M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Mashg‘ulot tuzilishi. Mashg‘ulot quyidagi tuzilishga ega: bolalarni uyushtirish
asosiy qism, yakunlovchi qism. 
Bolalar mashg‘ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning 
mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o‘ylab olinishi kerak. Bolalar o‘quv faoliyatini 
qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachini e‘tibor bilan tinglab, o‘yindan mashg‘ulotga 
osonlik bilan o‘tadilar. 
Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig‘ib, ularning mashg‘ulotga tayyorligini 
tekshiradi: tashqi ko‘rinishi, joy –joyiga to‘g‘ri o‘ltirishganligi, diqqatini to‘plagannini 
sinab ko‘radi. 
Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bolalar oldida turgan faoliyatga qiziqish 
uyg‘otishi, buning uchun bolalaning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni 
qo‘llashi kerak. 
Kichik guruh bolalarida mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish uchun bolalarni 
qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydaplanadi. ―Quloq 
solinglar –chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo‘g‘irchoq biznikiga mehmonga kelibdi!‖, -
deb mashg‘ulotni boshlash mumkin. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi 
to‘g‘isidagi tasavvurini tartibga soluvchimashg‘ulot mana shunady boshlanadi. 
Katta guruhlarda qanday mashg‘ulot bo‘lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib 
qo‘yadi. Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin 
aytib o‘tadi va ularga rasmlarni ko‘rishni, ota –onasi bilan sayr qilganda nimalarni 
ko‘rganini eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo‘r qiziqish bilan kutishadi. 
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg‘ulotning zarurligi va majburiyligini 
tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur. 
Asosiy qism. Mashg‘ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish 
yuzasidan yo‘l –yo‘riq ko‘rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan 
bo‘ladigan jamoatchilik munosabatlarini alohida munosabat bilan qo‘shib olib boriadi. 
Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va 
usullarni qo‘llaydi. 
Mashg‘ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu 
bolalar oldiga qo‘yilgan aqliy vazifaga bog‘liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish 
zarurligi ko‘rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart 


emas, balki hamma bolalarni e‘tibor bilan eshitib o‘tirishga o‘rgatish kerak. Zarurat 
tug‘ilsagina takrorlash mumkin. 
Bog‘chadagi bolalar o‘qish, yozishni bilmaganlari uchun o‘tilgan materialni qaytarib 
mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash 
uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi. Mexanik 
qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan 
chiqadi. 
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to‘ldirib, tartibga solib boradi, bu 
bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otadi va shu narsa to‘g‘risidagi tasavvur va 
tushunchalarini chuqurlashtirali. Mashg‘ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab 
mustahkamlashning har xil usullari qo‘llaniladi. 
Bolalar o‘zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo‘lgan material so‘z orqali amalga 
oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga 
oshirmoqchi ekanini so‘z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son –sanoqqa 
o‘rgatishda, qurish –yasashda, rasm chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan 
bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushuntirib berishi talab 
etiladi). 
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani 
o‘z ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Masalan, son –sanoq mashg‘ulotida bolalar sanash materiali bilan o‘zlari mashqlarni 
mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig‘iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi 
yoki ko‘paytirishadi. Buning uchun o‘yinchoqlardan ham foydalanish mumkin. 
Mashg‘ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o‘z vaqtida 
puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg‘ulot yakka tartibda olib 
boriladigan bo‘lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish –yasash, 
konstruksiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg‘ulot 
tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg‘ulotni tugatish kerakligi to‘g‘risida ularni 
ogohlantiradi. 
Mashg‘ulotni tugatayotib, tarbiyachi o‘tkazilgan mashg‘ulotga yakun yasaydi: 
bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg‘ulotda 
qatnashganini gapiradi, ba‘zan kelgusi mashg‘ulotda nimalar o‘tishlarini aytadi. 
Bolalarning o‘quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to‘g‘ri baholashga 
bog‘liq. 
Qo‘yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to‘g‘ri 
baholab, ―to‘g‘ri‖ yoki ―noto‘g‘ri‖ deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha 
qimmatlidir. 
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga 
yaxshiroq imkoniyat yaratadi. 


Mashg‘ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o‘yinga taklif etadi, boshqa mashg‘lot 
bo‘lmasa, sayrga tayyorlanishadi. 
Mashg‘ulotda tarbiyachining bolalarga qo‘yadigan talabi ularning yoshi va 
imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo‘lib 
mashg‘ulot o‘tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tiladi. 
Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tkazganda ikkinchi guruh bolalariga 
enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida hamma bolalarning faol 
qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to‘g‘ri javob berishlarini, ko‘rsatilgan narsaning 
nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi. 
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo‘lishsa, daslabki 1 -2 haftada 
tarbiyachi faqat ―ohlagan bolalar bilangina mashg‘ulot o‘tkazadi: bolalar yangi sharoitni 
yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkaziladi. 
Daslabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo‘g‘irchoq va 
o‘yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo‘g‘irchoqlar yordamida mashg‘ulot o‘tkazadi. 
Tarbiyachi avval bolalarda mashg‘ulotga qiziqio‘ uyg‘otadi, keyin esa mashg‘ulotning 
hamma uchun majburiy ekanligini sekin –asta bolalar ongiga singdirib boradi. 
Sekin –asta mashg‘ulot bolalar xulqiga moslab murakaablashtirib boriladi. Ular 
mashg‘ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar: to‘g‘ri o‘tirish, chalg‘imaslik, 
tarbiyachi va o‘rtoqlarini diqqat bilan eshitish, tarbiyachi so‘ragandagina javob berish
javob berganda o‘rnidan turish, kerak bo‘lsa stolning oldiga borish va hokazolarni 
o‘rganadilar. 
Katta bolalar o‘zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi 
faoliyatga osonlik bilan o‘tishlari, mashg‘ulot vaqtida ish joylarini ozoda saqlashlari, 
rasmga qarab so‘zlaganda ko‘rsatkichdan foydalanishlari, javob berganda gavdalarini 
to‘g‘ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo‘lishi, starli darajada baland ovozda 
gapirishlari, to‘la javob berishlari, mashg‘ulotdan keyin o‘z ish joylarini yig‘ishtirib 
qo‘yishlari kerak. 
Mashg‘ulot paytida talabni bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerak. Bu ikki 
narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro‘siga asoslanilsa, ikkinchisi 
ma‘lum talabning rivojlanishi bilan (o‘qib olish va bajarish uchun eshitish kerak, qiziqarli 
bajarish zarur) amalga oshiriladi. Taqaridan qaraganda bolalar xulqida hyech qanday farq 
ko‘rinmaydi –bu odatdagi intizomga xulqida hyech qanday farq ko‘rinmaydi – bu 
odatdagi intizomga bo‘ysunishning natijasi, ikkinchidan, bu o‘quv faoliyati 
rivojlanganligining belgisi, ta‘limning ta‘siridir. 
Mashg‘ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, maktab ta‘limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy –axloqiy qismi 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin