Tayanch so'zlar: Movarounnahr, asirlik, yarador, aziyat, xiyonat.
Sarkarda
Chingizxon Hind daryosi sohilida Jaloliddinga qarshi urush boshladi va g'alaba qozondi. Chunki uning askarlari ko'p edi.
Jaloliddin dushman qlida bandi b lishni istamadi. U onasi, xotini va bolalarini ham Chingizxon qo'liga tushishini xohlamasdi. O'zi esa sodiq navkarlari bilan otda daryoning narigi tom oniga o'tib oldi.
141
Chingizxon Jaloliddinning jasorati va m ardligiga qoyil qoldi. U lashkarboshilariga uzoqdan o'ziga musht ko'rsatib kelayotgan Jaloliddinni ko'rsatdi va undan o'rnak olishga chaqirdi.
Jaloliddin 1231-yili dushman bilan jangda fojiali halok bo'ldi. (77 so'z)
Imlo: x - h undoshlarining talaffuz qilinishi va imlosi eslatiladi, qirg'og'iga, musht, halok so'zlari ustida ishlanadi. « Bandi» so'zi o'rniga yana qanday so'z (asir) ishlatish mumkinligi so'raladi. Atoqli otlaming yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Kim kimga qarshi kurashdi? Nima uchun dushman g'alaba
qozondi? Chingizxon kimga qoyil qoldi va lashkarboshilariga nima dedi? 1231-yili qanday voqea yuz berdi?
Topshiriq:
Hikoyani I shaxs tilidan so'zlab bering.
Berilgan reja asosida I shaxs tilidan bayon yozing.
Reja:
Chingizxon g'alaba qozondi.
Bandi bo'lmaslik.
Chingizxon qoyil qoldi.
O'rnak olishga chaqirdi.
Fojia.
Ming oltin
Bir kuni otam menga qo’ylarni sotib kelishni topshirdilar. Men qo'ylami Samarqand bozorida ming tillaga sotdim. So'ng bozorni aylandim. Bozorda qo'lida she’r yozilgan qog'ozni ushlab turgan qalandarni ko'rib qoldim. Qalandar kimki shu yozuvning qadriga yetib, ming oltinga olsa, dunyoning oxiriga yetishini so'zladi.
Men qalandarga ming tilla berdim. U qog'ozni berayotib, uni otamning
oldiga borganimda ochishimni aytdi. Qog'ozni otam ochib o'qidilar. Unda yaxshilik bilan nom qoldirish aytilgan ekan.
Otam ming oltinga olingan hikmatga rioya qilishimni aytdilar. Men
otam aytganlarini bajarishga ahd qildim. (82 so'z)
Imlo: Bosh harflarning yozilishi eslatiladi. Samarqand, tilla, Temurbek, oxiriga, hikmatga, ahd so'zlari ustida ishlanadi.
142
Tahlil: Matn o'qib o'rganilgach, qo'yni kim sotganligi, kim bozor aylanganligini aniq ko'rsatish uchun ism (Temurbek) tanlanadi. So'ng quyidagi savollarga javob olinadi:
Temurbek nima uchun Samarqand bozoriga bordi? U bozorda kimni ko'rdi? Qalandar nima der edi? Temurbek ming tillani nima qildi? U nimalarni bajarishga ahd qildi?
Topshiriq:
Matnni III shaxs tilidan hikoya qiling.
Shaxsni aniq ko'rsatish uchun tanlangan ismdan foydalaning.
Hikoyaning 4 -5 -qism iga sarlavha toping.
Tuzgan rejangiz asosida III shaxs tilidan bayon yozing.
Reja:
Temurbek qo'y sotdi.
Temurbek qalandarni ko'rib qoldi.
Qalandarning so'zi. 4. ...
5. ...
Rejani davom ettiring.
Dostları ilə paylaş: |