M umarova, М. Nabiyeva


Imlo: juft so'z (chars-churs) ning yozilshi eslatiladi. Tahlil



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə94/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Imlo: juft so'z (chars-churs) ning yozilshi eslatiladi.
Tahlil: Botirjonning dadasi nim alar ekadi? Nima uchun Botir panaga o'tdi? Botir nimani buzib tashlagan edi? Botir chumolilarga achinib nima qildi?
139
Reja:

  1. Otasi dalada yashaydi.

  2. Osmonni qora bulut qopladi.

  3. Yomg'ir suvlari.

  4. Botir chumolilarga achindi.

Tayanch so'zlar: kashnich, chars-churs, atrofini.


Ikki dugona
Bog'dagi favvora atrofiga qo'yilgan o'rindiqlardan birida ikki dugona o'tirar edi. Ularning bo'ylari baravar edi.
Qizlardan birining ismi Zumrad edi. Uning sochi qop-qora va jingalak, ko'zi qora edi. U pushti rang ko'ylak kiygan edi.
Ikkinchi qizining ismi Mashhura edi. Uning sochi ipakdek mayin, tilla rang. Ko'zi osmon kabi zangori. U oq shoyidan ko'ylak kiygan ekan.
Bir kuni Mashhura shamollab qolib, maktabga bormadi. Kechqurun Mashhurani ko'rgani Zumrad bordi. U dugonasiga «O'zbek xalq ertaklari» kitobini olib borgan edi. Mashhura kitobni ko'rib, sevinib ketdi.
Ikki dugonaning xursandchiligi bir jahon bo'ldi. (88 so'z)


Reja:

  1. Favvora atrofidagi qizlar.

  2. Zumrad qanday ko'rinishda?

  3. Ikkinchi qizning ismi nima, uning ko'rinishi qanday?

  4. Mashhuraning shamollab qolishi.

140

GRAMM ATIK TOPSHIRIQLI BAYON YOZISH UCHUN MATNLAR




Elim deb, yurtim deb yashagan inson

1360-yilda Movarounnahrni mo'g'ullar bosib oldi. Viloyat beklarining ko'pi mamlakatni tashlab qochdi. Qolganlari esa mo'g'ullar oldiga borib tiz cho'kdi.


Temurbek esa xalqni o'z atrofiga to'plab, mo'g'ullarga qarshi kurashdi.
Urush o'n yil davom etdi.
Urush yillari Temurbek 62 kun zindonda asirlikda yotdi. Qo'l-oyog'idan yarador bo'lib, bir umr aziyat chekdi. Lekin eliga, yurtiga xiyonat qilmadi. Doimo xalq bilan birga bo'ldi.
Temurbek baland bo'yli, tik qomatli, keng peshonali edi. U go'yatda kuchli, oq-qizil yuzli va qo'l-oyoqlari baquvvat bo'lgan. Sersoqol, qoshlari qalin edi.
U qo'rqmas, botir, mard kishilarni yoqtirardi. (93 so'z)


Imlo: atrofiga, baland, azob-uqubat, xiyonat, oq-qizil, qo'l-oyoqlari
so'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Hikoyaning birinchi qismida nima tasvirlangan? Mo'g'ullarga qarshi kim kurashdi? Urush yillari Temurbek qanday ahvolga tushdi va nima qildi? Temurbekning tashqi ko'rinishi qanday? U qanday kishilarni yoqtirardi?
Reja:

  1. 1360-yildagi voqea.

  2. Mo'g'ullarga qarshi kurash.

  3. Urush yillarida Temurbek.

  4. Temurbekning tashqi ko'rinishi.

  5. U yoqtirgan kishilar.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin