Tahlil: Matn nechanchi shaxs tilidan bayon qilingan?
Topshiriq: Matndagi ikkinchi gapdagi kishini bildirgan so'zni aniqlang va shaxsini ayting.
Gapdagi III shaxs (birlik) «u» o'mida I shaxsni ko'rsatuvchi «men» olmoshini qo'llab gapni o'qing. MenOmondegan tanish cho'ponningoldigabordi.Gapning shunday o'qilishi to'g'rimi? Ega I shaxsda, kesim III shaxsda. Ega bilan kesim mos emas. Ularni moslash kerak. Buning uchun kesim (bordi)n\I shaxsda (bordim)birlik shaklida berish lozim. Endi kesimni o'zgartirib gapni o'qing-chi. Men Omondegantanishcho'ponningoldigabordim. Endi «u» o'mida «men» olmoshini qo'yib, I shaxs tilidan hikoya qiling.
Berilgan reja asosida I shaxs tilidan bayon yozing.
Reja: Bahor chog'i.
Atrof jim-jit.
Tuvaloqlar yashirindi.
O'ljadan ajragan yirtqichlar.
Meni ajablantirdi.
137
Uvol
Boboning kichkina Anvarjon degan nevarasi bor. Anvarjon dumaloqqina, lo'ppigina. Ko'zlari charosdek tim qora. Doimo yonib turadi. Yuzida kulgichi bor. U yerga ursa, ko'kka sakraydi.
Boboning oila a’zolari dasturxon atrofiga yig'ilishgan edi. Anvarjon nonning ushog'ini yerga to'kib yer edi. Bobosi ibrat bo'lsin, deb gilam ustidagi ushoqlarni b itta -bitta terdi. Ularni ko'ziga surtib, likopchaga soldi. Keyin ushoqlarni deraza oldida turgan m usichalarga berdi.
Bobo non ushog'i yerga tushsa, uvol bo'lishini uqtirdi.
Anvarjon uvol bilan savob nimaligini bilib oldi. Non ushog'ini yerga tushirmaslikka ahd qildi. (82so'z) Imlo:dumaloqgina,timqora,musicha,ahd so'zlarining imlosi ustida ishlanadi.
Tahlil: Anvarjon kim? (Anvarjon boboning kichkina nevarasi.)
«Yergaursa,ko'kkasakraydi»iborasiga izoh bering. Anvarjonning ko'rinishi qanday? Nima uchun bobo Anvarjonga ibrat bo'ldi? Bobo nimani uqtirdi? Anvarjon nimani bilib oldi va nimaga ahd qildi?
Reja. Nevara.