M u n darij a


 «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

 
3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari 
«Ijodkorlik» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 
yoshli bola:

san‘at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;

milliy an‘analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;

san‘atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;



olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va 
tatbiq qilish uchun foydalanadi;

insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
4-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat 
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi 
bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari 
bo‘yicha tashkil qiladi.
O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 
1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
4.1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish 
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog 
tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-
tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi
2
.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta‘lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va 
xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi 
o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning 
atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi
3

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta‘lim sharoitlariga bog‘liq holda 
integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud: 

yillik mavzuviy; 

haftalik. 
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. 
Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki 
rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash 
ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur‘atini belgilaydi 
va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda 
tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun 
tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin