Qadim zamonda bir podsho gunohkorni aniqlash uchun quti krsatar ekan. Unda ikkita qog'oz bo'lib, biriga «lim», ikkinchisiga
«ozodlik» so'zlari yozilar ekan. Kimki «ozodlik» so'zi yozilgan qog'ozni olsa, ozod bo'lar ekan. «lim» so'zi yozilgan qog'ozni olsa, o'limga hukm qilinar ekan.
Hasadgo'ylar donishmand yigitni podshoga gunohkor qilib ko'rsatibdilar. Dushmanlar ikkala qog'ozga «lim» degan so'zni yozibdilar. Yigitning do'stlari bu sirdan uni xabardor qilishibdi.
134
Podsho yigitga qutidagi qog'ozlardan birini olishni buyuribdi. Donishmand qog'ozlardan birini olib, yutib yuboribdi. Shoh qutida «lim» deb yozilgan qog'ozni ko'rib yigitni ozod qilibdi.
Donishmand aql-zakovat bilan o'limdan qutilibdi. (91so'z)
Imlo:d-t,x-hundoshlarining talaffuzi va yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Podsho gunohkorni qanday aniqlar ekan? Hasadgo'ylar nima ish qilishdi? Yigit nimadan xabardor bo'ldi? U qanday qilib o'limdan qutilib qoldi?
Reja:
Podshoning gunohkorni aniqlashi.
Hasadgo'ylaming qilgan ishi.
Yigitga do'stlarining yordami.
Podshoning buyrug'i.
Matndagi gunohkor,o'limgahukm,hasadgo'ylar,donishmandso'z lari o'mida qanday so'zlarni ishlatish mumkin?
Qaldirg'och
Qadim zamonda ilon tirik mavjudotlarning podshosi bo'lgan ekan. U o'zining ayg'oqchisi - qora ariga go'shti mazali hayvonni topib kelishni buyuribdi.
Ari ko'p hayvonlarni chaqibdi. Unga faqat odamning go'shti yoqibdi. Ari ilonga xabar berishga ketayotganida qaldirg'ochga duch kelibdi. Unga inson go'shtining mazali ekanini aytibdi.
Qaldirg'och arining tilidan yalab maza bilmoqchi bo'libdi. Ari tilini chiqaribdi. Qaldirg'och arining tilini cho'qib olibdi. Ari g'o'ng'illab maqsadini ilonga aytolmabdi.
Biroq ilon qaldirg'ochning qilmishini sezibdi va unga dushman bo'lib qolibdi. Qaldirg'och odamlardan madad kutib, ularning ayvoniga in qo'yar ekan. (82so'z)
Imlo:d-t,p-bundoshlarining talaffuzi va yozilishidagi farqi eslatiladi.
Tahlil: Ilon ayg'oqchisi qora ariga qanday topshiriq berdi? Nima uchun ari topshiriqni bajara olmadi? Qaldirg'och odamlardan nima kutadi?
Reja tuzishga tayyorgarlik ko'riladi.