M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Mashg‘ulotning turlari. Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar quyidagi xillarga 
bo‘linadi: bolalarga yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlar, bolalarning egallagan bilimlarni 
mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg‘ulotlar: bolalarning bilimini tekshiruvchi 
–sinovchi mashg‘ulotlar; kompleks mashg‘ulotlar 
1. 
Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad
ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak –atrofdagi narsa va buyumlar, 
voqyealar to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday 
mashg‘ulotlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so‘zlab berish va 
boshqalar kiradi. Mazkur mashg‘ulotlar hamma yosh guruhlarida o‘tkaziladi. 
2. 
Bolalarning to‘plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga 
soluvchi mashg‘ulotlar. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad idrok etilgan 
narsalarni anglab olish va daslabki umumlashtirishga o‘rgatishdir. Buning uchun 
tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa solishtiriladi (xona o‘simliklari, daraxtlar, 
hayvonlar), didaktik o‘yinlar, suhbatlar o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotni 
o‘tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o‘zlashtirib olgan-u, nima 
yaxshi o‘zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida 
bolalarning bilimini yangi narsalar –detallar bilan boyitib boradi. 
3. 
Bolalarning bilimini sinovchi mashg‘ulotlar. Bunday mashg‘ulotlardan 
maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo‘yicha o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim va 
malakalarni o‘zlashtirib oldilarmi –yo‘qmi, shuni bilib oladi va o‘zining bo‘lajak 
ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg‘ulotni tarbiyachi o‘z xohishi bilan 
kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning 
iltimosiga binoan o‘tkazishi mumkin. 
4. 
Mujassam (kompleks) mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasi tajribasida keng 
tarqalgan bo‘lib, bunday mashg‘ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, 
egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan 
bilim va malakalarini amalda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bolalar bog‘chasida tasviriy 
faoliyat konstruksiyalash, tevarak –atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilaan 
tanishtirish, nutqni o‘stirish, savod o‘rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni 
rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 
Mashg‘ulotga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rilib, uyushgan holda o‘tkazilganda, bolalar 
oldiga ma‘lum aqliy vazifa qo‘yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati 
rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyinchilik bolalarni 
uyushtiradi va ularning diqqatini ma‘lum tomonga yo‘naltiradi. Eng avvalo 
bolaning aqliy vazifani hal etish yo‘lidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati 
tug‘iladi, natijada bolada faoliyatga qiziqish uyg‘onib, u malakani egallash 


uchun mustaqil intiladi, o‘ylaydi va vazifaning uddasidan chiqish uchun fahm –
farosatini ishga soladi. 
Nus‘ha olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bola tarbiyachining ko‘rsatmasi, 
namunasiga qarab malaka va ko‘nikmalarni o‘rganadi. Bu bolalarning amaliy va aqliy 
faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamini, mo‘yqalamni, 
qaychini ushlashni, rasm chizish, narsa yasash, solishtirish, umumlashtirish, 
asbraksiyalashni o‘rganadilar. Tarbiyachi bir narsaning hadeb takrorlanaverishiga yo‘l 
qo‘ymasligi kerak. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin