4-«А» sinf quvchisi Ma’mur ba’zi fanlarni yaxshi zlashtira olmaydi. Shuning uchun Sobir Ma’murga qiynalgan fanlaridan yordam bermoqchi bo'ldi.
Ma’mur maktabga borolmadi. Sinfdoshlari xabar olishsa, kasal bo'lib qolibdi. Ma’murning betob bo'lishi o'rtoqlarini tashvishga soldi.
Sinfdoshlar navbat bilan Ma’murning uyiga borib, o'tilgan mavzularni aytib turdilar.
Ma’mur tuzaldi. Maktabga bordi. Ona tili o'qituvchisi Ma’mur- dan uy vazifasini so'radi. Uning javobi o'rtoqlarini xursand qildi. Chunki Ma’murning ona tili fanidan birinchi marta yuqori baho olishi edi. Ma’murning dangasa ekani bilinib qoldi. U sinfdoshlaridan xursand bo'ldi. (79 so'z)
Imlo: Atoqli otlarning yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Nima maqsadda Sobir Ma’murni uyiga taklif qildi? Bolalar nimadan tashvishlandi? Sinfdoshlar qanday yordam berishdi? Nima uchun Ma’mur sinfdoshlaridan xursand bo'ldi? Uning aybi nima ekan? Hikoyadan nimani bildingiz?
Reja:
Sobirning maqsadi.
Bolalar tashvishlandi.
Sinfdoshlarning yordami.
Ma’mur tuzaldi.
Ma’mur xursand bo'ldi.
Tayanchso'zlar:Ma'mur,ba’zi,xabar,betob. 124
S o v u q s h a r b a t i c h m a n g
Ahmad dam olish kuni xiyobonga bordi. Ahmadning o'rtog'i Umar ham kelib qoldi. Ikki o'rtoq u yoq, bu yoqqa chopib o'ynadilar.
Ahmad biroz o'ynab charchadi. Peshonasidan ter tomchilari oqdi. U juda chanqadi.
Xiyobonda bir odam muzdek sharbat sotib o'tirgan edi. Ahmad sharbatdan ichdi. Kechqurun Ahmadning butun tanasi titrab, isitmasi chiqdi.
Onasi shifokorni chaqirdi. Shifokor Ahmadning kasalini tekshirib, dori berdi. Bir-ikki kun tashqariga chiqmasdan yotishini buyurdi.
Ahmad tuzaldi. Endi u terlab turgan vaqtda muzdek sovuq sharbat ichishning zararligini bilib oldi. (82so'z)
Imlo:и yoq,bu yoqqa,tanasi,isitma,shifokor,bir-ikki so'zlarining yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Ahmad kim bilan maydonda o'ynadi? Biroz o'tgach Ahmad qanday ahvolga tushdi? Nima uchun kechqurun Ahmadning butun tanasi og'ridi? Shifokor nima qildi? Hikoyadan nimani bildingiz?