7-mavzu: O‘yin va o‘yin mashqlaridan foydalanish
Darsning maqsadi: Talabalar maktabgacha ta'lim muassasasida o'yinning turlarini
uni o‘ziga xos xususiyatlari , mazmunli, ijroli o'yinlar, harakatli o'yinlar, ta'limiy o'yinlar
haqidagi tushuncha
va bilimlarni hosil qilish
Tayanch so‘z va iboralar: o‘yin , mazmunli- ijroli, harakatli , ta'limiy didaktik.
Reja:
1. O’yin turlarining o’ziga xos xususiyatlari
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o'yinning turlarini tashkil etish usullari.
3.Mazmunli- syujet o'yinlar, harakatli o'yinlar, ta'limiy o'yinlar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bolalarni maktabga tayyorlash daftari. Rasulova.M.SH., Jalolova.G.Q.tarjimasi.
T.., O‘z PFITI, 1995.
2.V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar taxriri ostida «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» .
«O‘qituvchi» T., 1991 y.
3.V.G.Nechaeva, T.A.Markova taxriri ostida «Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya»T..,
1988 y.
4. P. Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» «O‘qituvchi» T- 1993y.
5.O.U.Xasanboeva.Oila pedagogikasi. T., 2007 y.
6.«Maktabgacha ta‘lim» jurnali 2017 yil 3-soni
O'yinning turlari: Bolalar o'yinlari o'zining rang -barangligi bilan ajralib turadi.
Ular o'z mazmuni va tashkil etilishiga ko'ra ,bolalarga ta'sir darajasiga ko'ra
,turlichadir.Bolalarning barchasi bolalar o'yinlarini to'g'ri rahbarlik qilishi uchun ularni
albatta guruhlash zarur.Pedagogika o'yinlarini 2 ta katta guruhga bo'lish juda keng
tarqalgan;
ijodiy o'yinlar va qoidali o'yinlar .
Ijodiy o'yinlarening mazmunini bolalarning o'zlari o'ylab topadilar va ularning o'z
tasurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks ettiradilar.
Qoidali o'yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi
.Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo'ljallangan
bo'ladi. Tayyor qoidali o'yinlarning katta guruhini halq o'yinlari
tashkil etadi , ularning
ko'plari avloddan avlodga o'tib , bizfAga yetib kelgan .
O'yinning tuzulishi: O'yin bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, barcha
faoliyatda bo'lgani
kabi unda ham qator hislatlar; maqsadning mavjudligi, sabablar,
amalgam oshirijish vositalarining Asosiy savollar:li harakatlar,
natijaning mavjuhdligi
kabilar hosdir.
Bola o'yindagi maqsadiga erishish uchun o'ziga sheriklar tanlaydi, zarur
o'yinchoqlarni topadi, o‘yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi, o‘yinchilar
bilan hilma hil muloqotlarga kirishadi.Bola katta maktabgacha yoshiga kelib o'yin
Mavzusi va mazmunini kelisha oladigan ro'llarni
taqsimlaydigan, o‘z o'yin faoliyatini
muayyan tarzda Asosiy savollar:lashtiradigan bo'ladi. Boshqa faoliyatturlarida bo'lgani
kabi o'yin jarayoniga bolaning butun shahsiyati; uning pisihik bilish jarayonlari, irodasi,
hissiyoti va ta‘sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi o'yinda
bol faol harakat
qiladi, gapiradi, o‘z bilimlariniqo'llanadi.
Didaktik o'yinlar ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xusu-siyatlariga mos keladigan
o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yin-larning muhim belgisi undagi qoidalarning
mavjudligidir. O'yinda o'yin niyati, o'yin qoidalari, o'yin harakatlari o'rtasida uzviy aloqa
mavjud. O'yin niyati o'yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O'yin
qoidasi esa, o'yin
harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu
o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni,
sensor madaniyati, nutq
faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O'yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o'yin
mazmunini boyitadi.
Didaktik o'yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydala-niladi. Bolaning kun
tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy aj-ratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot
jarayonida va o'yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o'tkaziladi. Bunda o'yin
mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o'yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi
kerak:
Navbatma-navbat ta'sir etish.
So'ralganda javob berish.
O'rtoqlari fikrini eshita olish.
;
O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
O'yin qoidasini bajarish.
O'z xatosini tan olish.
Didaktik o'yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatla-rini hisobga olish lozim.
O'yinda o'yin tempi va ritmi katta rol o'ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko'p
kuttiradi, juda tez temp esa Bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munoza-ralarga olib keladi.
Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud
: a) buyum va o'yinchoqlar bilan
o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og'zaki so'z o'yinlari.
Buyum va o 'yinchoqlar bilan o 'ynaladigan o 'yinlar
bolaning ilk yoshidan boshlab, to
maktab yoshiga yetgunga qadar o'ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning
tasawurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar,
ularning sifati, foydali tomonlari to'g'risida umumiy tushuncha.
Dostları ilə paylaş: