M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə89/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Tayanch so'zlar: Umarshayx, a ’yonlar, ayvon peshtoqiga, qovun sayliga, taklif, hayratga.
«Kabutar ne deydi?», gapi yozuv taxtasidan ko'chiriladi.

133

Non isi


(Xalq rivoyati)

Bir kuni Husayn Boyqaro eng xushbo'y narsani keltirishni buyurdi.


Unga turli gullar keltirishdi, yoqmadi.
Husayn vazirlarga uch kun muhlat beribdi. Uch kun orasida xushbo'y narsa nima ekanligini topmasalar, jazo bermoqchi bo'ldi.
Vazirlar Navoiyga voqeani aytishibdi. Navoiy ko'p o'ylabdi. Oxiri dehqon bobodan maslahat so'rabdi. Bobo tandirdan yangi uzilgan nonni olib borishni maslahat beribdi.
Navoiy savatda non bilan saroyga boribdi. Saroyni non isi tutib ketibdi. Husayn Boyqaro nonni ko'rib Navoiyga rahmat aytibdi. Shunda Navoiy sulton xohishini dehqon bobo topganini aytibdi.
Husayn dehqonga boshdan oyoq sarpo kiydiribdi. (86 so'z)


Imlo: Matndan kelib chiqib otlaming bosh harf bilan yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Husayn Boyqaro nima uchun uch kun muhlat berdi va nima qilmoqchi bo'ldi? Vazirlar kimning oldiga borishdi? Dehqon bobo qanday maslahat berdi? Nima uchun Husayn Boyqaro Navoiyga rahmat aytdi? Navoiy nimani aytdi, Husayn nima ish qildi?
Reja tuzish: Birinchi qism qayta o'qiladi. Sarlavha to'g'ri qo'yiladi. O'quvchilar matnning davomini eshitadilar va rejani oxiriga yetkazib, uni daftarlariga yozadilar.
O'quvchilar tuzgan rejalari asosida matnni qayta so'zlab berishda va bayonni yozishda sinf taxtasiga yozilgan so'zlardan foydalanadilar.
Tayanch so'zlar: Husayn Boyqaro, xushbo'y, muhlat, vazirlar, Navoiy, dehqon bobo, xohishini, sarpo.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin