M u n darij a


 3. Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil qilish



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

2. 3. Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil qilish 
Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlari maktabgacha ta‘lim muassasasi tomonidan 
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil 
etiladi.
Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlari fakulьtativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda 
ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta‘lim faoliyati 
Maktabgacha ta‘lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-
quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta‘lim 
muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta‘lim muassasasi 
rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) 
uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. 
2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlash uchun maktabgacha ta‘lim 
muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi 
mumkin:

ota-onalarning maktabgacha ta‘lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; 



ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash.
3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetentsiyaviy 
yondashuv 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv 
o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal 
qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me‘yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar 
bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini 
shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetentsiyalar bolaning faoliyat va axloq sub‘ekti 
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. 
Kompetentsiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. 
Boshlang‘ich kompetentsiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘i nazar, bola shaxsi 
shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin