yonilgi miqdorini) hisobga olib borish kifoya. Dvigatellarni ishlatishga oid zavod instruktsiyalaridan ma’lumki, traktor, masalan, 480 soat ishlangandan so’ng yoki avtomobil 9000 km yo’l yurgach, unga yangi moy -quyish zarur.