M u n d a r I j a



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə24/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,79 Mb.
#202303
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
M u n d a r I j a

Sun’iy moylar.
Sun’iy motor moylari amalda keng qo’llanib kelinmoqda. Sun’iy motor moylarining èkspluatatsion xossalari neft moylariga qaraganda yaxshirokdir. Sun’iy motor moylari ishlab chiqarish va ularni èkspluatatsiya qilish uchun kun sayin ortib bormoqda (4 jadval).
Sun’iy motor moylarini ishlab chiqarish hajmi o’sib bormoqda. Su’niy moylar jami ishlatiladigan moylarning 1980 yilda 1% ni 1985 yil 8% ni va 1997 yil 40% ni tashkil kilgan.
4-jadval

Yoglash materiallari



Ishlab chikarish xajmi, %da, 1987 y.ga nisbatan

Yoglash materiallari



Ishlab chikarish xajmi 1987y.ga nisbatan % da

1987y.

1997y.

1992y.

1997y.

Poli- -olefinlar

367


771


Poliometr



175


284


Dièfirlar

322

730

Dialkilbenzollar

304

685

*1987 yilda ishlab chiqarish 100% qabul qilingan.


Olish usuli.
Xozirgi kunda sun’iy moylarni ishlab chiqarishga qiziqish ortib bormoqda. Sun’iy moylarni olishning dièfir (mukammal èfirlarni ikki asosli karbon kislota), polialkenglikolli, polisiloksenli, ftoruglerodli va xlorftoruglerodli usullari qo’llanilmoqda.
Mukammal efirlardan, ikki asosli kislota bilan bir atomli spirtni, bir asosli kislotani ko’p atomli spirtga qo’shilishidan moy olish keng tarqalgan bo’lib, dièfirlar deyiladi.
Har xil glikollar va boshqa xildagi spirtlar ètileni oksidi bo’yicha, propilen oksidi yoki ularni aralashmasi yordamida polialkenglikollar olinadi.
Polialkenglikollar o’zining strukturasiga asosan uzun zanjirli oddiy polièfirlar bo’ladi. Poliglikol molekulasida bir yoki bir necha bo’sh gidrosil guruxi bo’lishi mumkin. Ularni alkilli èfir guruxi bilan almashtirishdan poliglikolli èfirlarni olish mumkin. Poliglikol molekulasida har xil radikallar olinadigan maxsulot xossasiga ta’sir ko’rsatadi.
Maxsus yog’lash moylari va suyuqliklari sifatida polimer kremniyorganik birikmalari(polisilokan, silikatlar) keng tarqalgan. Ular asosida - kremniy va kislorod atomi ketma ketligida zanjirni hosil qiladi.
Kremniy atomining yon tomonidagi zanjirlar uglevodorodli va boshqa organik radikallarni turli xilda biriktiradi.
Amaliyotda yog’lash moylarini metilli-radikalli polimerlar hosil qiladi. Metilpolisiloksanlar va ètilradikali ètilpolisiloksanlar shular jumlasidandir.
Uglevodorodni hamma vodorodi ftorli atomlarga almashtirish yo’li bilan ftoruglerodli moylar, vodorod atomini qisman xlor bilan, qisman èsa ftor bilan almashtirish orqali xlorftoruglerodli moylari olinadi.
Sun’iy moylarni mohiyati va qo’llanishi.
Neftdan olingan moylarga nisbatan sun’iy maxsulotlardan olingan motor moylari yaxshi xosslarga ègadir. 5-jadvaldagi ma’lumotlarda ularning kamchiligi va afzalliklari ko’rsatilgan.
Sun’iy moylarni asosiy afzalligi, ularning neftdan olingan moylarning èng oliy sortlarga qaraganda qovushqoqligining yuqoriligidir. Ba’zi sun’iy moylarning èng yaxshi qovushqoqligi harorat ta’siri, manfiy harorat zonasidadir va shuning uchun past haroratlarda dvigatelni o’t oldirish xususiyati yaxshi. Shimoliy xududlarda sun’iy moylarni èkspluatauion xususiyatlari sovuqda ham neft moylariga nisbatan yaxshiroq bo’lgani uchun keng qo’llaniladi va shu bilan birgalikda ishni haroratlarida xam neft moylariga nisbatan qovushqoqlik ko’rsatgichi 3-5 marta yuqoriroqdir. (sun’iy moylarni 250-3000C dagi qovushqoqligiga nisbatan neft moylarining 1000C dagi qovushqoqligi), ya’ni yuqori haroratgacha gidrodinamik moylarni va termik turg’unlikni bog’lanuvchanligi kamligi katta bo’lib, siqish darajasi yuqori bo’lgan, yuqori issiqlikdagi dvigatellarda sun’iy moylarni ishchi harorati yuqori bo’lgan avtomobillarda èkspluatatsiya qilish neft moylariga nisbatan ancha yuqori turadi. Neft moylariga nisbatan sun’iy moylarni xizmat davri bir necha marta ko’p bo’lib, dvigatelni holatini yaxshi saqlaydi.
Sun’iy moylarni xizmat davri uzoq va kam quyilishidan moy xarajatlaridan 30¸40%ga kamaytiradi. Dvigatel ishlaganda ishqalanishni optimal kamaytirish xisobiga yonilg’i sarfi ancha kamayadi (4-5%ga).
Sun’iy moylar xususiyatini kompozitsion prisadkani qo’shishi bilan oshirish mumkin. Ularni tabiiy neft moylari bilan ham aralashtirish mumkin (sun’iy moyga 30-40% neft moyini aralashtirish mumkin). Bu xolatda moy xossasi buzilmasdan balki uning sifati oshadi, lekin tan narxi bir oz oshadi.
Dièfir asosida olinadigan moylar yuqori qovushqoqlik indeksiga va past haroratda qotish, bug’lanish kamligi va yong’in xavfi kamligi bilan neft moylaridan farq qiladi. Dièfir moylari rezina prokladkalari, shlang va boshqa buyumlarni yumshashiga va shishishiga olib keladi.
Poliglikolli moylar neft moylariga qaraganda eyilishga qarshi xossasi va qovushqoqlik harorat tasiri yaxshi, yuqori haroratda (3000C) xossasini yo’qotmaydi, metallarni korroziyalamaydi. Poliglikolli moylar èfir moylariga nisbatan tabiiy va sun’iy rezinalarda kamroq shish va yumshashni xosil qiladi. Bu moylarning tannarxi baland bo’lganligi sababli amalda kamroq qo’llaniladi.
Polioksanlar muzlash xarorati pastligi bilan ajralib turadi, qovushqolik xarorat ta’sirida egri chiziqni hosil qiladi va issiqbardoshdir. Shu bilan birgalikda kimyoviy barqarordir. Bu moylarda po’lat, cho’yan, mis, latun, bronza, qo’rg’oshin va boshqa metallar 1500Sda ham korroziyaga uchramaydi. Polisiloksan va ular asosidagi moylarning kamchiligini emirilishga qarshi xususiyati kamligidir. Prisadkalar qo’shish orqali bu kamchilikni yanada kamaytirish mumkin. Moylash materiallari orasida polisiloksanlar kelajagi porlokdir. Hozirgi davrda ular gidrotizmlarda, gidroamortizatorlarda, plastik moylarda va o’lchash uskunalarida keng qo’llanilmoqda.
Ftoruglerodli moylar xossasi bo’yicha yaxshi xususiyatga èga: yuqori termik va ishqorlarga inertligi va minimal korroziyaga uchraydi. Bu xususiyatlari ftoruglerodli moylarni ishqalinish aktiv kimyoviy moddalarda atmosfera qatlamida yuqori haroratda ishlatish mumkin. Lekin xlorftoruglerodli moylar yuqori haroratda qaynash bilan yaxshi taCHiflanadi. Bu moylarning qovushqoqlik-xarorat taCHifi va moylash xususiyati yaxshidir, lekin termik turg’unligi yomonrokdir.

5 jadval.



Ko’rsatkichlar



Neft moylari



Su’niy moylar

Dièfirli

polialken-glikolli

polisiloksanli

Ftorug-lerodli

1000C dagi qovushqoqligi, mm2/s

2,5


3,2


3,2


3,5


-


qovushqoqlik indeksi

70


140-150


135-180


270


500


Muzlash harorati,0C

-40…-73


-43…-63


-58…-63


-63…100

-3…-23


Yonish harorati, 0C

119


232


193


315


400-500


Chegaraviy ishlash harorati,0C

220


220


260-300


250


-


1000C da 22 soat davomida buglanish,%

8


0,1


0,1


0,1


0


Sun’iy moylarni neft moylariga qaraganda o’rtacha tannarxi 2-3 marta kamroqdir. Èkspluatatsion xossalari yaxshiligi bilan birgalikda tejamkorliroqdir, chunki dvigatelda ishlash davri katta va ular kamroq xarajat sarflanadi.


Neksiya, Tiko va Damas turidagi avtomobillar uchun zavod ko’rsatmasiga muvofiq SG 5W30, SAE 25W30, SAE 10W40, SAE 15W40, SFCC turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xar qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash bo’lgani sababli, motor moylari qo’yidagi èkspluatatsion talablarga javob berishi kerak.
1. Dvigatel detallarining eyilishini, ishqalanishni engishga kam quvvat sarflanishini, shuningdek detallarning tozaligini ta’minlashi kerak.
2. Ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi.
3. Ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o’tishi, sovuq vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini ta’minlashi kerak.
4. Quyishga bo’ladigan sarf minimal darajada bo’lishini ta’minlaydigan optimal tarkibga èga bo’lishi kerak.
5. Tashish va uzoq vaqt saqlash davomida èkspluatatsion xossalarini saqlab qolishi kerak.
Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida foydalaniladigan moylar-motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi, ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobiga dvigatel detallarining eyilishini kamaytirishdir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin