Matn reja asosida qayta hikoyalanib yoziladi.
Tayanchso'zlar:mard,bittadan,ikkinchisi,uchinchisi,bellashaoladi.
Ulug' bobomiz
Ulug' bobomiz Alisher Navoiy Hirot shahrida tavallud topdi. Otasi G'iyosiddin Muhammad o'g'lining tarbiyasiga katta ahamiyat berdi.
Alisher yoshligidan ko'p kitob o'qidi. U yetti-sakkiz yoshdanoq she’rlar yoza boshladi. U mukammal bilim egasi, shoir va davlat arbobi bo'lib tanildi.
Navoiy obodonchilikka doir ishlar qildi. Ariq qazdirib, suv keltirdi,
bog'-rog'lar yaratdi. Masjid va madrasalar qurdirdi.
Bobomizning hayot yo'li vatandoshlarini baxtli etish, mamlakatni obod qilishdan iborat bo'ldi.
Bobomiz tinchlik bo'lishi uchun ko'p vaqt sarflaganlar.
Bunday fidoyilik bugungi kunda ham barcha insonlarga ibratdir.
(82so'z)
Imlo:d -t,p - bundoshlarining imlosi takrorlanadi; kishilarga, shaharlarga qo'yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi eslatiladi. Tahlil: Alisher Navoiy qachon, qayerda tavallud topdi? G'iyosiddin Muhammad kirn? U nimaga katta e’tibor berdi? Alisher yoshligida nima bilan shug'ullandi? O'quvchilar ona tili darsida grammatik tahlil (sonlarni aniqlashda) qilish uchun matnning birinchi, ikkinchi qismini daftarlariga
yozadilar.
Bayon darsida matn o'quvchilarga to'liq o'qib eshittiriladi. Endi o'quvchilar daftardagi parchaga nom beradilar. Shundan so'ng o'qituvchi matnni ikkinchi marta o'qiydi. O'quvchilar esa rejani davom ettirib oxiriga yetkazadilar.