bolalarni maktabga tayyorlashda yordam beradi. A.M.Lyushina ishlarining asosiy tanqidi
bularni o`zining metodida isbotlaydi.
Bundan 30-40 yil oldin psixolog va pedagoglarimiz elementar matematikaning vaqt,
tevarak-atrof, shakl bo`limlari ustida ishlash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Bu albatta juda
ham kech edi. 1969-70 yillardagi programmaga birinchi bo`lib matematik tasavvurlarning
boshqa bo`limlari ya'ni vaqt,
tevarak atrof, kattalik, shakl bo`limlari kiritildi.
A.M.Lyushina sanoq bo`limi bo`yicha ikkinchi kichik gruppadan boshlab haftada 1 marta
maktabga tayyorlov gruppada, haftasiga 2 marta maxsus mashg`ulotlar o`tkazishni taklif
qildi. Uning taklifiga binoan bunday mashg`ulotlar 1970 yildan boshlab o`tila boshladi.
Uning xizmatlari evaziga pedagogika institutlari va pedagogika bilim yurtlarida
matematika kurslari uzaytirilgan. U oxirgi 20-30 yillar
davomida bolalarni sanoqqa
o`rgatish masalasi bo`yicha ish olib borgani uchun matematika tasavvurlarining boshqa
masalalari bo`yicha ish olib borolmaydi. Lekin shunga qaramay 1968 yilda bolalar
bog`chasi tarbiya programmasining sanoq bo`limi u tomonidan ishlab chiqildi.
A.M.Lyushinaning 1963 yilda chiqqan «Bolalar bog`chasida sanoq bo`yicha
mashg`ulotlar» asari bolalar bog`chasining o`zida o`tkazilgan
ilmiy tadqiqot ishlari
qo`lyozma bo`yicha yozilgandir. Olimlar va psixologlar elementar matematika bo`yicha
bir qancha ishlar olib bormoqdalar. A.M.Lyushina bolalarni son-sanoqqa o`rgatishni
ilmiy metodga asoslab yangidan tuzdi. Sanoqqa o`rgatish aqliy vazifalar asosida tuzildi.
Bosqichma-bosqich o`rgatildi. Ko`pliklar bilan tanishtirish, sonlar bilan tanishtirish,
miqdor son, tartib son, sonlarni birliklardan iborat tarkibiy miqdori bilan tanishtirish, 5 ni
2 kichik songa ajratish, kichik sondan 5 sonini hosil qilishga o`rgatish, sonlar o`rtasidagi
munosabatlarni tushunish arifmetik masalalar yechish, ikki to`plamni taqqoslash, ular
o`rtasidagi tenglik va notenglikni aniqlashga o`rgatish.
Dostları ilə paylaş: