Bayon yozayotganda o'quvchilarga o'z daftarlarini yopib qo'yish tushuntiriladi.
Qo'shterak
Ushbu hikoya m atnidan aw a lg i ona tili darslarida grammatik topshiriqlam i bajartirishda foydalanilgan b o iish lozim. (Birinchi qismi ko ‘ruv diktanti, ikkinchi qismi ko‘chirib yozish yoki tahlil uchun.) 0 ‘quvchilar bayon darsida m atnni daftardan o'qiydilar. Bu esa bayon rejasini tuzishda o'quvchilarga qulaylik tug'diradi.
Boqilar Haydarkentda turadi. Haydarkent bilan Dushanba orasida
«Yaydoq tepa» degan tepalik bor. U yerning havosi toza va g'ir-g'ir shabada esadi. Ammo bir tup daraxt yo'q.
Kuz edi. Boqi ikki tup terak niholini «Yaydoq tepa»ga ekib keldi. Teraklar tezda qad ktardi. Endi «Yaydoq tepa»ni «Qshterak» deb atashadigan bo'lishdi.
Boqilar shahardan qaytayotib «Qo‘shterak»da dam olishdi. Yo'lovchilardan biri teraklarga qarab: «Ekkanning otasiga rahmat. Bir kishi ekkandan ming kishi bahra oladi», dedi.
Ammo Boqi hech narsa demadi. Kamtarlik ham yaxshi fazilatdir.
Imlo: Atoqli otlar (shahar, qishloqlaming nomlari), qo'shma otlaming yozilishi eslatiladi.
Tahlil: «Yaydoq tepa» qayerda joylashgan? Uning ko'rinishi qanday?
«Qshterak» nomi qanday yuzaga keldi? Hikoyada «hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun» degan shiorga javob bo'luvchi parcha bormi? O'qing. (O'quvchilar daftarlaridan o'qiydilar.) Boqining qanday fazilati namoyon bo'ldi?
Topshiriq: Daftarga yozilgan hikoyani o'qing. Hikoyaga qanday sarlavha qo'yilishini o'ylab ko'ring. O'quvchilar gaplarni muhokama qiladilar va reja tuzadilar.
129