M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

 
Reja: 
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda matematik ta'limning 
ahamiyati.
2. Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi faninining maqsadi, predmeti 
va uning asosiy vazifalari.
Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining 
asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon 
hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‘lim tizimi barpo 
etildi. Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun 
ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga 
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta‘lim 
muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-
2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta‘lim muassasalari mukammal ta‘mirlandi va 
zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. SHu bilan birga, bugungi kunda 
maktabgacha ta‘lim muassasalarining ta‘lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga 
qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat 
maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob 
bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha 
qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi ―2017-2021-
yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni 
amalga oshirish ko‘zda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik 
va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-
sharoitlar yaratish; maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash 
va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va 


metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta‘lim 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi 
punktlarida yangi maktabgacha ta‘lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga 
javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari 
bilan ta‘minlash. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi 
natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta‘limni ta‘minlash, 
bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga 
muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli 
bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 yoshdagi maktabgacha ta‘lim 
muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar 
bilan ta‘minlash orqali maktab ta‘limiga tayyorlashni tashkil etishga; maktabgacha ta‘lim 
muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini 
rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta‘mirlash orqali kengaytirishga; qishloq 
joylardagi maktabgacha ta‘lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha 
kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta‘limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining 
borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida 
bo‘ladi. 
Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko`p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar 
va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog`liq ekanini ta'kidladi: «Biz 
mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy 
fazilatlar egasi bo`lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog`li faol 
munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini 
hamisha yodda tutmog`imiz kerak». Yosh avlodni o`z xalqi, jamiyati va yurtiga 
fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy 
merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruxida jamiyatimiz oldida 
turgan kechiktirib bo`lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan 
shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz 
ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash 
sifatiga qo`yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog`liq holda 
Respublikadagi pedagogika oliy o`quv yurtlaridagi ta'lim — tarbiya jarayonini 
tako‘lillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida Matematik tasavurlarini 
shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o`rin tutadi. So`nggi yillarda 
mamlakatimizda bolalar bog`chasida matematika o`qitish butun sistemasida o`z ko`lami 
va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo`yilishi bilan maktabgacha ta‘lim 
muassasalarida matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.


Maktabgacha ta‘limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo`lajak 
tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o`qish metodikasini egallab, 
chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan 
iborat:
1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun 
matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?).
2. Maktabgacha ta‘limda matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish 
(nimani o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika 
va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi.
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?), 
ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy 
faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi 
qanday bo`lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining 
garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma 
qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish).
5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg`ulotdan 
tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak?) 
Mashg`ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak? Mashg`ulot 
protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish 
kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik 
sistemaning asosiy komponentlaridir.
2.s. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta'lim, seminar va tarbiyaviy 
maqsadlaridan iboratdir. Seminar maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan 
seminar maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog`lay olishidan, ya'ni olingan 
bilimlarni seminar masalalarni hal qilishga, bolalar to`plam va son haqida; kattalik 
(mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida 
boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy va vaqtni bilishni o`rganadilar: bolalar olgan 
bilimlarini o`zlarining kundalik mehnat va o`yin faoliyatida va maishiy hayotida 
uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish 
malakalarini hosil qilish kerak.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin