M u n darij a


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Xalq milliy harakatli o'yinlar haqida gapiring? 
2. Milliy harakatli o'yinlarning ahamiyati nimalarda iborat? 
3. Milliy harakatli o'yinlarni turli yosh guruhlarida tashkil eting? 
4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida, bolalar xayotida o'yinning qanday ahamiyati bor? 
5. Bolalar bog'chasida o'yinning turlarini sanab bering 
6. Bolalar xayotida mazmunli o'yinlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikringiz. 
7. Harakatli o'yinlar bolalami sog'lom qilib tarbiyalashning muhim sharti ekanligini yoritib 
bering. 


9-mavzu: Bolalarda son- sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish sanashga o‘rgatish 

Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarga son 
va sanoqni o‘rgatish yo‘llari to‘g‘risida bilimlar berish. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: son va sanoq, tarbiyachi, bolalar, maktabgacha 
tarbiya, o‘yin, huddi shunday, kupchani top, bitta va ko‘p,
Reja: 
1.To’plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning sensor asoslari
2. 4 yoshli bolalarni o’qitishning asosiy vazifasi 
3. buyumlarni sanash va ularning o’lchamlarini taqqoslash, fazoda joylashuvlarini 
aniqlash 
4. Maktabga tayyorlash guruhi bolalarining 10 ichida sanash, ajratib sanash 
ko’nikmalarini takomillashtirish. 
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni. 
Miqdor va sanoq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida echilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal 
qilinmasa, maktabgacha o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret 
bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish 
saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir. Bunday savyaining bo‘lmasligi 
yoki etarli bo‘lmaligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni 
egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, 
bolalar maktabda abstrakt bilimlarni egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl 
mazmunini tushunib etmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham konsret shart – 
sharoitlarda matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda 
qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda asbtrakt bilimlarni egallar ekanlar, 
ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning 
uchun ham konkret shart – sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda 
cheklangan bo‘ladi. Shu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishning 
muhim vazifasi matematik asbtraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog‘lanishni 
ta‘minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi 
kerak. 
Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika 
o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakki, ularda 
matematik operasiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi. Bu, bir 
tomondan, bolaning seminar faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga 
oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur 


masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan 
ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. 
Ikkinchidan, 
muhitning 
shunday 
munosabatlarini 
ajratish 
kiradiki, 
bu 
munosabatlarni qo‘llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obektlarga o‘tish 
(masalan, buyumlarni ma‘lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam 
munosabatlarini, tenglik – tengsizlik munosabatlarini, qism – butun munosabatlarini hosil 
qilish) imkonini beradi. 
Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik operasiyalar maktabgacha 
yoshdagi o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta 
ishlansa, matematikani egallash samaraliroq bo‘ladi. Yo haddan tashqari konkretlik, yo 
matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar mao‘kur holda 
paydo bo‘lmaydi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini 
tekshirish tenglik – tengsizlik, qism – butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq 
va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar 
va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni 
(ularning eng sodda shakllarini bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular 
bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu erning o‘zida 
o‘zlashtirganlari (tenglik, qism – butun va h.k. munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, 
turmushda seminar ishlar qilishda foydalanadilar, bir – birlariga (katta va tayyorlov 
guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarnini o‘rganish, 
tekshirish asosida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish dasturi tuzildi. Bu 
dastur quyidagi besh bo‘limdan iborat: ―Miqdor va sanoq‖, ―Kattalik‖, ―Geometrik 
figuralar‖, ―Fazoda mo‘ljal olish‖, ―Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish‖. 
Endi har xil guruhlarda ―Miqdor va sanoq‖ bo‘limi ustida ishlash uslubiyati haqida 
fikr yuritamiz. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin