M u n darij a


Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o'yin qo'Ilanmalar



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o'yin qo'Ilanmalar: Suratlar, predmetli loto
domino tipidagi xilma-xil o'yin qo'llanmalari, tematik o'yinlar ("Qaerda nima o'sadi", "Bu 
qachon bo'ladi", "Bu kimga kerak" va boshqalar); xarakat aktivligi, mahorat va 
xokazolarni talab etadigan o'yinlar ("Uchuvchi qalpoqchalar", "Gusek", "Mo'ljalga tegiz" 
va boshqalar); mozaika tipidagi o'yinlar stol ustida o'ynaladigan o'yinlar qatoriga kiradi. 
Stol ustida o'ynaladigan bosma o'yinlar bolalarning ong - bilim doirasini kengaytirishga, 
o'stirishga yordam beradi, idroklilikni, o'rtoqining harakteriga e'tibor berishni, o'yinning 
o'zgaruvchi sharoitlariga qarab ish ko'radi, o'z yurishi natijalarini oldindan ko'ra bilish
uquvini rivojlantiradi. O'yinda ishtirok etish sabr -toqat, qoidalarga qat'iy rioya 
qilishni talab etadi va bolalarga katta quvonch baxsh etadi. 
Kichkintoylarga mo'ljallangan o'yin mazmuni ular uchun tushunarli bshlishi kerak. 
Loto kartochkalarida, juft - juft suratlarda, buklama kitoblarda o'yinchoqlar, uy-ro'zg'or 
buyumlari, eng oddiy transport vositalari, sabzavotlar, mevalar tasvirlanadi. Asosiy 
kartadagi suratlarga mos keladigan juft suratlar tanlash, rasmda tasvirlangan predmetni, 
uning biror sifatini aytish bolalarning lug'at boyligini, qisqacha tushintiruvchi nutqini 
rivojlantiradi. 
Katta guruh bolalari uchun stol ustida o'ynaladigan bosma o'yinlar qiziqarli bo'lib, 
ularda tabiat xodisalari aks ettiriladi, turli xil transport tasvirlanadi, "Kim nimada yuradi, 
suzadi, uchadi", ertak qahramonlari ishtirok etadi. Bu va shunga o'xshash o'yinlar 
bolalardan mashg'ulotlarda, ekskursiyalardagi kuzatish protsessida o'zlashtirilgan 
bilimlarni eslash va qo'llashni talab etadi. Katta yoshdagi bolalar uchun mazmunida, o'yin 
harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik, aniqlik, tezkorlik, idroklilik elementlari bor 
bo'lgan o'yinlar qimmatli va qiziqarlidir. Har bir bolalar bog'chasida juda ham rang-
barang o'yinlar nabori bo'lishi hamda mustaqil faoliyat uchun ajratilgan vaqtda 
bolalarning ulardan bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi kerak. 
Ermak - o'yinlar alohida guruhni tashkil etadi. Ularda ajoyiblik, kutilmaganlik, 
kulgililik elementlari aniq ifodalangan bo'lib, xazil, yumor bor. Ularning asosiy vazifasi - 
bolalarni xursand qilish, kuldirishdan iborat. Ko'pchilik o'yinlarning mazmuni va 
qoidalari yo tez bajariladigan o'yin harakatlarini, yoki kichiklashtirilgan harakatlarni talab 
etadi. Ularning ba'zilari tez, ko'pincha tasodifiy reaktsiya uyg'otadi, boshqalari esa 
bolalarni irodaviy zo'r berishga o'rgatadi.
"Quyonchani tutib ol", "Qo'ng'iroqchali bekinmachoq", "Suratlarni kim tezroq 
yiqadi" kabi o'yinlar ermak - o'yinlar qatoriga kiradi. 
Ijodiy o'yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ulami tavsiflash zaruratini 
keltirib chiqaradi. Sujet o'yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o'z ichiga 


personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o'yinlarda 
xayoliy vaziyatning mavjud bo'lishi bolaning tafakkurini o'stirib, sujet va rollar o'yin 
mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o'yin-laming o'ziga xos sabablari mavjuddir. 
Buning eng asosiy sababi — bolalaming kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga 
intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o'yin mazmuniga qarab o'zgarib boradi. Kichik 
yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo'lsa, bola 
katta bo'lgan sari o'yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy 
sabab bo'lib xizmat qiladi. 
Shunga ko'ra, o'yinlami sujeti, mazmuniga ko'ra 3 guruhga bo'lish mumkin: 
1. Maishiy o'yinlar (oila, bolalar bog'chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan). 
2. Mehnat Mavzuyidagi o'yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o'z-o'ziga xizmat 
va b.). 
3. Ijtimoiy Mavzudagi o'yinlar. 
Milliy xalq o'yinlari ikki guruhga bo'linadi: 
1. Milliy harakatli o'yinlar. 
2. Milliy xalq o'yinlari. 
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador 
bo'lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib 
kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon 
bo'lib o'sishlarida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish 
tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari 
jamlangandir. 
1-2 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqa-barmoq», «G'oz-g'oz», 
«G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi 
bir-ikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam 
beradigan o'yinlar hisoblanadi. 
3-4 yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari: «Ot o'yin», «Kesak qo'ydi», «Ko'z 
boylagich», «Choriy chambar», «Awala-kam», «Tayoq irg'itish», «Quloq cho'zish», «Chitti gul», 
«Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi». 
4-5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylan-ma», «Chillak», 
«Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o'yin», «Ko'p-kari», «Berkinmachoq», «Jami», 
«Chertan devor gir-gir aylan». 
Katta yoshdagi bolalar uchun o 'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do'ppi 
yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «0q terak-mi ko'k terak». Bu o'yinlar orqali bolalarda 
chaqqonlik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari 
shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qo-biliyatlari rivojlanadi, hozirjavob 
bo'lishga tayyorlanib boriladi. 
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan 
tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, 


buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish 
tuyg'ulari, shuningdek o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabrtoqatlilik, tezkorlik, 
ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. 
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi 
vazifalar amalga oshirilishi lozim: 
— 
Xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda
uslublarini ishlab chiqish; 
— milliy o'yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni 
kundalik hayot jarayoniga singdirib borish; 
— maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy 
o'yinlaridan maqsadli foydalanish; 
— xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish; 
— bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish; 
— Maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha 
ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish. 
Xalq harakatli o'yinlarini tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya 
qilish zarur: 
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash. 
2. O'yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish. 
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochir-maslik. 
4. O‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish. 
5.O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash. 
6. Jamo‘ bo'lib birgalikda harakat qilish, jamo‘ manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin