Dilorom maktabdan kelayotgan edi. Terakning shoxida turgan Bahodirni ko'rib qoldi. U shoxga ilingan varrakka qo'l uzatardi. Birdan shox sinib, Bahodir yiqilib tushdi.
Dilorom qo'rqib ketdi, ko'z oldi qorong'ilashdi. Biroz vaqt o'tgach, o'ziga keldi.
Bahodir esa behush yotardi. Uning peshonasi qonagan edi. Atrofda
hech kim yo'q. Dilorom ro'molchasini Bahodirning peshonasiga yopib, o'zi Sharofat xolaning uyiga yugurdi.
Sharofat xola tez yordam chaqirdi. Bahodirni kasalxonaga olib
ketishdi.
Dilorom uyiga keldi. Onasiga bo'lgan voqeani so'zlab berdi. Onasi qizidan xursand bo'ldi. (78 so'z)
Imlo:x - h ,p - b ,t - dundoshlarining imlosi, ketma-ket kelgan bir xil undoshli, varrakkaso'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Dilorom Bahodirni qayerda ko'rib qoldi? Qanday baxtsizlik
yuz berdi? Dilorom qanday ahvolga tushdi? U Bahodirga qanday yordam berdi? Sharofat xola nima qildi? Kim xursand bo'ldi?
Reja tuzishga tayyorgarlik ko'riladi.
Tayanchso'zlar:shox, varrakka,behush, voqeani.
136
QISMAN TASVIR BO'LGAN BAYON YOZISH UCHUN MATNLAR
Yaylovdagi voqea U Omon degan tanish cho'ponning oldiga bordi.
Birdan qandaydir tovush eshitildi. U o'sha tomonga qaradi. Qirdan uchta dala tuvaloqlari uchib kelardi. Ularning orqasidan ikkita yirtqich qushlar quvib kelardi. Tuvaloqlar o'tlab yurgan qo'ylar orasiga tushib yashirindi.
0 ‘ljadan ajragan yirtqich qushlar poda ustidan aylanib uchdi-da, borib bir chetga qo'ndi. Omon baqirib-chaqirib yirtqich qushlarni quvib yubordi.
Xavfdan qutilgan tuvaloqlar poda orasidan chiqdi va osmonga ko'tarildi.
Ko'z ochib-yumguncha bo'lgan voqea uni ajablantirdi. Omonga esa ta’sir qilmadi. Omon bunday voqealarni ko'p ko'rgan ekan. (82so'z) Imlo: jim -jit,yirtqich,ko'zochib-yumguncha so'zlari ustida ishlanadi. Ko'zochib-yumguncha so'z birikmasi o'mida qanday so'z ishlatish mumkin? (birzumdaso'zinij