Atrof- harorati past bo’lganda yonuvchi aralashmaning sekin o’t olishi sababli karbyuratorli dvigatellar va dizellarni yurgizib yuborish qiyinlashadi.
Sovuq dvigatelni yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun yurgizib yuborish suyuqliklaridan foydalaniladi. Bu suyuqliklarga muayyan èkspluatatsion talablar qo’yiladi:
-ular past haroratda yaxshi bug’lanishi hamda uchkun ta’siridan tez o’t olishi yoki siqish natijasida o’z-o’zidan alangalanishi lozim. Yurgizib yuborish suyuqligi 20 va 50 ml sig’imli alyuminiy ampulalarda bo’ladi. Suyuqliklar dvigatelga kiritish uchun yurgizib yuborish moslamalari bo’lib, ular dvigatelga o’rnatiladi. Nasos orqali havo bosimi ostida ampula teshiladi, havo bilan birgalikda to’zitilgan suyuqlik jiklyorlariga beriladi. Dizelli dvigatellar uchun "Xolod D-40", karbyuratorli dvigatellar uchun "Artika" suyuqligi ishlatiladi.
10-MAVZU: SOVITISH SUYUQLIKLARI
Ichki yonuv dvigatellari havo yoki suyuqlik bilan sovitiladi. Dvigatel ishlayotganda sovituvchi suyuqlik harorati 85-900C ga, ba’zan 105-1100C ga etadi. Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- qaynash harorati sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15-200C yuqori bo’lishi kerak;
- qotish harorati havoning haroratidan 5-100C past bo’lishi kerak;
- metall detallarni korroziyalamasligi kerak;
- suyuqliklar arzon, etarli, yong’in chiqish jihatidan xavfsiz bo’lishi kerak.
Sovitish tizimida suvdan va antifrizdan foydalaniladi. Suv issiqlikni yaxshi o’tkazadi, issiqlik sig’imi katta, qovushqoqligi past bo’lib, ishlatishga qulay.
Suvning umumiy qattiqligi deganda undagi kaltsiy va magniy tuzlarining umumiy miqdori tushuniladi. Suv qaynaganda kaltsiy va magniy tuzlari cho’kmasdan, eritmada qoladi. Agar suvdagi tuzlar 3,0 mG-ekvivalentlardan oshmasa, bu suv yumshoq hisoblanadi. Tarkibida 6,0mG-ekvivalentdan ortiq tuzlar bo’lgan suv qattiq hisoblanadi. Qattiq suvni yumshoq suvdan unda sovun ko’pirtirib aniqlash mumkin.
Suvni yumshatishning eng oddiy usuli, uni 15-20 minut davomida qaynatishdir.
1l suvni tarkibida 20,04 mG kaltsiy va 12,16 magniy tuzlari bo’lsa bu suvning qattiqligi 1 mG ekvivalentga teng deyiladi.
Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarga antifrizlar kiradi. Bu suyuqlik etilenglikol va suvning aralashmasidan (muzlaydi) hosil bo’ladi.
Etilenglikol - ikki atomli spirt CH2ON-CH2ON bo’lib, rangsiz tiniq suyuqlik. U suv, spirt va atsetonda yaxshi aralashadi va neft maxsulotlarida erimaydi.
Suv 00C da, etilenglikol - 11,50C da muzlaydi.
33,3% suv va 66,7% etilenglikoldan iborat aralashmaning qotish harorati -700C ga teng.
Eritmadagi etilenglikolmiqdori, %
16-rasm. Etilenglikol va suvning muzlash harorati.