Reja:
Anhor ustidagi ko'prik.
To'lqin anhorga tushib ketdi.
Militsioner amaki paydo bo'ldi.
Hamma xursand.
Tayanch so'zlar: anhor, militsioner, hamma.
Ziyrak
Qish. Qor gupillab yog'moqda. Zohidga g'ingshigan ovoz eshitildi.
Zohid atrofga qaradi. Qayrag'och yonida shumshayib yotgan kuchukchani ko'rdi. Uni uyiga olib keldi.
Zohid kuchukchaga «Ziyrak» deb nom qo'ydi. Kuchukchani uzoqqa otilgan narsani olib kelishga o'rgatdi. Ovga olib bordi.
Bir kuni Zohidning otasi Qosim aka Ziyrakni olib ovga bordi. U bir tulkini otib yarador qildi.
Ziyrak tulki tomon yugurdi. Ota it orqasidan yetib bordi. Ziyrak tulkining bo'g'zidan tishlab, qorga bosib, otaga yordam berdi. (72 so'z)
Imlo: ketma-ket kelgan bir xil undoshli so'zlar {gupillab, uzoqqa)
ustida ishlanadi, h-x undoshlarining yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Birinchi, ikkinchi xatboshidan nimalarni bildingiz? Zohid Ziyrakka nimalarni o'rgatdi? Zohid dam olish kunlari nima qildi? Ovda otaga Ziyrak qanday yordam berdi?
Reja:
Zohid kuchukcha topib oldi.
Zohid va Ziyrak.
Qosim ota ovga bordi.
Otaga yordam.
Tayanch so'zlar: shumshayib, gupillab, uzoqqa.
112
Q u l u n t u z a l d i
Anvar yilqi fermasiga borib turadi. Qorako'z nomli biyani parvarish- laydi. Otboqar Qorako'zni quluni bilan yaylovga chiqarib yubordi. O'sha kuni Anvar otxonaga bordi. U yerda oyoqlarini cho’zib, ko'zlarini yumib yotgan qulunni ko'rdi. U zo'rg'a nafas olardi. Anvar qulunning peshonasini silagan edi, qo'li qon bo'ldi. Tezda qulunni mol doktoriga olib bordilar. Shifokor qulunni tekshirib, dori berdi.
Anvar dorini qulunning peshonasiga surkab turdi. Dorixonadan so'rg'ich sotib oldi. Unga har kuni Qorako'zning sutidan quyib emizdi. Qulun asta-sekin tuzalib, o'ynoqlay boshladi.
Anvar hozir o'quvchi. U katta bo'lganda mol doktori bo'lmoqchi.
(87 so'z)
Imlo: p - b undoshlarining yozilishi eslatiladi. Qorako'z, otboqar, qulunning, ahvoli, otxona so'zlari ustida ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: |