M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə86/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Reja:


  1. Afandi chopish musobaqasida qatnashdi.

  2. Afandi orqada qoldi.

130

  1. Do'ppi marraga birinchi tushdi.

  2. Bolalar bahslashdilar.

  3. Afandi g'olib deb topildi.

Matn reja asosida so'zlatiladi. So'zlash davomida matndagi kesimlarning ma'nosiga yaqin quyidagi so'zlarni ishlatadilar: qo'rqmas ekan, oldinga otibdi, tortishibdilar, oldiga borishibdi, g'olib bo'libdi.


Hotamjon


Qadim zamonda bir ayolning yolg'iz o'g'li bo'lgan ekan. U mard va botir yigit ekan.


Kunlarning birida ularning qishlog'iga dushman hujum boshlabdi. Qishloq aholisi himoyaga otlanibdi. Hotamjon aholiga boshchilik qilibdi.
Hotamjon yovga shart qo'yibdi. Shartga ko'ra har ikki tomondan bittadan pahlavon kurash tushar ekan. Yengilgan tomon urushsiz taslim bo'lar ekan.
Dushman shartni qabul qilibdi. Qishloq nomidan o'rtaga Hotamjon tushibdi. U yovning eng kuchli pahlavonini yengibdi. Keyin ikkinchisi, uchinchisini yengibdi.
Kurash oxirida dushman orasida Hotamjon bilan bellashadigan botir qolmabdi. Xalq dushmandan ozod bo'libdi. (82 so'z)


Imlo: d-t, p-b, x-h undoshlarining imlosi eslatiladi.
Tahlil: Hotamjon kimning bolasi? U qanday edi? Nima uchun Hotamjon aholiga boshchilik qildi? Kurash nima bilan tugadi?
O'quvchilar ona tili darslarida grammatik tahlil (fe’l va fe'l zamonlarini aniqlashda) qilish uchun bir darsda birinchi, ikkinchi xatboshini, boshqa darsda uchunchi, to'rtinchi xatboshini daftarlariga yozadilar. Bayon yozish darsida esa o'qituvchi oxirgi (beshinchi) xatboshini sinf yozuv taxtasiga yozib qo'yadi va matnni to'liq o'qib eshittiradi, so'ng reja tuziladi. O'quvchilar daftarda va yozuv taxtasidagi parchalarga nom qo'yadilar. Shundan so'ng o'qituvchi matnni ikkinchi marta o'qiydi. O'quvchilar esa rejani oxiriga yetkazadilar.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin