M umarova, М. Nabiyeva


Imlo: ta’til, olachipor, metrcha, hujum so'zlari ustida ishlanadi. Tahlil



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə78/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Imlo: ta’til, olachipor, metrcha, hujum so'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Bolalar tush payti nima qilishardi? Nima uchun bolalar qiy- chuv ko'tarishdi? Olishuv kimlar o'rtasida bo'ldi? Jalil ota yetib kelganda qanday hodisa yuz bergandi?

Matn mazmunini qisqartirib so'zlashga tayyorlash:


  1. Matn mazmunini to'liq so'zlang.

  2. Berilgan reja bilan tanishib chiqing.

  3. Matndagi qaysi qism tushirib qoldirilsa, asosiy mazmunga putur yetmaydi? (birinchi va oxirgi qism)

Reja:


  1. Tush payti edi.

  2. Olapar paydo bo'ldi.

  3. Olishuv boshlandi.

  4. Jalil ota.

Reja asosida ikki-uch o'quvchi matn mazmunini so'zlaydi.
Tayanch so'zlar: har xil, «Qochinglar, ilon» deb, olachipor, qiy-chuv, yarim metrcha, hujum, zaharladi, xavf, halok.
120
T u y a q u s h v a A r s l o n

Uchinchi sinfda bizni o'qitgan ustozimiz Eshonbek domla har xil qiziq-qiziq hikoyalar aytib, dars o'tardilar. Bir kuni bizga qiziqarli hikoya aytib berdilar.


Tuyaqush bilan Arslon do'st tutinishibdi. Qiynalib qolganda bir- biriga yordam berishga va’da berishibdi.
Kunlar o'tibdi. Uzoqdan Tuyaqushning Arslonni yordamga cha- qirgan ovozi eshitilibdi. Arslon do'sti tomonga yuguribdi. Yetib borsa, Tuyaqush hech nima bo'lmagandek, yallo qilib yurgan emish. Arslon Tuyaqushdan nima uchun chaqirganini so'rabdi. Tuyaqush Arslonning va’dasi esidami, yo'qmi, sinamoqchi ekan. Arslon orqasiga qaytib ketibdi.
Oradan bir necha kun o'tibdi. Tuyaqush Arslonni yana chaqiribdi.
Arslon yugurib kelsa, yolg'on ekan.
Bir kuni Tuyaqushni bo'rilar o'rab olibdi. U jon-jahdi bilan Arslonni chaqiribdi. Arslon eshitibdi, lekin bormabdi. Tuyaqush sinamoqchi bo'lsa kerak, deb o'ylabdi. Tuyaqushni esa bo'rilar yeb ketibdi.
Xulosa shuki, yolg'on so'zlash yomon ekan. Inson doimo rostgo'y bo'lishi lozim. (128 so'z, 75-80 so'z atrofida ham bo'lishi mumkin.)

Ish «Olapar» matnidagi singari olib boriladi. (Bunda birinchi va to'rtinchi qism tushib qoladi.)


Imlo: bir-biriga, yallo, jon-jahdi so'zlari imlosi ustida ishlanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin