M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Alaliya – (a inkor qo‘shimchasi va yunon. laliya-nutq) – dastlabki intellekti saqlangan
eshitishi normada bo‘la turib, bolada nutqning yo‘qligi yoki to‘liq rivojlanmaganligi. 
Alaliya bosh miya katta yarim sharlari nutq qismlarining tug‘ilish vaqtida shikastlanishi, 
miya kasalliklari yoki miyaning jaroxatlanishi natijasida kelib chiqadi. Ikki turi 


farqlanadi: motor va sensor. Motor alaliya nutq xarakat analizatori po‘stloq uchi, ya‘ni 
Broka markazi jaroxatlanishi natijasida sodir bo‘ladi. 
Anemiya – kamqonlik, qoida gemoglabin xajmining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
kasallik. Gemoglabin eritrositlar tarkibida bo‘lib, kislorod bilan birikib, uni o‘pkadan 
organizm to‘qimalariga yetkazib beradi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra anemiya turlicha 
bo‘lishi mumkin: ko‘p qon yo‘qotish sababli kelib chiquvchi anemiya; surunkali qon 
yo‘qotish sababli kelib chiquvchi yoki eritrositlarning yuqori darajada buzilishi oqibatida 
yuzaga keluvchi anemiya. Anemiya yuqumli kasalliklar, gijja oqibatida xam yuzaga 
keladi. Kasallikning eng ko‘p tarqalgan turi – organizmda temir moddasining 
yetishmasligi natijasida yuzaga kelgan anemiya sanaladi. 
Assosiasiya – psixologiyada ayrim psixik jarayonlar va xodisalar (tasavvur, fikr, sezgilar) 
ning bog‘lanishi; bu bog‘lanishlar tufayli biror-bir jarayonning paydo bo‘lishi bilan 
shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa jarayon yuzaga keladi. Assosiasiyaning fiziologik asosini 
muvaqqat nerv bog‘lanishlari tashkil qiladi. Assotasiyalar xotira va tafakkur bilan 
bevosita bog‘liq. 
Ularning 3 turi farqlanadi: yondoshlikka asoslangan, o‘xshashlikka asoslangan, 
qarama-qarshilikka asoslangan assosiasiyalar. Ta‘lim berish jarayonida o‘xshashlikka 
asoslangan assosiasiyalar katta axamiyatga ega. 
Atrof-muxitni asrash – ona tabiat oldidagi ma‘naviy qarzdorlik asosida 
shakllanadigan tuyg‘u; yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon, xayvonot va o‘simlik dunyosi 
xamda atmosfera xavoni muxofaza qilish, tabiatni saqlash, qayta ishlash, atrof muhitning 
biologik xilma xilligini asrashga qaratilgan faoliyat. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin