ortiq, ko‘k doirachalar qizil doirachalarga nisbatan... ta kam, ko‘k doirachalar nechta
bo‘lsa qizil doirachalar ham shuncha‖).
Tarbiyachi bir xil buyumlarning orasidagi miqdoriy
munosabatlarni doim
almashtirib turishi kerak. Masalan, shunday qilish kerakki, ko‘k doirachalar qizil
doirachalar qancha bo‘lsa, shuncha bo‘lsin. Taqqoslanayotgan
guruhlarning fazoviy
holatlarini g‘am o‘zgartirib turish kerak. Masalan, to‘plam polotnosining goh ustki, goh
pastki qatoriga ko‘proq (kamroq) miqdorda buyumlarni joylashtirish kerak, bolalar
kartokchada ham mos ravishda shu ishni bajarishlari kerak.
Bunday mashqlarni
bajarishlari kerak. Bunday mashqlarni bajarish jarayonida bolalar har xil turdagi va
rangdagi buyumlar (ayiqchalar, mashinachalar, yashil, sariq, sharlar va h.k.) ortiq, kam,
teng bo‘lishi mumkinligini bilib oladilar.
O‘quv yili oxirida bolalarga har xil o‘lchamdagi buyumlar miqdorini taqqoslashni
(ustiga yoki yoniga qo‘yish bilan) o‘rgatish kerak. Chunonchi kichik va katta kubchalar
guruhlarini taqqoslashda (har bir katta kubkachaga bittadan kichik kubchani qo‘yib)
kichkintoylar bitta kichik
kubcha juftsiz qolganini, demak, kichik kubchalar ko‘p, katta
kubchalar kam ekanini aniqlaydilar. Shunga o‘xshash mashqlarda munosabatlarning,
ya‘ni katta obektlar ko‘p, kichiklari kam; kattalari kam, kichiklari ko‘p; katta va kichik
obektlar miqdori teng kabi munosabatlarning har xil variantlarini o‘rgatish kerak.
Buyumlar majmualarini taqqoslashda har xil analizatorlarga suyanish muhim
ahamiyatga ega.
Masalan, tarbiyachi dastlab bolalarni kaftga har bir urganda (cho‘p
bilan stolga
urishda) stolga bittadan o‘yinchoq qo‘yishga o‘rgatadi, keyingi mashg‘ulotlarda stolga
nechta o‘yinchoq qo‘yilgan bo‘lsa (2-3 ta), kaftga shuncha urushni taklif qiladi. Shundan
keyin tarbiyachining o‘zi bolg‘acha bilan necha marta urganini tinglash va kaftga shuncha
marta urishni topshiriq qilib berishi mumkin.
Bu xil mashqlar jarayonida bolalar har xil analizatorlar
yordamida idrok
qilinadigan ikki guruh, elementlarini juftlab taqqoslashni o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: