Matn reja asosida so'zlatiladi. So'zlash davomida matndagi kesimlarning ma'nosiga yaqin quyidagi so'zlarni ishlatadilar: qo'rqmasekan,oldingaotibdi,tortishibdilar,oldigaborishibdi,g'olibbo'libdi.
Hotamjon
Qadim zamonda bir ayolning yolg'iz o'g'li bo'lgan ekan. U mard va botir yigit ekan.
Kunlarning birida ularning qishlog'iga dushman hujum boshlabdi. Qishloq aholisi himoyaga otlanibdi. Hotamjon aholiga boshchilik qilibdi.
Hotamjon yovga shart qo'yibdi. Shartga ko'ra har ikki tomondan bittadan pahlavon kurash tushar ekan. Yengilgan tomon urushsiz taslim bo'lar ekan.
Dushman shartni qabul qilibdi. Qishloq nomidan o'rtaga Hotamjon tushibdi. U yovning eng kuchli pahlavonini yengibdi. Keyin ikkinchisi, uchinchisini yengibdi.
Kurash oxirida dushman orasida Hotamjon bilan bellashadigan botir qolmabdi. Xalq dushmandan ozod bo'libdi. (82so'z)
Imlo:d-t,p-b,x-hundoshlarining imlosi eslatiladi.
Tahlil: Hotamjon kimning bolasi? U qanday edi? Nima uchun Hotamjon aholiga boshchilik qildi? Kurash nima bilan tugadi?
O'quvchilar ona tili darslarida grammatik tahlil (fe’l va fe'l zamonlarini aniqlashda) qilish uchun bir darsda birinchi, ikkinchi xatboshini, boshqa darsda uchunchi, to'rtinchi xatboshini daftarlariga yozadilar. Bayon yozish darsida esa o'qituvchi oxirgi (beshinchi) xatboshini sinf yozuv taxtasiga yozib qo'yadi va matnni to'liq o'qib eshittiradi, so'ng reja tuziladi. O'quvchilar daftarda va yozuv taxtasidagi parchalarga nom qo'yadilar. Shundan so'ng o'qituvchi matnni ikkinchi marta o'qiydi. O'quvchilar esa rejani oxiriga yetkazadilar.