M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə82/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Reja:


  1. Ahmad xiyobonga bordi.

  2. Ahmad charchadi.

  3. Uning isitmasi chiqadi.

  4. Onasi shifokorni chaqirdi.

  5. Ahmad tuzaldi.

Tayanch so‘zlar: ikki, и yoq, bu yoqqa, bir-ikki, buyurdi.


Non


Nafisa opaning uyida nonushta uchun ozroq non qolibdi. U tog'orada xamir qordi. Uni ko'rpacha bilan o'rab qo'ydi. So'ng qo'shnisinikiga chiqdi. Bolalar maktabga och ketmasin deb, bir dona non so'rab, iziga qaytdi.
Nafisa opa dasturxon yozdi. Choy damladi. Bolalar dasturxon atrofida o'tirishdi. Shu payt yon qo'shnisi ham noni pishguncha bir dona non so'radi. Nafisa opa hech ikkilanmay, qo'shnisidan olib chiqqan nonni bu qo'shnisiga berib yubordi.
125
Bu holni kuzatib turgan Alisher onasiga «tasanno» deganday jilmayib qo'ydi. (75 so'z)


Imlo: nonushta, xamir, holni, «tasanno», chiqqan so'zlarining yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Nafisa opa nima uchun qshnisinikiga chiqdi? «Iziga qaytdi»
deganda nimani tushundingiz? Bolalar nima qilishdi? Alisher nima uchun onasiga «tasanno» deganday jilmayib qo'ydi? Ona to'g'ri ish qildimi?

Reja:


  1. Non ozroq qolibdi.

  2. Iziga qaytdi.

  3. Nafisa opa dasturxon yozdi.

  4. Yon qo'shni.

  5. Alisher jilmayib qo'ydi.

Tayanch so'zlar: qo'shnisinikiga, «tasanno».

126

0 ‘QUVCHILAR KO ‘RIB TURGAN M A IN REJASINI TUZIB BAYON YOZISH UCHUN MATNLAR




Usta Teshaboy


Qadim zamonlarda Teshaboy degan usta o'tgan ekan. Usta yog'ochlardan chiroyli buyumlar yasar ekan.


Teshaboyning uch o'g'li voyaga yetibdi. Bir kuni u o'g'illariga biror buyum yasashga yaramaydigan yog'och keltirishlarini buyuribdi.
Katta o'g'li bug'uning tumshug'iga o'xshash qurigan shox keltiribdi.
Teshaboy undan omoch yasabdi.
O'rtancha o'g'li yo'g'onligi bilakdek keladigan yog'och keltiribdi.
Teshaboy undan otiga bo'yinturuq yasabdi.
Kenja o'g'il butun terakzorni kezib, keraksiz yog'och topolmabdi. Uyga quruq qaytibdi. Shunda Teshaboy kenja o'g'lidan haqiqiy usta chiqishini aytibdi. (74 so'z, 70 so'z bo'lishi ham mumkin.)
Imlo: buyumlar, yetibdi, shox, bo'yinturuq so'zlari va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so'zlar ustida ishlanadi.
Tahlil: Teshaboy yog'ochlardan nimalar yasar ekan? Usta o'g'illariga qanday ish buyurdi? U nimadan omoch, nimadan bo'yinturuq yasadi? Nima uchun kichik o'g'ildan haqiqiy usta chiqar ekan?
O'quvchilar «Usta Teshaboy» matnini ona tili daftarlaridan qayta o'qiydilar va mustaqil reja tuzadilar. Uni birgalikda tahlil qiladilar.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin