Tayanch so'zlar: lo'ppigina, tim qora, hamisha.
Yosh yilqichi
Zafar yakshanba kunlari yilqi fermasiga boradi. Zafar Jiyronga, Jiyron Zafarga o'rganib qolgan. Jiyron do'sti kelishi bilan sevinganidan dumi bilan o'zini savalaydi.
Yosh yilqichi Jiyronni erkalaydi. Uning kiyiknikidek uzun bo'ynidan quchoqlaydi. Momiqdek kokilini taraydi. Yem-xashak beradi. Toycha quloqlarini quyonlarnikidek dikkaytirib, kishnab qo'yadi.
Bir kuni Zafar o'rtoqlari bilan ferm aga keldi. Jiyron Zafarni ko'rishi bilan kishnab yubordi. Zafar uni qashladi, yollarini taradi va erkaladi.
138
Zafar fermadan chiqib ketayotganda, Jiyron uning etagini lablari bilan qisib oldi. Buni ko'rgan bolalar kulib yuborishdi. (80 so'z)
Imlo: Atoqli otlar, kishilar, hayvonlar nomining bosh harf bilan yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Birinchi qismda kim ning ferm aga borishi yozilgan? Zafar fermada nima qiladi? Jiyron do'stini qanday kutib oladi? Yosh yilqichining Jiyronni sevishi qanday tasvirlangan? Matndagi «uning kiyiknikidek uzun bo'ynidan quchoqlaydi» gapi, momiqdek kokilini birikmasi o 'm ida qanday gap va qanday birikm a ishlatish mumkin? Zafarning o 'rtoqlari nima uchun kulib yuborishdi?
Hikoyani necha qismga bo'lish mumkinligi so'raladi. Matn yana bir marta o'qib beriladi.
Reja:
Yakshanba kuni.
Yosh yilqichining Jiyronni erkalashi.
Zafarning o'rtoqlari fermada.
O'rtoqlari kulishdi.
Tayanch so'zlar: kiyiknikidek, momiqdek, kokilini, quyonnikidek.
May yomg'iri
Botirjonning otasi yoz bo'yi dalada yashaydi. Dalaga pomidor, kashnich, piyoz ekadi.
Bir kuni osmonni qora bulut qopladi. Chars-churs chaqmoq chaqdi.
Momaqaldiroq gumbirladi. Sharros yomg'ir quydi. Botir panaga o'tdi.
Yomg'ir suvlari chumoli iniga kira boshladi.
Odatda chumolining ini do'ppayib turadi. Lekin bu qo'rg'onni Botir tepib, har tarafga sochib tashlagandi.
Botir chumolilarga achindi. U yugurib kelib inning atrofini loy bilan o'rab chiqdi. Shu payt otasi kelib qoldi. U Botirning panaga o'tmagani uchun hayron bo'ldi.
Bilsa, o'g'li chumolilarni himoya qilgan ekan. (80 so'z)
Dostları ilə paylaş: |