3-mavzu: Pedagogik psixologik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda
matematik tasavvurlari rivojlantirish masalalari
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga sharq matematik olimlarining asarlarida
arifmetikaning rivojlanishi haqida bilimlar berish.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Algebra, algoritm- «Hozirgi
zamon algebrasining
otasi» Al- Xorazmiy no‘li bilan bog`liqdir. Uning «Al- Jabr val- muqobala» risolasi
keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi.
Zij — yil hisobi jadvallari, trigono‘letrik jadvallari, sayyoralar
harakati jadvali va
yulduzlar ro`yxati bor.
Reja:
1. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni
matematika elementlariga o`rgatish to`g`risida.
2. Bikbaeva N.U. 50-90 yillarda O’zbekistondagi bolalar bog`chalarida elementar
matematik tasavvurlarni shakllantirishga o`rgatish metodikasi masalalari.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlangich maktab yoshida elementar
matematika tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan
pedagoglardan: Ye.N.Tixeevaning sistema va qarashlarini tanqid qildi.
Bolalarni aqliy
tomondan tarbiyalashda boshlang`ich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi.
Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o`zi har qadamda bolaning
oldiga seminar vazifalarni qo`yadi, ya'ni o`lchash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola
kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi. Ayniqsa birinchi o`nlik
sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi. U bolani sanashga o`rgatishda majbur
qilmaslik kerak, faqat unga ko`rgazmali, didaktik material berish kerak deydi.
Maxsus
material bilan birgalikda tabiiy materiallar tashlandiq materiallar berish kerak, deydi.
Tixeeva birinchi bo`lib matematik tasavvurlarga o`rgatish programmasini tuzishga urinib
ko`radi. Son-sanoqqa o`rgatishda o`n ichida sanash, bir va ko`p tushunchasidan boshlab
raqamlar bilan tanishtirishning soat
bilan tanish masalalar yechish, kasrlar bilan
tanishtirishni kattalik va shakllar bilan tanishtirish ko`zda tutadi. Tixeeva sanamasdan
sonlarni bir ko`rishda ilib olish metodini tavsiya etadi, ya'ni monografik metod asosida.
1915 yilda Tixeeva ―Bog`chada son-sanoq‖ kitobini yozadi.
Uning qarashlari bir-biriga
ziddir. Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, amalda esa
tarbiyachining o`yin va mashqlarida rahbarlik rollarini qo`llab-quvvatlaydi. Son haqidagi
tushuncha tug`ma deb, bolalarni maxsus mashg`ulotlarda sanashga o`rgatishga yo`l
qo`ymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki
son-sanoqqa o`rgatish programmasini belgilab chiqadi. Tixeeva didaktik va hayotiy
materiallarning rolini ko`rsatdi, uni o`rgatishda
ketma-ketlik, sistemalilik, takroriylik
printsipiga amal qilishni ko`rsatdi. Tixeevaning kamchiligi u o`rgatishda asosiy metod
faqat didaktik o`yin metodi deb hisoblaydi. Lekin Ye.I. Tixeevaning didaktik o`yinlari va
didaktik materiallaridan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: