bilimlar fazovoy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi
kerak.
Matematikani o`rgatish bolalarda o`z ona tilida xatosiz so`zlashga, o`z fikrini aniq va
ravon qilib bayon eta bilishga o`rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon
etishda sergaplikka yo`l qo`yish
mumkin emas, bunda har bir so`zni o`z o`rnida ishlata
bilish ayniqsa muhimdir.
Maqsad:
1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o`rgatish (shu qatorda
matematikadan ham).
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish.
Tarbiyaviy maqsadlar: Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa
oladigan bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka, tiripqoqlikka,
puxtalikka, aniqlikka
o`z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida
aytiladigan fikrlarining ravon bo`lishiga e'tibor bera bilishga odatlantirish kerak.
Bolalarda matematik bilimlarga bo`lgan qiziqish, matematik
xarakterdagi masalalarni
sabr — toqat va tirishqoqlik bilan kechish ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va
deduktiv tafakkurning boshlang`ich ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya'ni
analiz
qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish
qobiliyatlarini
rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va hayolni o`stirishga
matematik ta'lim berish katta yordam qiladi.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta‘limiga sifatli
tayyorlashda matematik tasavvurlarni shakllantirish axamiyati
shundaki bolalarni
maktabda matematika geometriya va chizmachilik fanlarini puxta egallashlariga asos
bo‘lib xizmat qiladi
Dostları ilə paylaş: