O‘quvchilar algebra, algoritm so`zlarini ko`p eshitishgan. Algebra matematikaning
katta bir bo`limi, algoritm esa hozirgi zamon hisoblash texnikasining, matematikasining
asosiy termini.
Algebra, algoritm so`zlari
matematik, astronom va geograf, «Xozirgi zamon
algebrasining otasi «al — Xorazmiy nomi bilan bog`liqdir. Uning «Al — jabr val-
muqabala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi.
Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida «algoritm»
termini
paydo bo`ldi.
Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari G‘arb va Sharq xalqlari tillariga
tarjima qilinib, ko`p asrlardan buyon qo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Xorazmiyning «Xind hisobi va sonlari haqida», ―Al-Jabr‖, «Arifmetika», «Marmar
soat haqida», «Yer surati», ―Tarix kitobi‖, «Yaxudiy eralari va bayramlari» haqida
asarlari, ayniqsa ma'lum va mashhurdir. Uning «Ziji» nomi asari dastlabki astronomik
asar
sifatida Sharqdagina emas, G‘arbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat
ko`rsatgan.
Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan
merosi bebaho boylik bo`lib, hozirgacha ham qimmati va axamiyatini yuqotmagan.
Dostları ilə paylaş: