Transmission moylar 2 xil guruxga bo’linadi: 1. Fakat avtomobillar uchun ishlatiladigan transmission moy.
2. Umumiy ishlarga mo’ljallangan transmissin moylar.
Bundan tashqari, transmission moylar ular ishlatiladigan agregat-lardagi tishli uzatmalarni tuzilishiga qarab bir necha xil guruxga bo’linadi:
1) Konussimon va ŝilindrik uzatmalarni moylash uchun.
2) Gippoid ilash faqat konussimon uzatmalarni moylash uchun.
3) Gidromexanik transmissiyalarga va rul mexanizmini gidrokuchaytirgich sistemalarga qo’shiladigan maxsus moylar.
Transmission moylar ishlatilish sharoitga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1. Umumiy ishlarga mo’ljallangan moylar.
Bularga TS xarflari bilan belgilanadi. Masalan, TS-10-OTP moyidagi harf va raqamlar transmission moyning 100 0S dagi qovushqoqligi 10mm2s. èkanini kursatadi.
OPT-tirnalishga va eyilishga qarshi qo’shilmasi borligini bildiradi.
TSp-15 K. "P" xarfi transmission moy tarkibida qo’shilma borligini, K xarfi KaMAZ avtomobillarining transmissiyalarining ko’p nagruzka tushadigan agregatlari uchun ishlab chiqarilganini bildiradi.
TS3-9 "Z" xarfi - moy tarkibida uni quyuqlashtiruvchi qo’shilma borligini bildiradi.
2. Avtomobillar uchun transmission moylar. Bu moylar markasi TA xarfi bilan boshlanadi.
TAD-17I. "D" xarfi moy tarkibida faqat qoldiq moy èmas, distillyat (mazutni haydab olinadi) moyi ham borligini bildiradi. "I" harfi - moyga eyilishga qarshilik ko’rsatish va ko’pirishga qarshi xossalarini ta’minlovchi kompleks qo’shilmalar borligini bildiradi.
TAP-15V. "P" xarfi - moy tarkibida qo’shilmalar borligini bildiradi. "V" harfi - oldin ishlab chiqilgan TAP-15 moyiga qaraganda tarkibi yaxshiroq èkanligini bildiradi.
AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlarida traktor transmission moylarining klassifikatsiyasi ikki tizimiga bo’linadi:
1. Qovushqoqlik - harorat ko’rsatgichlari bo’yicha SAE J306S (Amerika avtomobil muxandislar jamiyati) klassifikatsiyasi;
2. Ekspluatatsiya xususiyatlari bo’yicha API(Amerika neft instituti) klassifikatsiyasi.
Bu klassifikatsiyalar bir-birini to’ldiriladi va ularni birga ishlatish - moy turini to’g’ri tanlashga yordam beradi.
Qishki transmission moylar: SAE-70W,75W,80W,85W.
Yozgi moylar: SAE-70, 75, 80, 85 kiradi.
Hamma iqlim sharoitlarida ishlatish mumkin bo’lgan moylar: SAE 75W-90, 80W-90, 85W-140 moylar kiradi.
Transmissiya agregatli turiga va ularni ishlatish sharoitlariga qarab API klassifikatsiyasi bo’yicha transmission moylar olti guruxga bo’linadi:
1. L-1 guruxi - mexanik uzatmalar qutisidagi spiral-konussimon va chervyakli tishli uzatmalarda nisbatan yumshoq sharoitlarda ishlatiladi,
2. GL-2 guruxi og’ir sharoitlarda ishlaydigan yuk avtomobillarining asosiy uzatmalarining chervyakli tishli uzatmalarida ishlatildi. Bu moylarga edirilishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
3. GL-3 guruxi o’rtacha sharoitlarda ishlaydigan avtomobillarning etakchi ko’priklarida ishlatiladi. Bu moylarga tirnalishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
4. GL-4 guruxi engil avtomobillardagi uzatmalar qutisi va gippoidli uzatmalarda ishlatiladi. Bu moylarning ish shuroitlari og’ir bo’lib, ularga tirnalishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
5. GL-5 guruxi yuk va engil avtomobillarining uzatmalar qutisi va gippoidli uzatmalarida ishlatiladi. Bu moylarga tirnalish va eyilishga qarshi qo’shilmalar qo’shilgan.
6. GL-6 guruxi zarbiy yuklanish sharoitlari juda og’ir bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi.
Ayrim transmission moylarning turlari:
Castrol SAFq-XI