Reja:
Do'stlar va’dalashdi.
Kunlar o'tibdi.
Tuyaqushni bo'rilar o'rab olibdi.
Xulosa.
(Reja taxminiy beriladi. O'qituvchi o'quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib uni o'zgartirishi mumkin.)
Tayanch so'zlar: va’da berishibdi, yallo qilib, jon-jahdi, yeb ketibdi, xulosa, yolg'on, rostgo'y.
I2I
0 ‘Q UVCHILAR TOMONIDAN BIRGALIKDA TUZILGAN REJA ASOSIDA BAYON YOZISH UCHUN MATNLAR
Aql
Bir cholning to'rt o'g'li bor ekan. Bir kuni chol o'g'illarini chaqirib, o'zining qarib qolganligini aytibdi. O'g'illaridan qaysi biri aqlli, davlatmand bo'lsa, o'sha merosxo'r bo'lishini bildiribdi.
Katta o'g'il oltin uzugini, ikkinchi o'g'il zarbof choponini ko'rsatibdi. Uchinchi o'g'il javohirlar qadalgan kamarini ko'rsatibdi.
Kenja o'g'ilda boylik yo'q ekan. Faqat mehnatkash qo'li, botir yuragi, aqlli boshi borligini aytibdi.
Kenja o'g'ilning javobi cholga yoqibdi. Davlatini unga meros qilib qoldiribdi. Katta o'g'illariga esa uning so'zidan chiqmaslikni tayinlabdi. (72 so'z)
Imlo: aqlli, davlatmand, oila, uzugi, zarbof so'zlarining yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Chol o'g'illarini yig'ib nima dedi? Katta o'g'il qanday javob qildi? Ikkinchi o'g'il nima ko'rsatdi? Uchinchi o'g'il-chi? Kimning javobi cholga yoqdi?
Reja:
Chol o'g'illarini chaqirdi.
Oltin uzuk.
Zarbof chopon.
Kenja o'g'ilning javobi.
Merosxo'r.
Tayanch so'zlar: merosxo'r, oltin uzugi, zarbof, javohir, aqlli boshi.
Dostları ilə paylaş: |