Agressiya, bolalar agressiyasi – bolalarga xos tajovuzkorona xatti xarakat. U bolalar
alam yoki g‘azab tuyg‘ularini boshlaridan kechirib, ularni izxor etishning ijtimoiy maqbul
usullarini topa olmagan yoki kattalarga taqlidan yo‘l tutgan paytlarda namoyon bo‘ladi.
Bola o‘z qo‘rquvini yashirishga intilgan xolatlarda psixologik jixatdan o‘z-o‘zini
ximoyalash reaksiyasi xam bo‘lishi mumkin.
Adaptasiya – (lotincha, adaptatio - moslashish) tabiat yoki jamiyat xayotida, insonning
ma‘naviy ruxiy olamida kechadigan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, biror bir muhit yoki
sharoitga, yangilikka moslashuvni anglatadi. Inson hayotidagi adaptasiyaning samarali
kechishi ko‘p jixatdan uning jismoniy, ruxiy, ma‘naviy xolatiga bog‘liq. Ilm-fanda
adaptasiyaning quyidagi turlari mavjud: sensor
adaptasiya-organizmning turli xil subyektiv o‘zgarishlarga moslashuvi (ko‘rish, xid
bilish, ta‘m-maza bilish, xaroratni sezish jarayonlarida kechadi); ijtimoiy adaptasiya-
insonning ijtimoiy muhit sharoitlariga uzluksiz tarzda faol moslashuvi, ayni paytda uning
ushbu jarayon natijasi sifatida kamolga yetishi. Ijtimoiy adaptasiyaning muhim jixati
odamning ijtimoiy talab va tartiblarni qabul qilishini anglatishdir.
Akvarium – tabiiy suv xavzasining modeli, mini ekotizm. Unda barcha tarkibiy qismlar
talabdagi nisbatda bo‘ladi va ekologik muvozanatni yuzaga keltiradi. Akvarium
maktabgacha ta‘lim muassasalar guruhlarida (kichik guruhlardan tashqari) tabiat burchagi
tarkibiga kiradi.
Aksent – 1) urg‘u, aksent, urg‘u belgisi; 2) o‘z ona tilidan boshqa tilda so‘zlovchining
talaffuzila sezilib turadigan boshqachalik, aksent bilan gapirmoq; 3) tinglovchi yoki
ko‘ruvchining diqqatini jalb qilish maqsadida biror narsaning alohida elementlarin
ta‘kidlamoq, ta‘kidlab ko‘rsatmoq, ularga alohida urg‘u, e‘tibor bermoq (musiqada
alohida tovush yoki akkordni dinamik kuchaytirish yo‘li bilan ajratib ko‘rsatish, yozuv
yoki tasvirdagi biron detalni chiziq yoki rang bilan ajtarib ko‘rsatish).