Qadim zamonda bir podsho saroy qurdirmoqchi bo'libdi. U ustalarni chaqirib, maqsadini aytibdi.
Ustalar shahar va qishloqlardan to'g'ri o'sgan daraxtlarni qidirishibdi. Oxiri yolg'iz yashovchi bir kampirning hovlisidagi to'g'ri o'sgan terakni tanlashibdi. Ular kampirga tillo tangalar berib, terakni kesib olib ketishibdi.
Hunarmandlar terakdan ustun tayyorlabdilar. Uni saroyning o'rtasiga o'rnatibdilar. Ustunni naqshlar bilan bezabdilar. U saroy chiroyini ochib yuboribdi.
Odamlar saroyni ko'rgani kelishibdi. Terak to'g'ri o'sgani uchun chiroyli bezanib, odamlar e’tiborini o'ziga tortibdi va izzat-ikromga erishibdi. (75 so'z)
Tahlil: Podsho nima qilmoqchi bo'libdi? Ustalar nima qilibdilar? Nima saroy chiroyini yana ham ochib yuboribdi? Nima uchun terak izzat-ikromga erishibdi?
Reja:
Podsho saroy qurdirmoqchi bo'libdi.
To'g'ri o'sgan terak.
Ustun saroy chiroyini ochib yuboribdi.
Terak izzat-ikromga erishibdi.
Tayanchso'zlar:huzuriga,hunarmand,naqshlar,e'tiborini,izzat-ikrom. Matndagi huzuriga, tillo tangalar, naqshlar, izzat-ikrom so'zlari o'rnida qanday so'zlarni ishlatish mumkin?
To'lqin qutqarildi
Mahalladan anhor o'tadi. Anhor ustida ko'prik bor. Ko'prikdan odam, mashina, arava o'tib turadi.
Bir kuni To'lqin koptogi bilan anhorga tushib ketdi. U dam cho'kib, dam suvning yuziga chiqib oqib borardi. Buni bir chol ko'rib qoldi va odamlarni yordamga chaqirdi.
Shu payt militsioner amaki paydo bo'ldi. U tezda kiyimlari bilan o'zini suvga tashladi. U To'lqinni suvdan zo'rg'a olib chiqdi.
I l l
Militsioner amakidan hamma xursand bo'ldi. (65so'z)
Imlo: Qator kelgan bir xil undoshli so'zlar va x -hundoshlarining yozilishi eslatiladi, anhorso'zi ustida ishlanadi.
Tahlil: Birinchi xat boshida nima deyilgan? Nima uchun chol odamlarni yordamga chaqirdi? Shu payt kim paydo bo'ldi va u nima qildi? Kimdan odamlar xursand bo'ldi?