M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə88/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Reja:


  1. Katta e’tibor.

  2. Alisher yetti-sakkiz yoshda.

  3. Obodonchilik ishlari.

  4. Fidoyilik ibratdir.

Tayanch so'zlar: tavallud, e’tibor, yetti-sakkiz, mukammal, davlat arbobi, vatandoshlarini, mamlakatni, tinchlik.
132

MUSTAQIL TUZILGAN REJA ASOSIDA TO'LIQ BAYON YOZISH UCHUN MATNLAR

Bobur va kabutar


Bir kuni Umarshayx saroy a’yonlari bilan o'tirgan ekan. Bir kabutar kelib ayvon peshtoqiga qo'nibdi va «g‘ulu-g‘ulu» qilaveribdi.
Shoh: «Kabutar ne deydi?» - deb so'rabdi. Shunda Bobur kabutarning qovun sayliga chaqirayotganini so'zlabdi.
Kabutarni tutib qarasalar, oyog'ida xat bor ekan. Xat shohning qovun sayliga taklif qilingani hagida ekan. Umarshayx Boburning hushyorligidan hayratga tushibdi. O'g'lidan topqirligining sababini so'rabdi.
Bobur o'tgan yili shu qush qovun sayli haqida xabar keltirganini va uni qanotidagi qora xolidan taniganini aytibdi. (74 so'z)
Imlo: p-f, p - b undoshlarining imlosi eslatiladi.
Tahlil: Matn ifodali o'qiladi, so'ng quyidagicha savol-javob uyush- tiriladi.
Matn necha qismdan iborat? (To'rt qismdan oshmasligi kerak.) Kim kabutarning qovun sayliga chaqirayotganini aytdi? Umarshayx nimadan hayratga tushdi? Bobur qushni qanday tanidi?
Shundan so'ng, matn qayta ifodali o'qiladi va o'qilgan matnning qaysi birini ikki qismga bo'lish mumkinligi so'raladi. Qismlar sarlavhalanadi va reja daftarga yoziladi. Lekin o'quvchilarning rejasi muhokama qilinmaydi.
Reja tuzish: Matn necha qismdan iborat ekanligi va har bir qismdagi voqealarni bilib olganliklari ta’kidlanadi.
Matn yana bir marta o'qiladi. O'quvchilar birinchi qismga sarlavha o'ylab uni daftarga yozadilar. (Kabutar «g'ulu-g'ulu» qilaveribdi.) Ikkinchi qismga ham sarlavha topadilar, daftarga yozadilar. (Kabutar ne deydi?) Uchichi, to'rtinchi qismlar ham shu tartibda bajariladi. (Umarshayx hayratga tushdi. Ziyrak Bobur.)
Reja tayyor bo'ldi. Endi o'quvchilarga tuzgan rejalari asosida matn mazmunini so'zlab berishga tayyorlanish haqida topshiriq beriladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin