M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə83/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Reja:


  1. Teshaboy usta.

  2. Teshaboyning topshirig'i.

  3. Usta omoch yasadi.

  4. Teshaboy bo'yinturuq yasadi.

  5. Haqiqiy usta.

Matn reja asosida so'zlatiladi, so'ng yoziladi. Bayon yozayotganda bolalardan daftarlarini yopib qo'yish talab qilinadi.
Tayanch so'zlar: yasar ekan, buyuribdi, qurigan, shox keltiribdi, omoch, yo'gonligi, bilakdek, bo'yinturuq, terakzorni, topolmabdi, haqiqiy.
127
P a h l a v o n M a h m u d
Pahlavon Mahmud Xiva yaqinida p'ostindo'z oilasida dunyoga keldi. Mahmud Urganch va Xiva madrasalarida ta’lim oldi. Milliy kurash qoidalarini o'rgandi. Yigitlik chog'idayoq kuragi yerga tegmagan bahodir bo'lib tanildi.
Pahlavon Sharqning barcha mamlakatlaridagi musobaqalarda qatnashdi. Faqat zafar qozondi. Tushgan in’om-ehsonlarni, sovrin, mukofotlarni beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga ulashib berardi. O'zi esa ota kasbi po'stindo'zlik bilan kun kechirardi.
Pahlavon Mahmud ona shahrida vafot etdi. Bobomiz qabri ustiga muhtasham maqbara tiklangan. Bugungi kunda maqbara ziyoratgohga aylandi. (74 so'z)
Imlo: Atoqli otlar (kishi va shaharlar nomlari)ning yozilishi, x va /? undoshlarining talaffuzi va juft so'zlarning yozilishi ustida ishlanadi.
Tahlil: Kim qayerda tug'ildi? Mahmud qayerda o'qidi va nimalar o'rgandi? Pahlavonning insonparvarligini nimadan bildingiz?
Reja tuzishga tayyorlash: O'quvchilar hikoyaning birinchi va ikkinchi qismini daftarga yozganlar. Reja tuzishda yozilgan matndan foydalanadilar.

  1. Pahlavon Mahmud qachon qayerda tug'ildi? (O'quvchilar tug'ilgan

yil va sanani aytadilar.) O'qituvchi esa sinf yozuv taxtasiga X iva so'zini yozadi. O'quvchilar matnning ikkinchi qismini daftarlaridan o'qiydilar va birgalikda sarlavha qo'yadilar.

  1. Mahmud bilim olish, bahodir bo'lib tanilishi uchun nimalar qildi? (O'quvchilar harakatni bildirgan so'zlarni ketma-ket aytadilar.) O'qituvchi esa sinf yozuv taxtasiga ta'lim oldi, qozondi, o'rgandi, tanildi so'zlarini yozadi.

  2. Uchinchi qismda Mahmudning qanday fazilatlari yoritilgan? O'qituvchi uchinchi qismni o'qib beradi. O'qilgan matnga birgalikda sarlavha qo'yadilar. So'ng o'qituvchi o'quvchilarga to'rtinchi qismni o'qib beradi. O'qilgan matnga sarlavha qo'yadilar. Shu tartibda reja tuziladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin